1. Geografiya so’zining ma’nosi nima?
Download 28.73 Kb.
|
5-sinf monitoring
1- chorak 1. Geografiya so’zining ma’nosi nima? A) Yunoncha “ge”-Yer ,”grafo”- o’qiyman B) Grekcha “geo”-qatlam ,”grafo”-tasvirlayman C) Yunoncha “ge”-Yer, “grafo”-yozaman D) barcha javoblar to’g’ri 2. Qadimgi kishilar bundan qancha vaqt ilgari yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilishgan ? A) 2 mln yil ilgari B) 7 ming yil ilgari C) 4 ming yil ilgari D) 5 ming yil ilgari 3. Yerni sharsimon ,yumaloq bo’lsa kerak ,degan dastlabki tasavvurlarning yuzaga kelganiga qancha vaqt bo’ldi? A) 2400 yil B) 3000 yil C) 4050 yil D) 5000yil 4. Yerning kattaligini ancha aniq o’lchagan eramizdan avvalgi III asrda yashagan olimning ismi.? A) Ptolomey B) Eratosfen C) Strabon D) Geradot 5. Dunyoning birinchi xaritasini tuzgan olimning ismi.? A) Ptolomey B) Eratosfen C) Strabon D) Geradot 6. Eramizning II asrida Eratosfenga nisbatan ancha mukammalroq xaritani kim tuzgan ? A) Ptolomey B) Eratosfen C) Strabon D) Geradot 7.Yerning birinchi modeli – globusni yasagan? A) Abu Rayhon Beruniy B) Muhammad al- Xorazmiy C) Mahmud Qoshg’ariy D) to’g’ri javob yo’q 8. Ko’plab geografik joy va terminlar yozilgan “Devonu lug’atit turk” asari kimga tegishli? A) Abu Rayhon Beruniy B) Muhammad al- Xorazmiy C) Mahmud Qoshg’ariy D) Abu Ali ibn Sino 9. “Boburnoma “ asarining muallifi kim? A) Abu Rayhon Beruniy B) Muhammad al- Xorazmiy C) Mahmud Qoshg’ariy D) Zahiriddin Muhammad Bobur 10.Rus dengizchi sayyohlari Antarktida materigini nechanchi yilda kashf qilishdi? A) 1800 yil B) 1810 yil C) 1820 yil D) 1831 yil 11. Yer yuzining katta qismi suvlar bilan qoplanib yotganligini, Yerning sharsimonligini kim isbotladi? A) J.Kuk B) Nosir Xisrav C) F.Magellan D) X.Kolumb 12. Osmon bilan Yer tutashgan chiziq qanday nomlanadi? A) Osmon gumbazi B) Ufq tekisligi C) Ufq D) shimol 13. Joydagi ikki yo’nalish orasidagi hosil bo’lgan burchak qanday nomlanadi? A) masshtab B) azimut C) joy plani D) oriyentirlash 14. Bir –biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi masofani qanday asbob yordamida o’lchanadi? A) Metr yoki ruletka B) ruletka C) planshet D) metr 15.Quyosh atrofida nechta sayyora aylanib turadi.? A)7 B)5 C)8 D)6 16. Qo’lda yasaladigan yasama o’lchov g’ildirakning diametri necha sm qilib yasaladi? A) 27 sm B) 50 sm C) 32 sm D) 40 sm 17. Joydagi masofaning chizmada ,plan va xaritada tasvirlanganda necha marta kichraytirilganligini ko’rsatuvchi kasr son. Qanday nomlanadi? A) masshtab B) azimut C) joy plani D) oriyentirlash 18.Masshtablar necha xilbo’ladi? A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) 5 xil 24 18. Yer yuzidagi biror nuqtaning boshqa nuqtadan tik balandligiga nima deb ataladi? A) nisbiy balandlik B) mutlaq balandlik C) qutbiy balandlik D)to’g’ri javob yo’q 19. Quruqliklarning okean sathidan va okeanlar bilan tutashgan dengizlar sathidan tik balandligi qanday nomlanadi? A) nisbiy balandlik B) mutloq balandlik C) qutbiy balandlik D)to’g’ri javob yo’q 20. Yer yuzasining barcha notekisliklari qanday nomlanadi? A) Gorizontallar B) Relyef C) Mutlaq balandlik D) nisbiy balandlik 21. Quruqlik yuzasidagi mutlaq balandligi bir xil bo’lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar qanday nomlanadi? A) Gorizontallar B) Relef C) Mutlaq balandlik D) nisbiy balandlik 22. Yer yuzasi qaysi tomonga qiya bo’lsa ,gorizontallarga qiya tomonni ko’rsatuvchi chiziqcha qo’yiladi. Bu chiziqcha qanday nomlanadi? A) Gorizontallar B) Relef C) Bergshtrih D) A va C javoblar 23.Ikki tomoni katta suvlik bilan tutashgan tor suvli yo’lakka nima deb ataladi? A) bo’g’iz B) qo’ltiq C) o’zan D) meandra 24. Baykal ko’lidan qaysi daryo oqib chiqadi? A) Lena B) Irtish C) Selenga D) Angara 25.Magellan boshchiligidagi sayohat nimani isbotladi? A) Atlantika okeani eng katta okean ekanligini B)Yer yuzining katta qismini suv qoplab yotishini C) Yerning sharsimon ekanligini D) B,C javoblar to’g’ri 26. Yer kurrasining orqa tomonida ham quruqlik borligini bashorat qilgan olim – bu …….. A) Farobiy B) Ma’sudiy C) Beruniy D) Istahriy 27. Bir sutka necha soat hisoblanadi? A) 24 soat B) 23 soat C) 23 soat 56 daqiqa D) 23 soat 58 daqiqa 28. Yer yuzida qutblardan baravar uzoqlikda o’tkazilgan aylana chiziq qanday nomlanadi? A) ekvator B)meridianlar C) Yerning qutblari D) parallellar 29 Shimoliy qutb bilan Janubiy qutbni tutashtiruvchi Yer yuzasidan o’tkazilgan yarim aylana chiziqlar qanday nomlanadi? A) ekvator B)meridianlar C) Yerning qutblari D) parallellar 30. Yer sharining aylanasi qanchaga teng? A) 12750 km B) 29700 km C) 40000 km D) 43000km
Download 28.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling