1. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so’zni toping. A taraqqiyot b tafakkur c shovqin d huquq


Download 9.22 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi9.22 Kb.
#1766221
Bog'liq
1.Faqat jarangs-WPS Office


1.Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so’zni toping.
A) taraqqiyot B) tafakkur C) shovqin D) huquq
2.Ona tili-bu millatning ruhidir. Undoshlarning hosil bo’lish o’rniga ko‘ra miqdori to’g‘ri berilgan qatorni belgilang.

A) 10 ta tiloldi, 2 ta lab-lab, 1 ta tilorqa, 1 ta bo‘g‘iz


B) 11 ta tiloldi, 2 ta lab-lab, 1 ta tilorqa, 1 ta bo‘g‘iz
C) 10 ta tiloldi, 2 ta lab-lab, 1 ta tilorqa, 1 ta chuqur tilorqa
D) 9 ta tiloldi, 2 ta lab-lab, 1 ta tilo’rta, 1 ta tilorqa, 1 ta bo‘g‘iz
3.Qaysi qatorda jarangsiz jufti bor jarangli undoshlardan iborat so’z berilgan?
A) paxta B) zavod C) bog‘bon D) sassiz
4.Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari tiloldi tovushlardan iborat?
A) diyda, joynamoz, latofat B) dilozor, jondor, larza
C) jirttaki, laparchi, lahza D) latta, nojins, jodugar
5.Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari faqat ovozdorlardan iborat?

A) mosh, mos, makon B) jang, mo’g‘ul, nav


C) malol, marom, marmar D) marshal, mars, makon
6. O’pkadan chiqayotgan havoning og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko’ra tovushlar qanday turga bo’linadi?

A) jarangli va jarangsiz tovushlar B) portlovchi va sirg’aluvchi tovushlar


C) unli va undosh tovushlar D) lab va lab-tish tovushlari
7. Qaysi qatorda quyi tor unlilar fonema vazifasini bajargan?

A) sirop-serob solih-soliq B) sutxo`r-sutxo`r,so`kmoq-suqmoq


C) tang-tong, uzuk-uzik D) undosh-undash, ana-ona
8. Ilm egallashga harakat qilish har bir mo'min va mo'mina uchun farz. Hadisda aytilishicha, bir soatgina ilm o'rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl ro'zadan afzaldir.

Ushbu gaplarda hosil bo‘lish usuliga ko‘ra bir guruhga kiruvchi undoshlardan tash kil topgan so'zlar soni nechta? A) 2 B) 4 C)1 D) 3


9. «0‘» tovushi qaysi so'zlarda torroq talaffuz qilinadi?

A) xo'roz, ro'mol B) jo'ra, mo'tabar C) bo'ri, qo'ri D) so'lim, ro‘mol


10. x undoshiga to'g'ri tavsif berilgan javobni toping.

A) til o'rta, portlovchi, jarangli undosh B) til o'rta, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh


C) til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh D) til orqa, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh
11. Til va lab undoshlari yonma-yon kelgan so'zlarni belgilang.

1) blok; 2) drama; 3) sabr; 4) fransuz; 5) boks; 6) aft; 7) psixolog; 8) barcha; 9) baxsh; 10) dafn.


A) 2, 3,4, 7, 8, 9, 10 B) 1, 3, 4, 6, 7, 10 C)1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9 D) 1, 4, 5,6,8, 9, 10
12. Jarangli jufti mavjud bo'lgan til oldi jarangsiz undoshlarini aniqlang.

A) z , j, d B) k, t, s, ch C) t, p, s D) t, s, sh, ch


13. Quyida berilgan sozlardan so'z ma'nosini jarangsiz undosh o'rinda jarangli sirg'alovchi til undoshi orqali farqlash mumkin bo'lganlarini aniqlang.

1)dars; 2) abzal; 3) yaroqli; 4) siqim; 5) soliq;


A) 1,2, 3, 4, 5 B) 1, 3,4 C) 2, 5 D) 1, 2, 3
14. Faqat yuqori tor unlilar va undoshlar bor so'zlarni toping..

A) musicha, lirika B) kampir, musiqa C) uzum, ilmiylik D) muhit, chirmovuq


15. Nutq a’zolarini aniqlang.

1. O’pka. 2. Tog’aylar. 3. Un paychalari. 4. Bo’g’iz bo’shlig’i. 5. Og’iz bo’shlig’i. 6.Burun bo’shlig’i. 7.Til. 8. Lab. 9.Tish. 10.Tovush.


A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 B) barchasi C) 3, 7, 8, 10 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
16. Qaysi qatorda nutq a’zosining ishtirok etishiga ko’ra undoshlarning turi guruhlangan?

A) jarangli va jarangsiz undoshlar B) shovqinli va ovozdor undoshlar


C) lab tovushlari, til oldi, til o’rta, til orqa, chuqur til orqa tovushlari va bo’g’iz tovushi D) sof va qorishiq tovush
Download 9.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling