2. G`aznachilik" fanining predmeli, maqsad va vazifalari
"G`aznachilik" fanini o`qitishdan maqsad - talabalarga davlat budjetining g`azna ijrosi haqida nazariy bihmlar berish, ularda mamlakatda amaiga oshinlayotgan institutsional islohotlarning bugungi bosqichida davlat moliya tizimida amalga oshirilayotgan o`zgarishlarning asosiy yo`nalishlari va g`aznachilikning samarali faoliyatini taininlash bo`yicha asosiy ko`nikmalar hosil qilish, g`aznachilikning tashkiliy tuzilmasi va uning ishlash mexanizmlarini o`rganish, ulami nazariy. amahy va metodologik jihatdan takomiliashtirishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur fan o`z predmetini o`rganish uchun quyidagi vazifalarni qo`yadi:
G`aznachilik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyatini o`rganish;
davlat budjeti g`azna ijrosining amal qilish asoslarini o`rganish;
g`aznachilik faoliyatini boshqarishning tashkiliy asoslarini o`rganish;
davlat budjeti daromadlanni g`aznachilik orqali shaklllantirish mexanizmini o`rganish;
davlat budjeti xarajatlarini g`aznachilik orqali ijro etish va tarkibini o`rganish;
g`aznachilik organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimi asoslarini o`rganish;
g`aznachilik faoliyatini samaraJi yuritish yuzasidan xorij tajribalarini o`rganish;
davlat budjeti g`azna ijrosini tatbiq etishning shartsharoitlari, uning afzalliklari va o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish;
davlat budjeti g`azna ijrosining amal qilish mexanizmlarini takomillashtirish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |