1. Fоsfоr vа uning хоssаlаri, birikmаlаri


Download 445 b.
Sana08.06.2018
Hajmi445 b.

















Fosfat kislotalar.

  • Fosfat angidrid suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Reaksiya issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi. Bir molekula P2O5 bilan necha molekula suv birikishiga qarab uch xil fosfat kislota olinishi mumkin. Bu reaksiyalarni sxematik ravishda kuyidagicha Yozish mumkin:

  • P2O5 + H2O --> 2HPO3 (metafosfat kislota)

  • P2O5 + 2H2O --> H4P2O7 (pirofosfat kislota)

  • P2O5 + 3H2O --> 2H3PO4 (Ortofosfat kislota).

  • Bular ichida suvga eng boyi va eng muximi ortofosfat kislotadir; uni tugridan - tugri fosfat kislota deb ataladi. fosfat kislota 42oS da suyuqlanadigan, xavoda Yoyilib ketadigan qattiq jism; uning zichligi d=1,88 g/sm3. Sanoatda ishlab chikariladigan fosfat kislota kovushok suyuqlik. H3PO4 kizdirilsa, kislotadan suv chikib ketib, avval pirofosfat kislota, keyin metofosfat kislota xosil bo'ladi:

  • 2H3PO4 = H4P2O7 + H2O

  • H4P2O7 = 2HPO3 + H2O

  • Aksincha, metofosfat kislotaga suv ta'sir ettirilganda piro - va ortofosfat kislota olinadi.

  • Laboratoriyada fosfat kislota olish uchun erkin xolatdagi fosfor 32% li nitrat kislotada eritiladi:

  • 3P+5HNO3+2H2O --> 3H3PO4 + 5NO 



Fosfat kislota tuzlari

  • Fosfat kislota uch xil tuz xosil qiladi; masalan: KH2PO4 - kaliy digidrofosfat (Yoki birlamchi fosfat); K2HPO4 - kaliy gidrofosfat (Yoki iqilamchi fosfat); K3PO4 - kaliy fosfat (Yoki uchlamchi fosfat).          

  • Pirofosfat kislota ortofosfat kislotaga qaraganda ancha kuchli kislotadir. U to'rt asosli kislota. Gidrofosfatni kizdirish natijasida pirofosfat olish mumkin; masalan:

  • 2 Na2HPO4 --> Na4P2O7 + H2O. 

  • Natriy pirofosfat kurgoshin tuzlari eritmasi bilan reaksiyaga kirishganda kurgoshin pirofosfat Pb2P2O7 xosil bo'ladi. Unga vodorod sulfat eritmasi ta'sir ettirib pirofosfat kislota H4P2O7 olinadi.

  • Pirofosfat kislota ortofosfat kislotaning kondensatlanish maxsulotidir. Ortofosfat kislota kondensatlanganida polifosfat kislotalar xam xosil bula oladi.

  • Metafosfat kislota - orta Yoki pirofosfat kislotani kizdirish orqali olinadi. U kovushok suyuqlik.



Fosforning juda kup birikmalari mineral o'g'it sifatida ishlatiladi. Eng kup qullaniladigan fosforli o'g'itlar kuyidagilardir:

  • Fosforning juda kup birikmalari mineral o'g'it sifatida ishlatiladi. Eng kup qullaniladigan fosforli o'g'itlar kuyidagilardir:

  • I. Fosforit Yoki apatit uni mayin kukun xolatdagi fosforit Yoki apatitdan iborat. Bu o'g'it tarkibida 16-35% ga kadar P2O5 bo'lishi mumkin. Lekin fosforit uni Yoki apatit unidagi fosfor - Ca3(PO4)2 tarkibli modda shaklida bo'ladi; bu modda suvda Yomon eriydi; shu sababli kislotali bulmagan tuproklarda fosforit Yoki apatit unini usimliklar kam uzlashtiradi.

  •  II. Superfosfat. Fosforit Yoki apatitning sulfat kislota bilan o'zaro ta'siridan, suvda eruvchan fosforli birikma xosil bo'ladi:

  • Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 --> Ca(H2PO4)2 + 2 CaSO4

  • Uning tarkibida 20% ga kadar R2O5 bo'ladi. superfosfat tarkibidagi Ca (H2PO4)2 suvda yaxshi erishi tufayli usimliklar uni yaxshi uzlashtiradi.

  • III. Qo'sh superfosfat tarkibi faqat kalsiy digidrofosfatdan iborat bo'lgan kimmatli o'g'it. Uning tarkibida 40-50% P2O5 bo'ladi. Qo'sh superfosfat tabiiy fosforitga konsentrlangan fosfat kislota ta'sir ettirish yuli bilan olinadi:

  • Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 --> 3Ca(H2PO4)2.

  • IV. Presipitat. Suvda kamrok eriydigan kalsiy gidrofosfatdan iborat bo'lib, kukun xolatdagi oxaktoshning fosfat kislota bilan o'zaro ta'siridan olinadi:

  • 2 CaCO3 + 2H3PO4 --> 2CaHPO4 . 2H2O + 2CO2.

  • Presipitat CaHPO4 . 2H2O ok kukun bo'lib xavoda saklanganda nam tortib Yopishib kolmaydi. Uning tarkibida 30-35% P2O5 bo'ladi. Bu o'g'itni kuchsiz kislotali tuproklarga solinganda usimliklar yaxshi uzlashtiradi.

  • V. Termofosfatlar (Yoki ftordan tozalangan fosfatlar). Tabiiy fosforitni turli qushimchalar (soda, potash, natriy sulfat va xokazolar) bilan birga yuqori xaroratda suyuqlantirib, fosforit tarkibidagi ftor yukotiladi. Buning natijasida tarkibida 32% ga kadar P2O5 bo'lgan o'g'it termofosfat xosil bo'ladi.

  • Yukorida kurib utilgan fosforli o'g'itlardan tashqari, tarkibida xam fosfor, xam azot, xam kaliy bo'ladigan murakkab o'g'itlar xam tayyorlanadi. Ulardan ammofos NH4H2PO4, diammofos (NH4)2HPO4, leynafos (NH4)2SO4. (NH4)2HPO4 lar ana shunday azot va fosforli murakkab o'g'itlardir. Ammofos tarkibida 10% azot va 50% P2O5 bo'ladi. Ammofos olish uchun fosfat kislota ammiak ta'sirida neytrallanadi:   

  • 3NH3 + H3PO4 --> NH4H2PO4 (NH4)2HPO4.

  • Ammofos donador maxsulot sifatida chikariladi.

  • Nitrofoska va azofoska nomli aralash o'g'it tarkibida azot, fosfor va kaliy elementlari bo'ladi. 






Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling