1. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sharoitlari. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sifati


Download 0.97 Mb.
bet4/5
Sana27.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1727735
1   2   3   4   5
Bog'liq
7. Quduqlarni tadqiqot qilish

Mikrokarotaj (MK)
 
Mikrokarotaj (MK)--bu usul mayda o‘lchamli zondlar yordamida amalga oshiriladi.Odatda A0,025M0,025N gradiyent-mikrozond va A0,05 M potensial-mikrozondlardan foydalaniladi. Yozish olib borishda mikrozondlar elektrodi quduq devorlariga qattiq siqilgan holda amalga oshiriladi. Bu zondlarni tadqiqi qilish radiuslari kichik va ularni unchalik chuqur ketmasigi quduqda qatlam atrofini tadqiq qilish imkoniyatini beradi.
Bir vaqtni o‘zida ikki oddiy mikrozondlar bilan yozish, qattiq o‘tkazmas tog‘ jinslarida bir xil kattalik bilan belgilanadi. Glina qavatlarida mikrozond egri chiziqlari bir xil kichik ko‘rsatkichga ega bo‘ladi.
Mikrokarotajni sho‘r burg‘ulash qorishmali, shuningdek karbonat tog‘ jinslarida qo‘llash ish samarasini juda kamaytirib yuboradi. Bunday sharoitlarda, yonlama mikrokarotaj (BMK) dan foydalanilsa samaralidir, chunki bu usul egri chiziq ko‘rsatkichlariga burg‘ulash qorishmalari va glina qobig‘i kam ta’sir etadi.
Radioaktiv karotaj (RK)
 
Radioaktiv karotaj (RK -bu usul quduq qatlamidagi tog‘ jinslarini radioaktiv xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgandir. Radioaktiv karotajda gamma nurlarini chuqur kirib borish hisobiga amalga oshirilganligi tufayli, bu usulni quvur tushirilgan (obsadka qilingan) va quvur tushirilmagan (obsadka qilinmagan) quduqlarda ham amalga oshirsa bo‘ladi.
GAMMA KAROTAJ (GK)
 
Gamma karotaj (GK)- Quduq ichidagi tog‘ jinslaridagi tabiiy gamma nurlarini tezlashtirishga asoslangandir. Tog‘ jinslarini radioaktivligi ular tarkibida uran, toriy borligi va boshqa radioaktiv mahsulotlarni parchalinishi, shuningdek kaliy radioaktiv K4019 izotoplarini parchalanishi bilan bog‘liqdir.
Cho‘kindi tog‘ jinslari orasida glina o‘zining radioaktivligi bilan ajralib turadi.
Gamma karotaj (GK) egri chiziqlari orqali toza glina, glinasiz qumtoshlar va ohaktoshlarni qirqimlarini aniqlash imkonini beradi.
Bundan tashqari gamma karotaj kaliy tuzlari, uran, toriy rudalari va shuningdek boshqa yuqori radioaktiv bo‘lgan unsurlar(minerallar)ni oralig‘ini aniqlash imkonini beradi.
Gamma-gamma karotaj manbalari yordamida nurlash natijasida tog‘ jinslarida gamma nurlarini parchalanish tezligini o‘lchash bilan amalga oshiriladi. Bu nurlanish tezligi, moddalar hajmi birligidagi elektronlar soni asbobni o‘rab turgan muhit hajmiy zichligiga praporsionaldir. Shunday qilib qo‘llaniladigan GGK yordamida tog‘ jinslarini zichligi o‘lchanadi va bu usul zichlik gamma-gamma karotaji (GGKP) deb ataladi. Bu usul quduqlarni qirqimini, kollektorlarni ajratish va ularni g‘ovakligini baholashda juda samaralidir. Bu usuldan quduqlarni texnik holatini, qotgan sement qalinligi va zichligini, hamda quvurni ichki o‘lchamini nazorat qilishda keng qo‘llaniladi. Zichlik gamma-gamma karotaji (GGKP) tadqiq qilish chuqurligi 0,15 m ni tashkil etadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling