1. Fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy ma’lumot


Download 23.9 Kb.
bet6/7
Sana21.09.2023
Hajmi23.9 Kb.
#1683285
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy ma’lumot-www.hozir.org

10 Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash („koʻrinadigan“ qilish). Tasvirni qogʻozda, fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol oʻchirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yoʻnalishda toraytirish yoki choʻzish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn oʻzlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini oʻzgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar „qistirmalari“ (zastavkalari) ni, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa koʻp sohalarda qoʻllaniladi.[1] Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, programma vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi. Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan programma ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan programmalarga tayanadi. U hatto programmalarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy programmalar paketlari mavjudki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklida olinishi mumkinBu holda, biz natijalarni ko’plab jadvallar shaklida olishdan qutilamiz va bunga intilish kerak Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning ayniqsa poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang–barang, suratli adabiyotlar, o’quv–qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi.Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar sirasiga bir qancha dasturlarni sanab o’tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Macromedia va Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia va Adobe Flash, Discreet va Autodesk 3ds Max, Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo’lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch o’lchamli modellashtirish va hattoki to’rt o’lchamli modellashtirish mumkin bo’ladi.


Download 23.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling