1. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish yo‘llarini ayting? Javob
VI. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish
Download 64.9 Kb.
|
jn fxteb
VI. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish
Hozirgi vaqtda davlatning qishloq xo‘jaligiga sarflanadigan xarajatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi (1,68 foiz) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kirmaydigan (0,62 foiz), o‘rtacha darajadagi daromadli davlatlarga nisbatan qariyb uch baravar va IHTTga a’zo mamlakatlarga (0,17) nisbatan o‘n baravar ko‘pdir. Shunga qaramasdan, qishloq xo‘jaligida samaradorlik va raqobatbardoshlik hamda ishlab chiqaruvchilarning daromadlari nisbatan pastligicha qolmoqda. Sohani davlat tomonidan moliyalashtirishning asosiy qismi bevosita irrigatsiya uchun sarflanadi (63 foiz) hamda asosan paxta va boshoqli don yetishtirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Budjet mablag‘larining katta qismi nasos stansiyalarining elektr energiyasini qoplash uchun sarflanadi, oqibatda mavjud irrigatsiya va drenaj tizimlarini ekspluatatsiya qilish va saqlash, ularni rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari to‘liq qoplanmayapti. Hozirgi vaqtda umumiy xizmatlarni qo‘llab-quvvatlashning katta qismi davlat budjetida “boshqalar” xarajat moddasi sifatida aks etadi, bu esa sohada davlat xarajatlarining strategik rejalashtirilishi yo‘qligidan dalolat beradi. Budjet tizimida sohani qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliyaviy va kredit dasturlari (3,5 mlrd AQSh dollardan ortiq) va davlatning yirik investitsiya dasturlari yoki strategik rejalashtirish jarayonlari o‘rtasida aloqa mavjud emas. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlardagi davlat dasturlari va xizmatlariga ajratilayotgan budjet mablag‘lari miqdorini qayta ko‘rib chiqish hamda moliyalash tizimini takomillashtirish lozim bo‘ladi: atrof-muhitni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash, veterinariya va fitosanitariya xizmatlari; birlashmalarning turli shakllarini qo‘llab-quvvatlash (kooperativlar, klasterlar, ishlab chiqarish birlashmalari); statistik ma’lumotlarni yig‘ish va agrar bozorlar monitoringini yuritish tizimini takomillashtirish, bozor va transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish; qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaliy tadqiqotlar va izlanishlar, ta’lim va bilimlarni tarqatish tizimini rivojlantirish. Mazkur yo‘nalishning asosiy maqsadi agrar siyosatning yangi ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq asosiy davlat xizmatlarini ko‘rsatish va tarkibiy o‘zgarishlar dasturlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan qishloq xo‘jaligiga ajratilayotgan davlat moliyaviy resurslarini bosqichma-bosqich qayta taqsimlash orqali mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi: qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish uchun xarajatlar taqsimotini qayta ko‘rib chiqib, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari va qishloq xo‘jaligi bilimlarini tarqatish tizimi, axborot va maslahat xizmatlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hajmini oshirish; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘i bilan bog‘liq bo‘lgan barcha budjetdan tashqari jamg‘armalar faoliyatini to‘liq auditdan o‘tkazish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni xususiy sektorga berish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; o‘rta muddatli budjet dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida xalqaro texnik ko‘mak mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha dasturlarni joriy etish; qishloq xo‘jaligi sohasida soliqqa tortish tizimini chuqur tahlil qilish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Download 64.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling