1. Gavda va buyin muskullari Gavda muskullari. Ko‘krakning yuza muskullari


Download 268.29 Kb.
bet5/6
Sana30.03.2023
Hajmi268.29 Kb.
#1310295
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gavda muskullari

ERKIN QO‘L MUSKULLARI.
Qo‘l muskullari uch gruppaga: yelka, yelka oldi va panja muskullariga bo‘lib o‘rganiladi.
Yelka muskullari joylashishiga qarab oldingi va orqa gruppaga bo‘linadi. Oldinda yelkannng ikki boshli, yelka va tumshuqsimon-yelka muskullari bor.
Yelka ikki boshli muskuli (m. biceps brachu)ning ikkita boshi bo‘lib, uzun boshi kurak suyagining bo‘g‘im yuzasi ustidan boshlanadi. Uning payi yelka bo‘g‘imining ichidan o‘tadi. Kalta boshi kurakning tumshuqsimon o‘simtasidan boshlanib, 2 ta boshi oldinda qorincha hosil qiladi. Bu muskul tirsak bo‘g‘imidan pastga o‘tib, bilak suyagining do‘ngchasiga birikadi. U qisqarganda yelkani bukadi va tanaga yaqinlashtiradi. Bilak bo‘g‘imini bukishda va supinatsiyada ishtirok etadi.
Tumshuqsimon o‘simta bilan yelka suyagi orasidagi muskul (m. corocobrachialis) kurak suyagining tumshuqsimon o‘simtasidan boshlanib, yelkaning yuqorigi ichki tomoniga birikadi. U qisqarganda yelkani bukadi va tanaga yaqinlashtiradi.
Yelka muskuli (m. brachialis) yelkaning ikki boshli muskuli tagida joylashadi. U yelka suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, tirsak suyagining o‘tkir o‘simtasi tagidagi g‘adir-budurlikka birikadi. U qisqarganda tirsak bo‘g‘imida bukish harakati bajariladi.
Yelkaning orqa tomonida uch boshli va tirsak muskullari joylashgan.
Yelkaning uch boshli muskuli (m. triceps brachu). Bu muskul yelkaning orqa tomonini butunlay qoplagan bo‘ladi. Uning 3 ta boshi bo‘lib, har qaysisi alohida qorincha hosil qiladi. Uzun boshi kurak suyagi bo‘g‘im yuzasining pastki chetidan, medial va lateral boshlari yelka suyagining orqa tomonidan boshlanadi va uchala boshi yaxlit pay hosil qiladi. Bu pay tirsak suyagining tirsak o‘simtasiga birikadi. U qisqarganda tirsak bo‘g‘imini yozadi, uzun boshi qisqarganda yelka bo‘g‘imida yaqinlashtirish harakati bajariladi.
Pastki kamar muskullari asosan 2 gruppaga: tos kamari va oyoq muskullariga bo‘lib o‘rganiladi.
Tos kamari muskullaritosni ichki, tashqi tomondan o‘rab olgan bo‘lib, son suyagining yuqorigi uchiga birikadi. Bu muskullar kuchli bog‘lag‘ichlar yordamida umurtqa pog‘onasiga mahkam birikkan bo‘lishi bilan yelka kamari muskullaridan farq qiladi. Bular tos-son bo‘g‘imini har tomondan o‘rab olib, shu bo‘gim harakatida aktiv ishtiroq etadi. Bu muskullar joylashishiga qarab ichki va tashqi gruppaga bo‘linadi.
Ichki gruppa muskullarga tos ichida joylashgan muskullar kiradi.
Yonbosh - bel muskuli (m. Iliopsoasi) tos kamarining eng baquvvat muskullaridan bo‘lib, ikkita, ba’zan uchta muskuldan tashkil topadi. Bel muskuli (m.psoas) butun bel va oxirgi ko‘krak umurtqasining yon o‘simtasidan boshlanib, tolalari pastga qarab yo‘naladi, pastda yonbosh muskuli bilan birikadi. Yonbosh muskuli (m. iliacus) yonbosh suyagi qanotining ichki yuzasidan boshlanib, bel muskuli bilan birgalikda sonning kichik do‘ngchasiga birikadi. U qisqarganda sonni yoki gavdani tos son bo‘g‘imida bukadi.
Noksimon muskul(m. piriformis) dumg‘aza suyagining oldingi 2-5 teshiklari oldidan boshlanib, katta o‘tirg‘ich teshigidan o‘tib, son suyagi katta do‘ngchasining cho‘qqisiga birikadi. U qisqarganda sonni tanadan uzoqlashtiradi.
Yopiluvchi ichki muskul(m. obfuratorius internus) kichik tos bo‘shlig‘i ichida yopiluvchi teshik atrofidan, yopiluvchi pardaning ichki tomonidan boshlanib, kichik o‘tirg‘ich teshigidan o‘tib, son suyaginiig katta do‘ngchasi ostiga birikadi. U qisqarganda sonni tashqi tomonga buradi va tanadan uzoqlashtiradi. Tosning tashqi tomonida bir nechta baquvvat muskul qavat-qavat bo‘lib joylashgan.
Dumbaning katta muskuli (m. gluteus maximus) dumg‘azadan, dum suyagidan, yonbosh suyagining orqa yuzasidan boshlanib, sonning katta do‘ngchasiga keng fassiya bilan birikadi. U eng baquvvat yozuvchi muskul bo‘lib, tos-son bo‘g‘imida sonni yoki gavdani yozadi. Bu muskul tepalikka ko‘tarilish, chopish, sakrash harakatlarida alohida ahamiyatga ega.
Dumbaning o‘rta muskuli (m. gluteus medius) katta muskuli tagida joylashgan bo‘lib yonbosh suyagining tashqi yuzasidan boshlanadi va sonning katta do‘ngchasiga birikadi. Buning tagida dumbaning kichik muskuli (m. qlu-teus minimus) joylashgan. U ham yonbosh suyagidan boshlanib, sonning katta do‘ngchasiga birikadi. Bularning boshlanish joyi keng, birikish joyi tor bo‘lgani uchun sonni uzoqlashtirishda, ichki va tashqi tomonga burishda ishtirok etadi.
Sonning kvadrat muskuli (m. guatratus femoris) o‘tirg‘ich do‘ngchasi bilan sonning katta-kichik do‘ngchasi orasidagi g‘adir-budur sohaga joylashgan. U qisqarganda sonni tashqi tomonga buradi.
Yopiluvchi tashqi muskul (m. obturatorius externus) yopiluvchi teshik pardasining tashqi tomonidan boshlanib, sonning do‘ngchasi ostidagi chuqurchaga birikadi. U qisqarganda sonni tashqi tomonga buradi. 141

Oyoq muskullari: son, boldir, oyoq panjasi muskullariga bo‘linadi.


Son muskullari. Sonning atrofidagi muskullar 3 gruppaga: oldingi, ichki, orqa gruppaga bo‘linadi. Ularning ko‘pchiligi boldirga birikadi. Ular qisqarganda tizza, qisman tos-son bo‘g‘imidagi harakatda ishtirok etadi. Sonning oldingi tomonida asosan 2 ta muskul, sonning to‘rt boshli muskuli bilan tikuvchi muskul bor. Sonning to‘rt boshli muskuli (m. quadriceps femoris) organizmdagi eng yirik muskul bo‘lib, og‘irligi 2 kg ga yetadi. Uning 4 ta boshi alohida 4 ta qorincha hosil qiladi va alohida muskul bo‘lib hisoblanadi. Bu muskulning eng uzun to‘g‘ri boshi yonbosh suyagining oldingi yuqorigi o‘sig‘idan boshlanadi. Chetki, ichki, keng, oraliq boshi son suyagidan boshlanib, boshlarining hammasi pastda, yaxlit payga birikadi. Bu pay tizza qopqog‘ini o‘rab turib, katta boldir suyagining do‘ngchasiga birikadi. U qisqarganda to‘g‘ri boshi tos-son bo‘g‘imini bukishda, umuman, tizza bo‘g‘imini yozishda ishtirok etadi
Tikuvchi muskul (m. sarto-rius) organizmdagi eng uzun muskul bo‘lib yonbosh suyagining oldingi ustki o‘sig‘idan boshlanib, sonning orqasiga o‘tadi va katta boldir suyagining medial tomoniga birikadi. Bu muskul ikkita bo‘g‘imdan o‘tib qisqarsa, ikkala bo‘g‘imni bukadi, boldirni ichki tomonga buradi.
Sonning keng fassiyasini tortuvchi muskul (m. tensor fasciae latae) sonning yon tomonida joylashgan. U yonbosh suyagining oldingi yuqorigi o‘sig‘idan boshlanib, sonning fassiyasiga birikadi. Qisqarganda fassiyani tortish bilan sonni bukadi.
Sonning ichki tomonida yaqinlashtiruvchi muskullar joylashgan.
Taroqsimon muskul (m. pectineus) qovuq suyagining qirrasidan boshlanib, son suyagiga birikadi. U qisqarganda sonni yaqinlashtiradi va uni bukishda ishtirok etadi. Yaqinlashtiruvchi uzun (m. adductor longus), yaqinlashtiruvchi kalta (m. adductor brevis), yaqinlashtiruvchi katta (adductor magnus) muskullar qovuq suyagidan va oxirgisi o‘tirg‘ich suyagidan boshlanib, son suyagi ichki tomonining turli qismiga birikadi. Ular qisqarganda, asosan sonni yaqinlashtiradi. Yaqinlashturuvchi katta muskul tos-son bo‘g‘imini yozishda ham ishtirok etadi.
Nozik muskul (m. gracilis) 2 bo‘g‘imli bo‘lib, qovuqning pastki tarmog‘idan boshlanib, katta boldir suyagining g‘adir-budurligiga birikadi. Tos-son bo‘g‘imini yaqinlashtirishda va tizza bo‘g‘imini bukishda ishtirok etadi.


Download 268.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling