1. Fermer xo‘jaligi faoliyatini optimallash. Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari


Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari


Download 28.77 Kb.
bet3/5
Sana01.03.2023
Hajmi28.77 Kb.
#1242591
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 Fermer xо‘jaligi faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qо‘llash

2. Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari.
Barcha sohada bo‘lgani singari, bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jaligida ham tadbirkorlik faoliyatiga e’tibor berish va unga keng imkoniyatlar yaratib berish taqozo etiladi. Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik – foyda olish maqsadida tavakkalchilikka asoslangan holda mavjud me’yoriy hujjatlar asosida mulkchilik subyektlarining qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohalarida faoliyat ko‘rsatishidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik qishloq xo‘jaligida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda ular O‘zbekiston Respublikasining «Mulk to‘g‘risida»gi, «Korxonalar to‘g‘risida»gi hamda «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunlari talablariga qat’iy rioya etishlari zarur. Ular faoliyatlarini samarali amalga oshirishlari uchun mustahkam iqtisodiy negizga ega bo‘lishlari kerak. Ularning iqtisodiy negizini esa mulk tashkil etadi. Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va uning samaradorligini oshirishdagi afzalliklari bilan bugungi bozor munosabatlari sharoitiga mos kelishini inobatga olib, fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularni rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8- sonli «Qishloq xo‘jalik korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilinib, unda zarar ko‘rib ishlayotgan shirkat xo‘jaliklari negizida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish ko‘zda tutilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PF-3226-sonli Farmonida fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish qilib belgilandi. Farmonni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-sonli «2004-2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli «2004-2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2004-yil 24-dekabrdagi 607-sonli «2005-2007- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorlar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning asosiy shakli sifatida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish asosiy masala qilib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktabrdagi «Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etish to‘g‘risida»gi 3077-sonli Farmoyishiga muvofiq fermer xo‘jaliklari uchun ajratiladigan yer maydonlari hajmi qayta ko‘rib chiqildi.
Ushbu tadbirdan so‘ng mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari soni 2009-yil holatiga 103081 tani tashkil etmoqda, ularga 3052,9 ming gektar ekin maydoni ajratib berilgan bo‘lib, bu jami ekin maydoninig 84,6 foizini tashkil etadi. 2009-yil holatiga ko‘ra fermer xo‘jaliklarida 1521,6 ming kishi ish bilan band bo‘lib, bitta fermer xo‘jaligiga o‘rtacha 15 kishidan to‘g‘ri keladi. 2009-yilda fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotidagi ulushi 34,5 foizni tashkil etgan. Bu ma’lumotlar fermer xo‘jaliklarining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyatining ulkan ekanligidan dalolat bermoqda. Shuning uchun ham Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida “...fermerlik qishloqda xo‘jalik yuritishning eng istiqbolli va samarali shakli sifatida yetakchi o‘rnini egallamoqda”, - deb nihoyatda istiqbolli xulosa qilgan edi. Yurtboshimiz joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 2009-yil 25-avgustdagi Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ham mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda fermerlik harakatining ahamiyatiga to‘xtalib, fermerlar mamlakat ravnaqi, xususan qishloq taraqqiyoti va farovonligini ta’minlashda hal qiluvchi kuchga aylanganini ta’kidlab o‘tdi. „Fermer nafaqat dehqon, balki iqtisodchi, menejer, agronom, sanoatchi bo‘lishi lozim. Bugunning talabi – shu. Fermer o‘zi yetishtirgan mahsulotni o‘zi qayta ishlashi, shu orqali qishloqqa sanoatni olib kirishi va aholi farovonligini oshirishga, yoshlarni ish bilan ta’minlashga o‘zining faol hissasini qo‘shishi lozim“, - deb ta’kidlagan edi. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, agrar sektorni rivojlantirish maqsadida aniq va uzoqni ko‘zlab ishlab chiqilgan chora-tadbirlar natijasida fermerlar ushbu sohada haqli ravishda yetakchi kuchga aylanib borayapti. Bevosita davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, yaratilayotgan imkoniyatlar ularni ana shunday ishlashga undayapti, yangi-yangi marralar sari yetaklamoqda. Hozirgi davrda fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Fermer xo‘jaliklari tanlov asosida zahira va maxsus respublika fondi hisoblangan hamda mehnat resurslari ortiqchaligi sezilmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligini shu xo‘jalikning o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qishloq xo‘jaligida tegishli bilim, malaka va ish tajribasiga, yaxshi muomala qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan barkamol a’zolaridan biri boshqarishi mumkin. Fermer xo‘jaligining Nizom fondida ko‘rsatilgan quyidagi vositalar, mablag‘lar uning mulki hisoblanadi:
- uy-joylar, xo‘jalik inshootlari, qishloq xo‘jalik ekinlari va ko‘chatzorlari, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo‘jalik texnikasi, asbob-uskuna, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlari;



Download 28.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling