1. Fotoeffekt haqida tushuncha. Fotoeffekt qonunlari. Ichki fotoeffekt haqida tushuncha


Fotoeffekt haqida tushuncha. Fotoeffekt qonunlari


Download 170.05 Kb.
bet2/11
Sana18.06.2023
Hajmi170.05 Kb.
#1558992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Diyor sex

1. Fotoeffekt haqida tushuncha. Fotoeffekt qonunlari
Zaryadlangan elektrometrga mahkamlangan rux plastinkani ultrabinafsha nurlar bilan yoritganimizda elektrometr tezda razryadlanadi (zaryadsizlanadi). Agar elektrometr plastinkasini musbat zaryadlasak, so’ngra ultrabinafsha nurlar bilan yoritsak elektrometr razryadlanmaydi.

1-rasm. Fotoeffekt hodisasini namoyish qiluvchi tajriba.



2-rasm.
Bu hodisani quyidagicha tushuntirishimiz mumkin. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida rux plastinka sirtidan manfiy zaryadlangan zarrachalar – elektronlar uchib chiqadi.
2-rasm. Stoletov tajribasi sxemasi.
Fotoeffektni o’rganishda katod nurlari degan tushuncha kiritiladi. Katod nurlari elektronlar oqimidan iborat bo’ladi. Katod nurlari yorug’lik ta’sirida paydo bo’lishi yoki kuchayishi mumkin. Yorug’lik ta’sirida o’zidan elektronlarni nurlaydigan sirtni fotokatod deb ataladi.
Fotoeffekt hodisasi. Stoletov tajribasi: Yorug’likning moddaga ko’rsatadigan ta’siri natijasida yuzaga keladigan turli hodisalar orasida fotoeffekt, Ya’ni yorug’lik ta’sirida moddadan elektronlar urib chiqarilishi muhim o’rin egallaydi. Fotoeffekt hodisasini 1887 yilda nemis fizigi G.Gers kashf etgan. U kuchlanish berilgan uchqun oralig’ining elektrodlarini ul’trabinafsha nurlar bilan yoritganda uchqun chiqishining osonlashishini kuzatgan. Keyinroq Gersning tajribasida elektrodlarga yorug’lik ta’sir etishi natijasida zaryadlarning ozod bo’lishini va bu zaryadlar elektrodlar o’rtasidagi elektr maydoniga tushganda tezlashib, atrofdagi gazni ionlashtirishini va natijala uchqun chiqishiga sababchi bo’lishini ko’rsatib o’tdi.
Tajribalarning Stoletov ishlatgan sxemasi 2-rasmda ko’rsatilgan. Vakuumda joylashgan ikkita (bittasi to’r ko’rinishida, ikkinchisi – yassi) elektrodlar batareyaga ulangan. Bu yerda ampermetr paydo bo’ladigan tok kuchini o’lchash uchun xizmat qiladi. Katodni turli xil to’lqin uzunlikdagi yorug’lik bilan nurlantirib, Stoletov ultrabinafsha nurlar eng effektiv ta’sir ko’rsatishini aniqladi. Bundan tashqari, zanjirda tok ta’sirida hosil bo’ladigan tok kuchi uning oqimiga to’g’ri proporsional ekanligini aniqladi.
Stoletov tekshirishlarining hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan asosiy natijalari quyidagi xulosalardan iborat:
1) Jism yutayotgan ul’trabinafsha nurlar eng kuchli ta’sir ko’rsatadi.
2) Fototokning kuchi jismning yoritilganligiga proporsionaldir.
3) Yorug’lik ta’sirida manfiy zaryadlar ajralib chiqadi.
Lenard va Tomsonlar 1898 yilda elektr va magnit maydonlarida zaryadlarning og’ish metodiga asoslanib, yorug’lik katoddan chiqaradigan zaryadlangan zarrachalarning solishtirma zaryadini aniqladi va quyidagicha natija oldilar: = -5,271017 SGSE birl./g, bu esa elektronning solishtirma zaryadi bilan mos tushadi. Bu yerdan esa yorug’lik ta’sirida katod moddasidan elektronning chiqarilishi ro’y berishini ko’rish mumkin. Bu hodisa fotoelektrik effekt yoki oddiygina qilib fotoeffekt deb ataladi.
Fotoeffekt ikki xil bo’ladi:
1) agar elektronlar yoritilayotgan modda tashqarisiga chiqsa, bunga tashqi fotoeffekt deyiladi. Fotoelektron moddadan chiqishi uchun, u moddaning chiqish ishidan katta bo’lgan kinetik energiyaga ega bo’lishi kerak;
2) agar elektronlar moddaning «o’z» atomlari va molekulalari bilan bog’lanishidan to’la ozod bo’lsa-yu, ammo moddadan tashqariga chiqmasa, bunday hodisani ichki fotoeffekt deyiladi va uni amerikalik olim U.Smit birinchi bo’lib 1873 yilda aniqlagan. Ichki fotoeffekt moddaning elektr o’tkazuvchanligini oshiradi.

Download 170.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling