3. Ko’chib yuruvchi genetik elementlar – transpozonlar
O’simliklar organizmida transpozonlarni birinchi bor AQSh olimasi Barbara Mak Klintok, mikroorganizmlarda AQSh olimi Axmad Buxoriy va hasharotlarda Rossiya olimi Georgiy Georgiyev kashf etgan. Ko’chib yuruvchi genetik elementlar ayni vaqtda transpozitsion elementlar yoki transpozonlar deb ham ataladi. Transpozonlarning kashf etilishi genetik muhandislikning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Tranpozonlar xilma-xil strukturaga ega bo’lsalarda, barcha transpozon molekulalarining ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy qismda esa DNK molekulasining belgilangan joyida "yopishqoq" uchlar hosil qilib notekis kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjuddir. Transpozaza fermenti hujayradagi DNK molekulasini " yopishqoq" uchlar hosil qilib kesadi va ayni paytda transpozon uchlariga qovushtiradi. Hosil bo’lgan xromosoma DNK si va transpozon DNK sidan iborat qovushma hujayra DNK bo’laklarini bog‘lovchi ferment ligaza ta’sirida o’zaro bog‘lanadi. Transpozonlarning hujayra DNKsiga integratsiyasi quyidagicha amalga oshadi. Transpozonlar xromosomada o’z o’rnini o’zgartirganda irsiyat ham o’zgaradi. Odatda yashash muhiti keskin o’zgarganda transpozonlarning ko’chib yurishi ortadi.
Shu sababdan ko’chib yuruvchi genetik elementlar ishtirokida gen muhandisligiga asoslangan ko’pgina biotexnologik jarayonlar yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |