1. Fe’ldan yasalgansifatlar qatorini belgilang
Download 40.5 Kb.
|
Akmal test
Sifat. 1. Fe’ldan yasalgansifatlar qatorini belgilang. a) chiziq, ekin b) o’qigan, termulgan c) siniq, sayroqi d) terish, sinish 2. –gi (-ki), simon, -iy sifat yasovchi qo’shimchalari qanday belgi bildiruvchi sifatlar yasaydi? a) egalik va shakl – xajm bildiruvchi b) ortiqlik va o’hshatishni bildiruvchi c) rang – tus, maza – ta’m va o’rin bildiruvchi d) payt, o’xshatish va xoslik bildiruvchi 3. Sifatlar ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalarini qabul qilsa, gapda qaysi vazifani bajarishi mumkin? a) ega va kesim b) faqat ega c) ega, to’ldiruvchi d) aniqlovchi, hol, kesim, to’ldiruvchi, ega 4. Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni ko’rsating a) qulayroq, oqish b) nimpushti, yahshigina c) eng kuchli, bag’oyat go’zal d) kattaroq, qizilroq 5. Nisbiy sifat ishtirok etgan gapni toping. a) yahshi o’quvchi yahshi o’qiydi b) odobli bolalar kattalarni hurmat qiladilar c) yozgi ishlarni barvaqt tugalladik d) men o’zimga ko’kish galstuk sotib oldim 6. Asliy sifatni nisbiy sifatdan qanday farqlash mumkin. a) tub va yasamaligiga qarab b) –roq qo’shimchasini erkin qabul qila olishligiga va qila olmasligiga c) Gap bo’lagi vazifasida kela olishi va kela olmasligiga ko’ra d) Otga bog’lana olishi va bog’lana olmasligiga ko’ra 7. Asliy sifatlar belgining ko’lamini ifodalashga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? a) ozaytirma va kuchaytirma sifatlar b) tub va yasama c) oddiy, qiyosiy va orttirma daraja d) rang – tus, maza – ta’m va belgi – xususiyat belgilari 8. Faqat sifat yasovchi qo’shimchalar olgan so’zlarni toping a) kamchilik, arzonchili, yo’qla b) butunlay, qisqacha, o’tmas c) ko’zik, bizbizak, suyanchiq d) kuynchak, yulg’ich, jannati 9. Butunlay otga aylanib ketgan sifatlar qaysi qatorda ko’rsatikgan? a) kelajak, go’zallik b) ayol, o’g’il c) murod, shirin d) novvot, asal 10. Juft sifatlar qanday yasaladi? a) qarama – qarshi so’zlardan b) ma’nodosh so’zlardan c) o’zaro yaqin ma’noli so’zlardan d) a, b, c 11. Ravishdan yasalgan sifatlar qatorini ko’rsating. a) noma’lum, noto’g’ri b) kechagi, bugungi c) qarimsiq, achimsiq d) tepong’ich bilarmon 12.Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat qo’llangan? a) biz mehnatkash odamlarni mukofotlaymiz b) Sog’lom tanda sog’lom aql bo’ladi c) Avval zaruriy ishlarni bajaringlar d) Qish kelib zerikarli tunlar boshlandi 13. –iq qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan? a) chiniq, yo’liq b) chiziq, yo’riq c) to’liq, yopiq d) qichqiriq, chiziq 14.Tub+yasama so’zdan iborat bo’lgan qo’shimcha sifatlarni belgilang. a) ommabop, rahmdil b) ishyoqmas, erksevar c) jigarrang, balandparvoz d) to’g’ri javob berilmagan 15.Otlangan sifatlar qaysi gapda berilgan? a) Hunarli o’lmas, hunarsiz kun ko’rmas b) Oramizda bilimdon o’quvchilar ko’p c) Dono, aqlli odamlar hech qachon yo’ldan adashmaydi d) Yahshilik, ezgulik insonning eng oliy fazilatidir 16.Maza – ta’m sifatlari berilgan qatorno toping a) bo’ydor, xushbo’y b) serob, kamchil c) badbo’y, sovuq d) nimtatir, chuchmal 17.Qaysi gapda xid bildiruvchi sifatlar mavjud? a) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda b) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi c) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik d) Andishali odam qo’rqoq bo’maydi 18.Qaysi qatorda asliy sifatlarning ozaytirma shakli berilgan? a) Muyulishda eng katta yuk mashinasi ko’rindi b) O’quvchilar tap – tayyor binoga ko’chib o’tishdi c) Kutubxonadan yangigina kitobi olib keldim d) Olma daraxti shoftoli daraxtidan balandroq 19. Qozonga yaqinlashsang qorasi yuqar, yomonga yaqinlashsang balosi yuqar. Ushbu gapdagi otlashgan sifatlar gapda qanday sintaktik vazifani bajaryapti? a) ega va ega b) to’ldiruvchi va kesim c) ega va to’ldiruvchi d) hol va kesim 20.Taqlid so’zdan yasalgan sifatlar berilgan qatorni toping. a) guldirak, bizbizak b) bijildoq, po’rsildoq c) dag’dag’a, vasvasa d) a va b 21.Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar tuzilishiga ko’ra qanday sifatlar hisoblanadi? a) sodda, tub sifatlar b) qo’shma, yasama sifatlar c) ozaytirma sifatlar sodda tub, kuchaytirma sifatlar sodda yasama d) ozaytirma sifatlar qo’shma, kuchaytirma sifatlar yasama 22. Otlashgan sifatlar qanday qo’shimchalarni qabul qilmaydi? a) kelishik qo’shimchalrni b) egalik qo’shimchalarni c) so’z yasovchi qo’shimchalarni d) barcha qo’shimchalarni qabul qila oladi 23. Sinonim sifatlar berilgan qatorni toping. a) iltimos, o’tinch, tavallo b) odat, rasm, urf c) suluv, barno, ko’hlik d) kattalik, buyuklik, ulug’lik 24. Ushbu gapdagi sifatlarni ma’no turini toping. U eski bino ro’parasida mayus o’tirardi. a) xususiyat bildiruvchi b) xolat bildiruvchi c) vaqt va o’rin bildiruvchi d) shakl va xajm bildiruvchi 25. Boshqa turkumlardan sifatga ko’chgan so’zlar qatnashgan brikmalarni toping. a) zangori osmon, beparvo odam b) tilla odam, kumush qish c) bemor kishi, och odam d) ko’rpalik chit, yozgi bino 26. Qaysi qatorda sifatlarning marfologik hususiyatlari ko’rsatilgan? 1. belgining darajasini ko’rsatadi. 2. otlashib keladi. 3. gapda aniqlovchi bo’lib keladi. a) 1 b) 1, 2 c) 1, 2, 3 d) 2, 3 27. Qaysi gapda paytga munosabat bildiruvchi sifat mavjud? a) Uydagi gap ko’chaga chiqmasin b) Buvim va bobom pastki hovlida o’tirishadi c) Shodmonqul ertalar guzarga chiqib ketdi d) Sport musobaqalarida dastlabki natijalar chakki emas 28. Orttirma darajasidagi sifatlar qanday usul bilan hosil bo’ladi? 1.morfologik usul 2.leksik usul 3.leksik – semantik usul 4.fonetik usul a) 1,2 b) 1,3 c) 1,2,3 d) 1,2,3,4 29. Morfologik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang. a) dum – dumaloq, yap – yangi b) eng kichik, zo’r – zo’r polvonlar c) zahar qalampir, olov bola d) toza ko’ylak, yumshoq non 30. Leksik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni ko’rsating. a) ko’m – ko’k osmon, pak – pakana odam b) zap g’alati ish, haddan ziyot chiroyli gul c) yap – yangi uy, zahar qalampir d) tekis, chuqur 31. Fonetik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni ko’rsating. a) ne-ne olimlar, kuling o’rgilsin bog’ b) xo’p bemaza, cheksiz quvonchli c) tap – tayyor bino, soppa – sog’ odam d) ko’o’k osmon, muzzdek suv 32. Qaysi sifatlardan kuchaytirma shakl yasab bo’lmaydi? 1.qizil 2.yozdagi 3.yangi 4.tuxumsimon 5.toshkentlik a) 1,3,5 b) 2,3,4,5 c) 2,4,5 d) 1,2,3,4,5 33. Sifat gapda asosan qaysi bo’lak vazifasida keladi? a) ega, kesim b) aniqlovchi, hol c) ega, to’diruvchi d) aniqlovchi kesim 34. Bir belgining barsa – buyumlar orasida ortiq – kamligi jihatidan farqlanishi… a) ozaytirma va kuchaytirma sifat deyiladi b) sifat darajasi deyiladi c) asliy va nisbiy sifat deyiladi d) a, b, c 35. Erkalash, suyish qo’shimchalari sifatlarga qo’shilgan gapni toping. a) Kechir, arslonim, hozur uyinga bormoqchi edim. b) Oyqizginam, sen bilan maslahatlashadigan ishlarim ko’hayib ketdi. c) Tentakkinangiz savlatlikkina yigit bo’lib qaytdi – da, sollotlikdan d) Kelinglar, qizaloqlarim, gullolalarim, o’tiringlar. 36. Takroriy sifat qatnashgan gapni aniqlang. a) Yirik – yirik tomchilar yer – u ko’kni savalay ketdi b) Menga o’xshash esli – hushli yigitga zoriqib o’tirgan ekan c) Bozordan qovun – povun, bug’doy – mug’doular sotib oldik – da d) Yap – yangi binoga ko’chib kirdik Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling