1. Faqat tobe so'zning asosi shakldosh bo'lgan otli birikmani toping
Download 26.2 Kb.
|
8 sinf ona tili mavzulashtirilgan(namuna)
1) faxrlanib gapirish; 2) tez yugurish; 3) ibratli tashabbus; 4) haydalgan yer; 5) yeyishli olma; 6) oqar daryo; 7) o'ylab gapirmoq.
A) 1,4, 6, 7 B)1,4, 5, 6, 7 C)2, 4, 7 D)1,2,7 7. Oaysi javobda rasmiy uslubga xos xususiyatlar ko'rsatilgan? 1) uslubning belgisi qisqalik, soddalik, aniqlikdir; 2) atamalar, ta'riflar, qoidalar asosida ish ko'radi; 3) fan va texnika tili sanaladi; 4) ibora va jumlalar bir qolipda bo'ladi; 5) so'zlar ko'chma ma'noda ishlatilmaydi. A) 1,4, 5 B)1,3, 5 C)1,2, 4 D)1,3, 4 8. .Quyida berilgan gapdagi tushum va qaratqich kelishiklari sonini aniqlang. Har bir farzand ona nasihatlarini jon qulog'i bilan eshitishi, to'g'ri yo'lga targ'ib etsa, qarshilik qilmasligi, ota yoki onadan birortasi ish buyursa, shu buyurilgan ishda xatolik borligini sezsa ham yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi, kulib turib, bu ishda xatolik borligini yumshoqlik bilan isbot qilib, ularni ko'ndirishi lozim. A)3 ta qaratqich, 5 ta tushum B)3 ta qaratqich, 6 ta tushum C)1 ta qaratqich, 6 ta tushum D)1 ta qaratqich, 5 ta tushum 9. Qaysi javobda tarkibidagi kelishik qo'shimchalarini ko'makchila bilan almashtirish mumkin bo'lgan so'z birikmalari to'g'ri ko'rsatilgan? 1) olchaning guli; 2) shoshmasdan yurmoq; 3) chapga burilmoq; 4) mashinada kelmoq; 5) ukasiga olmoq; 6) uyalganidan kelmoq. A)2, 3, 4, 6 B)3, 4, 5, 6 C)1,2,4,5,6 D)1,4, 5, 6 10. Fikrni xulosalash ma'nosfni ifodalovchi sof modal so'z qatnashgan gapni toping. A)Albatta, biz musobaqada yaxshi natijalami qo'lga kiritamiz. B)Haqiqatan ham, kun issig'i yo'lovchilarni holdan toydirdi. C)Xullas, qora kunga asrab qo'ygan bug'doyimiz ham, jo'xori ham ko'p edi. D)Avvalo, xaloyiq va har taratdan kelgan kishilar to'da bo'lishib maslahat qildilar. 11. Och-yalang'och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman. Gapda nechta bitishuv munosabatli fe'lli so'z birikmasi bor? A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta 12. Qaysi javobda keltirilgan gapda so'z birikmalari miqdori oltita emas? A)Ma'lumki, koinotdagi barcha narsa muayyan va malum qonunga bo"ysunadi. B)O'z Vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi. C)Tarixni anglash orqali insonda o'zining inson ekanligini anglash qobiliyati shakllanadi. D)Kechqurunlari buvimdan oy yorug'ida turli rivoyatlartinglardim. 13. Hokim so'zning ham, tobe so'zning ham asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lgan so'z birikmasini toping. A)tilagini bajo keltirmoq B)vidolashish kuyi C)yashirincha kutmoq D)olmaning guli 14. Berilganlardan bitishuvli birikmalarni belgilang. 1) yoppasiga salomlashmoq; 2) birga ishlamoq; 3)opasi uchun olmoq; 4) uyalganidan qizarmoq; 5) to‘satdan kirmoq; 6) maktab sari A) 5, 6 B) 1, 2,5 С) 1 5, 6 D) 3, 1, 6 15. Mana shu tirranchalarni himoya qilmaganim uchun boya rosa po‘stagimni qoqishdi. Ushbu gapda nechta so’z birikmasi mavjud? A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D)7 ta 16. Qaysi so‘z birikmasida tobe so‘z sodda yasama sifat bo’lib, hokim so’z tarkibida esa lab undoshi ishtirok etmagan? A)umumxalq namoyishi B)umumiy qonuniyat C) umumiy sarlavha D)umumbashariy manfaat 17.Qaysi gapdagi so‘z birikmalari soni 3 ta emas? A)Ulug‘ odam hech qachon yolg’iz qolmavdi. B)Bizlarni jaholat qorong’uligidan qutqaradi. C)Bitmas-tuganmas bilirnning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. D)Yalqovlik muhtojlik eshigidir 18 . Bu olim riyoziyot fanining barcha tarmoqlarini mukammal egallagan. Ushbu gapda nechta bitishuv munosabatli otli so’z birikmasi mavjud? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta. 19. Quyidagi qaysi so’z birikmalarida kelishik qo‘shimchalarini ko’makchilar bilan almashtirish mumkin?1) chapga burilmoq; 2) shoshmasdan yurmoq; 3) olchaning guli; 4) mashinada kelmoq; 5)ukasiga olmoq; 6)uyalganidan kelmoq A)1, 2, 4, 5, 6 B)1,4, 5, 6 C) 3, 4, 5, 6 D)2, 3, 4, 6 20. Berilgan gapda tobe bog’lanishlarning qaysi turlari mavjud? Mehnat bilan topganing osonlikcha qo’lga kiritganlaringdan azizroqdir. A)2 ta bitishuv, 2 ta boshqaruv B)1 ta bitishuv, 2 ta boshqaruv C)1 ta bitishuv, 3 ta boshqaruv D)3 ta bitishuv, 2 ta boshqaruv 21. Qaysi qo’shma otlar boshqaruvli so’z birikmasidan kelib chiqqan? 1)rnuzyorar; 2) beshiktervatar; 3) cho’lquvar; tinchliksevar; 5) otboqar; 6) ishyoqmas; 7)o’rinbosar A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 2, 3, 5, 7 C) 2, 5, 6, 7 D)2, 6, 7 22. Bitishuvli so‘z birikmasi qaysi qatorda berilgan? A) ukam uchun olmoq B)birdan gapirmoq C)ukamdan olmoq D) qiz husni 23. To‘rtta qora ko‘zoynakli semiz kishi so‘z birikmasi zanjiridagi tobe so'zni toping. A)to'rtta qora ko‘zoynakli semiz B) to'rtta C)semiz kishi D) to'rtta qora ko‘zoynakli 24. So‘z birikmasi tarkibida kelishik qo‘shimchalari va ko'makchi birgalikda qo’llangan vaqtda kelishik qo‘shimchasi qay tarzda qo'shiladi? A)kelishik qo'shimchasi ko'rnakchi oxiriga qo‘shiladi B)kelishik qo‘shimchasi tobe so‘z oxiriga qo'shiladi C)kelishik qo‘shirnchalari ko‘makchi bilan birgalikda qo‘llanmaydi. D)kelishik qo'shimchasi tobe so‘z oxiriga yoki ko‘makchi oxiriga qo‘shilishi mumkin 25. Ular Hofiz, Navoiy, Bedil va Fuzuliy baytlarini tahlil qilishdi.Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi bor? A)3ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta 26. Qaysi gapda bitishuv aloqali so‘z birikmasi qatnashgan? A)Yozgi ta’tilda cho‘milib dam oldik. B)Avtobus bekatida do'stim bilan uchrashib qoldim. C)Direktoming kabinetida yig‘ilish bo‘lib o'tdi. D)Uzum uzishga yordamchilar yetib kelishdi. Huddi shu shaklda barcha sinf darsliklari bo’yicha mavzulashtirilgan to’liq testlar sotuvda @Jamoliddin_Mirzo @Jamolddinbot ga murojat qiling. Download 26.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling