1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]


-modda. Shirkatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish


Download 393.81 Kb.
bet7/15
Sana16.06.2023
Hajmi393.81 Kb.
#1489452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
308-II 06.12.2001.XO\'JALIK JAMIYAT

14-modda. Shirkatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish
Shirkat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa kamaytirishga majburdir.
Shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish shirkat ishtirokchilarining shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) shirkatga tegishli ulushlarning haqini to‘lash orqali amalga oshirilishi mumkin.
Shirkat, agar bunday kamaytirish natijasida ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori shirkatning ta’sis shartnomasidagi tegishli o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasida ushbu Qonunga muvofiq belgilangan ustav fondi (ustav kapitalining) minimal miqdoridan kam bo‘lib qolsa, ushbu Qonunga muvofiq shirkat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga majbur hollarda esa shirkat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadagi holatga ko‘ra ushbu Qonunga muvofiq belgilangan ustav fondining (ustav kapitalining) minimal miqdoridan kam bo‘lib qolsa, shirkat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli emas.
Shirkat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan shirkatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish shirkat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilmog‘i lozim.
Shirkat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida uning ustav fondi (ustav kapitali) to‘liq to‘lanmagan taqdirda, shirkat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) amalda to‘langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki shirkatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozim.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin shirkat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam bo‘lib qolsa, shirkat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) o‘zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini e’lon qilishi va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin shirkat sof aktivlarining qiymati shirkatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi sanasidagi holatiga ko‘ra ushbu Qonunda belgilangan ustav fondining (ustav kapitalining) minimal miqdoridan kam bo‘lib qolsa, shirkat tugatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Shirkat sof aktivlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(14-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shirkat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida shirkatning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilishi shart. Bunda shirkat kreditorlari o‘zlariga xabarnoma yo‘llangan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida shirkat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashni yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Shirkatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish bilan bog‘liq ta’sis shartnomasidagi o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kreditorlar ushbu moddada belgilangan tartibda xabardor qilinganligi dalillari taqdim etilgan taqdirdagina qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(14-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish bilan bog‘liq ta’sis shartnomasidagi o‘zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran shirkat ishtirokchilari va uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda shirkat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki o‘zining tugatilishi to‘g‘risida uch oylik muddatda qaror qabul qilmasa, kreditorlar shirkat majburiyatlarini muddatidan oldin tugatishini yoki ijro etishini va o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqlidir. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bunday hollarda shirkatni tugatish to‘g‘risida sudga talabnoma taqdim etishga haqlidir.

Download 393.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling