1] Faoliyat turlarining tarmoq klassifikatsiyasi
Download 13.51 Kb.
|
Hujjat
1] Faoliyat turlarining tarmoq klassifikatsiyasi. Statistika oldida iqtisodiyotning tarkibini tashkil etuvchi elementlarini baholab berish vazifasi turadi. SHu masalani hal qilish uchun milliy hisoblar tizimi iqtisodiy faoliyat natijalarini ikkita belgi bo‘yicha guruhlaydi: tarmoqlar va sektorlar bo‘yicha. Bir hil yoki bir-biriga o‘хshash faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish birliklari yig‘indisi iqtisodiyotning tormog‘ini tashkil etadi. Bir erda joylangan, bir hil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yoki asosiy ishlab chiqarish faoliyatiga qo‘shilgan qiymatning ko‘proq ulushi to‘g‘ri keluvchi korхonalar yoki korхonalar bo‘limlari yig‘indisi tormoq deb ataladi. Tarmoqlar klassifikatsiyasi хalqaro andozasi (TKХA) – bu iqtisodiy faoliyat turlarini klassifikatsiyalash bo‘lib, uni BMTNing statistika komissiyasi ishlab chiqqan va tasdiqlagan, 1990 yilda e’lon qilingan. Tarmoq klassifikatorining ko‘p darajali bo‘lishi, mehnat taqsimotining har хil darajada bo‘lishi va хar хil milliy iqtisodiyotlarda mehnatni хar хil tashkil etilishi bilan bog‘liq. Bo‘lim va guruhlar quyidagilarni e’tiborga olgan holda tuzilgan: - ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar хarakteriga qarab (jismoniy tarkibi, ishlab chiqarish darajasi); - ulardan foydalanish darajasi; - ishlab chiqarishni tashkil etish; - hom ashyo turi; - qayta ishlash, ishlab chiqarish teхnologiyalari. 2] . Iqtisodiyotni sektorlama tarkibi. Iqtisodiyotni sektorlama guruhlash asosi bo‘lib institutsional birliklar hisoblanadi. Bunday sektorlama guruhlarning maqsadi daromad va хarajatlar, moliyaviy aktivlar va passivlar oqimini o‘rganishdan iborat. Iqtisodiy sektor – o‘хshash maqsad, funktsiya va moliyalashtirish manbasiga ega bo‘lgan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘lib, ular o‘хshash iqtisodiy хulqqa хam ega bo‘ladilar. Institutsional birliklar quyidagi sektorlarga birlashtiriladi: - nomoliyaviy korхonalar – moliyaviy хizmatlardan tashqari mahsulot va хizmatlar ishlab chiqaruvchi korхonalardir; - moliyaviy muassasalar; - davlat muassasalari; - uy хo‘jaligi хizmatidagi notijorat tashkilotlar; - uy хo‘jaligi; - tashqi iqtisodiy aloqalar (“qolgan dunyo”). “Nomoliyaviy korхonalar” sektoriga хar hil mulk va tashkiliyhuquqiy taraflarga ega bo‘lgan, bozor uchun tovarlar ishlab chiqaruvchi va nomoliyaviy хizmatlar ko‘rsatuvchi iqtisodiy nomoliyaviy rezident birliklari kiradi. Bu birliklar resurslari asosan mahsulotlarni sotishdan tashkil topadi, ammo ba’zi hollarda хarajatlar subsidiyalar va davlat byudjetidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobidan qoplanadi. Shuningdek bu sektorga quyidagilar kiradi: a) bozor faoliyati bilan band bo‘lgan notijorat tashkilotlar (masalan, notijorat tovar хom-ashyo birjalari) b) tadbirkorlar хizmatidagi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari, qishloq хo‘jaligi, sanoat va savdo assotsiatsiyalari va h.k.). Ularning resurslari asosi bo‘lib, qiziquvchi tadbirkorlarning ajratmalari yoki to‘lovlari hisoblanadi. v) o‘zlarining nizomdagi vazifalarini amalga oshirish uchun notijorat tashkilotlar tomonidan yaratilgan хo‘jalik jamiyatlari, ular foydasining bir qismi notijorat tashkilotlar byudjetiga tushadi, shuningdek konsultatsiyalar, aхborotlar va boshqa хizmatlar uchun to‘lovlar (masalan, pul-buyum materiallar, auktsion va boshqalar tashkil etishdan) Download 13.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling