1-geografik atlaslar amaliy mashg‘ulotning maqsadi
Bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asarlar sifatida atlaslarni xususiyatlari
Download 214.19 Kb. Pdf ko'rish
|
1-GEOGRAFIK ATLASLAR
Bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asarlar sifatida atlaslarni xususiyatlari Istagan geografik atlasni sifati avvalo uni to‘liqligi, mukammalligi va ichki bir-butunligi bilan aniqlanadi. Atlas to‘liq hisoblanadi, qachonki uni maqsadi (vazifasi) va o‘ylab qo‘yilgan asosiy mazmunidan (g‘oyasidan) kelib chiqqan holda unda barcha savol va mavzular kerakli va yetarli darajada yoritilgan bo‘lsa. Misol uchun Dunyoni tabiiy geografik atlasini oladigan bo‘lsak, u holda bu nuqtai nazardan mazkur atlas birinchidan, planetani barcha tabiiy geografik kartalarini o‘z ichiga olgan va ikkinchidan, geografik muhitni barcha asosiy komponentlarini tavsiflagan bo‘lishi lozim. Atlasni mukammalligi deb, mavzularni sonini ko‘paytirishga intilish kartalar sonini ortishiga yoki atlasni belgilangan hajmida kartalarni masshtabini qisqartirishga olib keladi. Shu bilan birga ayrim mamlakatlarni kartalari va ayrim mavzular yirik masshtablarni talab etishi mumkin. Ushbu qarama-qarshilikdan chiqish yo‘lini topish uchun haqiqatan ham zarur mavzular qat’iy ravishda tanlab olinishi va unchalik muhim ahamiyati bo‘lmaganlari tushirib qoldirishi, hamda bitta kartada mavzular maqsadga muvofiq birlashtirilishi, minimal va shu bilan birga yetarli masshtablar tanlanishi lozim. Atlasni ichki bir butunligi uni tarkibiga kiradigan kartalarni o‘zaro bir-birini to‘ldirishini, bir-biriga muvofiqligini va taqqoslash qulayligini nazarda tutadi. Atlaslarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar bo‘lishi kerak: o atlas kartalarida ishlatiladigan proyeksiyalar imkoni boricha bir xilda bo‘lishiga, juda bo‘lmaganda kam o‘zgaruvchan bo‘lishiga erishish; o karta masshtablari bir xilda bo‘lishiga harakat qilish kerak yoki kam farq qiluvchi bo‘lib, juft sonlar. bo‘lishiga erishish talab etiladi; o kartada foydalaniladigan kartografik asos bir xil bo‘lishi zarur; o atlas kartalarida analitik, kompleks va sintetik kartalar orasida balans bo‘lishiga erishi kerak; o kartalar legendasi, shkalalar (pog‘onalar) va ularni gradasiyalari o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldirishi kerak; o iloji boricha kartalarda bir darajali generalizasiya ishlatilishi zarur; o kartalar har xil mavzuda bo‘lishiga qaramasdan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak va chegaralar bir bo‘lishi shart; o karta tuzishda foydalaniladigan hamma statistik ma’lumotlarni bir xil vaqtga keltirish kerak; o atlas kartalari bir xil jihozlanib yaxshi dizayn asosida ishlanishi zarur. Albatta bu talablarni hammasini bajarish qiyin, lekin uni imkoni boricha bajarishga erishmoq zarur. Kartalarni mashtablarini, ayniqsa, kesmalarda (vrezkalarda) tanlashda uning mazmuniga mos bo‘lishi zarur. Kartada ko‘plab bo‘sh joylar paydo bo‘lib qoladi, kartograf buni yoddan chiqarmasligi kerak. Atlasga zarur bo‘lgan kartalargina ro‘yxatga kiritish kerak, chunki atlasni hajmi haddan tashqari kattalashtirib, narxini qimmat va foydalanishini qiyinlashtirib qo‘yishi mumkin. Atlas tuzish juda mashaqqatli ish bo‘lib, bir necha yillar davom etadi. Shu vaqtda olingan ma’lumotlar eskirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Shu bilan birga atlas kartalarini tuzishda faqat kartograf qatnashmasdan malakali turli soha mutaxassilari bilan hamkorlikda ishlashga to‘g‘ri keladi. Atlasni maqsadi (vazifasi) uni asosiy mazmunini, strukturasini va hajmini belgilaydi. Ko‘p atlaslar, ayniqsa mavzuli va kompleks atlaslar o‘z ichiga matnlarni. jadvallarni va zarur spravochnik-statistik ma’lumotlarni oladi. Zarur ob’yektlarni topishni yengillashtirish uchun atlaslarga geografik nomlar ko‘rsatkichi ilova qilingan bo‘ladi. Download 214.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling