qabul qilingan
3. Harakat davomida jism tezligining son qiymati o‘zgaruvchan bo‘lsa,
bunday harakatga notekis harakat deyiladi.
Notekis harakatda o‘rtacha tezlik jism bosib o‘tgan yo‘lning shu yo‘lni
bosib o‘tishga ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi:
,
Notekis harakatda bosib o’tilgan yo’l:
Oniy tezlik:
Jismning muayyan bir paytdagi yoki trayektoriyaning ma’lum
bir nuqtasidagi tezligi oniy tezlik deb ataladi. Oniy tezlik jismning kuzatilayotgan
ondagi tezligini bildiradi.
Tezlikni o„lchash.
Harakatlanayotgan jismlarning tezligi maxsus asboblar
yordamida o‘lchanadi. M: avtomobil, kema, samolyot tezligi spidometr (inglizcha
speed – tezlik, lotincha metreo – o‘lchash) yordamida o‘lchanadi.
4. To„g„ri chiziqli tekis tezlanuvchan (sekinlanuvchan) harakat. Bunday
harakatda jism harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat
tezligining kattaligi bir tekisda ortib (kamayib) boradi, ya’ni teng vaqtlar ichida bir
xil kattalikka ortadi (kamayadi), lekin yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l
formula bilan aniqlanadi “+ˮ ishora tekis tezlanuvchan, a > 0, “–ˮ
ishora tekis sekinlanuvchan (a < 0) bo‘l ganda qo‘yiladi).
Ixtiyoriy teng vaqtlar oraligida tezligining son qiymati bir xil kattalikka
o‘zgarib boradigan jismning harakatiga tekis o‘zgaruvchan harakat deb ataladi.
Tezlik o‘zgarishining shu tezlik o‘zgarishi sodir bo‘lgan vaqt oralig‘iga
nisbati bilan aniqlanadigan kattalik tezlanish bo‘lib, a harfi bilan belgilanadi.
υ
0
– boshlang‘ich tezlik bilan tekis o’zgaruvchan harakatni boshlagan jismning t
vaqtdagi tezligi υ ga teng bo‘lsa, tezlanish formulasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |