1. Fizika-tabiat hodisalarini,modda va maydon xossalari va ularning sabab qonunyatlarini o'rganuvchi fan
Download 298.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Nazariy 1
1. Fizika-tabiat hodisalarini,modda va maydon xossalari va ularning sabab qonunyatlarini o'rganuvchi fan. 2. Fizika-yunoncha “phusis” so'zidan olingan bo'lib ‘tabiat’ degan ma'noni bildiradi. 3. Fizika 5 ta bo'limga bo'linadi. 1. Mexanika. 2. Molekulyar fizika. 3. Elektr. 4. Optika. 5. Atom va yadro fizikasi. 4. Mexanika-nuqta yoki jismning harakat bilan boģliq bòlgan har qanday tabiat hodisalari va ularning sabablarini òrganadigan fizikaning dastlabki qismidir. 5. Mexanikaning asosiy masalasi jismning ixtiyoriy vaqt momentidagi vaziyatini aniqlashdan iborat. 6. Mexanika bo'limi ham o'z navbatida 3 qismga bòlinadi: 1. Kinematika. 2. Dinamika. 3. Statika. 7. Kinematika- jismlarning harakat qonunlari va tenglamalarini òrganuvchi mexanikaning bir bòlimi. 8. Dinamika- jismlarning harakatga kelish sabablarini òrganadi. 9. Statika- kuch ta’sirida jismning muvozanatda bòlish shartlarini òrganadi. 10. Fizikada 7 asosiy birliklar mavjud:uzunlik,vaqt,massa,temperatura, modda miqdori,tok kuchi va yoruğlik kuchi. 11. Qòshimcha birliklar ham bor: fazoviy burchak hamda yassi burchak. 12. Xalqaro Birliklar Sistemasi (XBS) 1960-yil oktabr oyida qabul qilingan. 13. Mexanik harakat deb,jismning fazodagi vaziyatini vaqt òtishi bilan boshqa jismlargan nisbatan òzgartirishiga aytiladi. 14. Agar jismning òlchami harakatlanayotgan masofaga nisbatan ancha kichik bòlsa,bunday jism moddiy nuqta deyiladi. 15. Òlchamlarini hisobga olmas darajada kichik bòlgan jismlar moddiy nuqta deyiladi. 16. Jismning harakat davomida qoldirgan izi traektoriya deyiladi. 17. Traektoriya uzunligi yòl deyiladi. 18. Jism harakatining boshlanģich nuqtasi bilan oxirgi nuqtasini tutashtiruvchi kesma uzunligi ko'chish deb ataladi. 19. Yòl nolga teng bòlmaydi. 20. Kòchish nolgan teng bòlishi mumkin. 21. Hech qachon kòchish yòldan katta bo'la olmaydi. 22. Kòchish maksimal holatda yòlga teng bòlishi mumkin. 23. Harakatlanmay tinch turibdi deb,shartli ravishda qòzģalmas deb hisoblasa bòladigan jismlar sanoq jismlar deyiladi. 24. Sanoq jismi,sanoq jismiga boģlangan kordinatar sistemasi va vaqtni òlchaydigan asbob sanoq sistemasini tashkil qiladi. 25. Yònalishga ega bòlgan kesma vektor deyiladi. Download 298.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling