1 Geosiyosat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati Xalqaro munosabatlarda zamonaviy yondoshuvlar va nazariyalar
Geosiyosat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati
Download 30.73 Kb.
|
klassik geosiyosiy nazariyalar
1.2. Geosiyosat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati
1941 yilda chop etilgan “Xorijiy so`zlar lug`ati”da “Geosiyosat” (“grekcha “geo” er, va “politika” - davlat haqidagi ta`limot) soxta fan bo`lib ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar va davlat taraqqiyoti jo`g`rofiy, fizik va boshqa shu kabi xos xususiyatlari bilan belgilanadi” deb ta`rif berilgan14. A.I.Poltorak va L.I.Savinskiylar muallifligida yozilgan “Qurolli mojarolar va xalqaro huquq” asarida “geosiyosat “urushni tadqiq qiluvchi keng tarqalgan yo`nalishlardan biri” sifatida izohlanadi15. 1985 yilda nashr etilgan “Diplomatik lug`at”da “geosiyosat-reaktsion burjuaziya nazariyasi bo`lib, uning tarafdorlari jamiyat hayotida jo`g`rofiy omillarni mutloqlashtirish orqali imperialistik davlatlarning agresiv tashqi siyosatini asoslab berishga intiladilar”16deb ta`rif berilgan. Shuningdek, mazkur adabiyotda “geosiyosat” iborasini birinchi marotaba birinchi jahon urushi davrida evropa davlatlarining Germaniya imperiyasi hukmronligi ostida birlashish tarafdori bo`lgan shved siyosatshunos olimi R.Chellen tomonidan ilgari surilganligi, keyinchalik esa “geosiyosat natsistlar tomnidan qurol qilib olinishi” va “uchinchi reyx”ning rasmiy ideologiyasi va siyosati bo`lib qolganligini aytilishi bilan bir qatorda urushdan keyingi davrda “geosiyosatning asosiy tamoyillari amerika siyosiy doiralari va nazariyotchilari tarafidan o`zlashtirilib” “bir qator AQSh reaktsion tashqi siyosiy doktrinalar asosini tashkil etganligi” aytiladi. 1988 yilda chop etilgan yana bir lug`atda “geosiyosat” (“grekcha “ge” er, mamlakat va “politika” davlat yoki jamoat ishlari) jamiyat hayotida jo`g`rofiy omillarni haddan ortiq asoslovchi burjuaziya siyosiy qarashlari; – deb ta`rif beriladi. Insoniyat jamiyati taraqqiyotining jo`g`rofiy holati va jo`g`rofiy sharoitlariga to`g`ridan to`g`ri tobe deb qaraluvchi geosiyosiy qarashlar mal`tuschilik, ijtimoiy darvinizm, irqlar tengsizligi, tabiiy chegaralar va hayotiy kenglikning etishmasligi va boshqa shu kabi g`oyalarni birlashtirishga qaratilib, imperializmning agressiv tashqi siyosatini mafkuraviy jihatdan asoslanishiga xizmat qiladi” deb aytiladi17. Sovet davrida chop etilgan adabiyotlarning barchasida geosiyosatning birinchi jahon urushi davrida paydo bo`lganligini, ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyada taraqqiy topishi, “Fashizmning rasmiy doktrinasi” va fashist geosiyosatchilari tomonidan tajovuz va “Olmon millatining hayotiy kengligi” kabi g`oyalarni keng targ`ib qilganliklari, ikkinchi jahon urushidan so`ng geosiyosat AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarga yoyilishi va bu davlatlarning jahon xukmronligiga da`vogarligini asoslab beruvchi “oqim”, “qarash”, “fan” deb izohlanadi. The World Book Encyclopedia qomusida “geosiyosat” jo`g`rofiy muhitdan kelib chiqqan holda jahon siyosati taraqqiyotini talqin etishga intiladi” deb ta`riflanadi. Mazkur nazariyaga binoan jahon sahnasida joyning kamligi dunyo mamlakatlarining yashab qolishlari uchun o`zaro kurash olib borishlariga asosiy sabab deb qaraladi. Geosiyosat jo`g`rofiy joy va tashqi siyosat o`rtasidagi aloqadorlikni ko`rsatishga intiladi... Geograflar, tarixchilar va siyosatshunoslar geografiyaning tashqi siyosatga ta`sirini o`rganadilar” deb izohlanadi18. Ko`pgina lug`atlarda “Geosiyosat” so`zini birinchi marotaba shved olimi R.Chellen ilgari surganligi aytib o`tiladi. Biroq, mazkur tushunchani “geosiyosat” deb altamagan bo`lsada, birinchi bo`lib Fridrix Ratsel` (1844-1904) ishlab chiqqan va amaliyotga kiritgan. F.Ratsel` o`z asarlarida “siyosiy geografiya” iborasini qo`llagan. Uning 1897 yilda chop etilgan ishlaridan biri ham aynan “Politishe geographe” deb nomlangan. Ratsel` o`zining “Siyosiy geografiya” asarida tuproqli halqlarning manfaatlarini tashkil etuvchi uni ifodalovchi asosiy manbaa sifatida ko`radi. Tarixning rivojlanishida tuproq va hudud asosiy o`rinni egallaydi degan fikrni ilgari surib, davlatni “tuproq ildiz otgan”, “tirik organizm” deb xulosa qiladi. Davlat hududiy relef va masshtabning xalq tarafidan mushohada qilinishi natijasida yuzaga keladi. Shunday qilib, “davlat tushunchasida jo`g`rofiy borliq va shu borliqning sub`ektiv umummilliy anglash natijasida siyosatda aks etishi namoyon bo`ladi. Ratsel` “tabiiy davlat” o`z ichida millatning jo`g`rofiy demografik va milliy madaniyat parometrlarini qamrab olganligini aytib o`tadi. Davlatlar o`z taraqqiyotining barcha davrida o`z zaminlari bilan bog`liqlarini saqlab qolish zaruriyatiga ega o`ziga xos organizm sifatida qaraladi va shu bois jo`g`rofiy etnografiya va tarixning shohidligicha davlatlar hududiy kengliklarda taraqqiy topib hudud bilan uzviy bog`lanadi va u bilan birlashib boradi, undan kuch quvvat oladi. Shunday qilib, davlatlar hududiy ko`rinish shakliga ega bo`ladi, hudud tarafidan boshqariladi va u tarafidan jonlantirilib turiladi va albatta bu jarayonlarni taqqoslash, o`rganish geografiya zimmasidadir. Davlatlar xayot ko`rinishlarining yuqori cho`qqisi bo`lib tajovuzning asosiy tarkibiy qismidir19. Ratsel`ning bunday “organistik” yondashuvidan ayon bo`ladiki, davlatning hududiy kengayishi (ekspansiyasi) tirik organimzlarning o`sishi, rivojlanishi singari tabiiy jarayon sifatida baholanadi. Yuqorida qayd etilganidek, “Geosiyosat” iborasini birinchi bo`lib shved olimi Rudol`f Chellen (186-1922) qo`llagan. U geografiya fanidan yiroq bo`lishiga qaramasdan, o`zini Rattsel`ning shogirdi, deb hisoblagan va geopolitikani politologiyaning bir qismi sifatida qaragan. Chellen geopolitikaga quyidagicha ta`rif beradi: Geosiyosat –davlatning hududida mujassamlashgan juhrofiy organizm haqidagi fan”. Chellen “geosiyosat” so`zidan tashqari siyosatshunoslikda o`rganilishi lozim bo`lgan yana 4 ta yangi so`zni qo`llaydi: Ekosiyosat- davlatning iqtisodiy qudratini tadqiq qilish; Demosiyosat – xalq tarafidan davlatga ta`sir etuvchi kuchlar rivoji; Sotsiosiyosat –davlatning ijtimoiy jihatini tadqiq qilish; Kratosiyosat – huquq va ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan mutanosiblikda xokimiyat va boshqaruv shakllarini o`rganish. Chellenning siyosatshunoslikka kiritgan bunday tasnifi bugungi kun halqaro huquq mezonlarida berilgan davlatning quyidagi uch element birikuvidan iboratligiga to`g`ri keladi. 1.Ma`lum hududga egaligi; 2.Mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholisi; 3.Hokimiyat idoralari. Biroq, Chellen tomonidan ilgari surilgan bu iboralar “geosiyosat” tushunchasidan tashqari politologiya doirasida o`z aksini topmadi. R.Chellen “Davlat hayot shakli sifatida” asarida Ratselning fikrlarini davom ettirdi va boyitdi. U Ratsel` kabi jamiyat va davlatga mexanistik yondashuvni rad etuvchi “organitsizm” g`oyalarini ilgari surdi. Bu qarashlar negizida “jonsiz ob`ekt” (fan)va insoniy sub`ektlar (arboblar)ga qat`iy bo`linishni rad etish orqali o`rganish ko`psilik geosiyosatning farqli tomonidir. Geosiyosat yo`nalishida qalam tebratgan yana bir yirik ingliz olimi Xelford Dj.Makkinderdir. (1861-1947) U Buyuk Britaniya tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlarining shakllanishidagi ishtiroki, shuningdek, jahon siyosiy tarixini o`ziga xos talqin qilganligi bilan mashxurdir. X.Makkinder g`oyalari xalqaro munosabatlarning yo`nalishiga jiddiy ta`mir etishga qodir bo`lgan va shu tufayli Angliya siyosatida oliy martabaga erishgan siyosiy arbobdir. Shu bilan birga, u dunyo siyosiy tarixini tadqiq va talqin etishda dadil va o`ziga xos inqilobiy yo`nalish yaratgan mashhur shaxs xisoblanadi. Geosiyosatga xos bo`lgan ilmiy jumboqni X.Makkinderning ilmiy asarlarida yaqqol kuzatish mumkin. Uning “Tarixning jo`g`rofiy o`qi” “Demokratik ideallar va voqeliklar” singari mashhur asarlarida eng muhim geosiyosiy g`oyalar bayon etilgan Shuni ta`kidlash kerakki X.Makkinder nafaqat siyosat olamida, balki ilmiy doiralarda ham yuqori mavqega ega bo`lishiga qaramay, uning g`oyalari ilmiy hamjamiyat tomonidan qabul qilinmagan. 1904 yilda “Jo`g`rofiy jurnal” da nashr etilgan “Tarixning jo`g`rofiy o`qi” maqolasi X.Makinderning dastlabki va eng yorqin chiqishi bo`lgan edi20. X.Makkinder bu maqolada keyingi barcha asarlarida rivojlantirilgan jo`g`rofiya va tarixga oid qarashlarini bayon qilgan. Mazkur maqolaning ilmiy qiymati shundaki, unda nafaqat “siyosiy geografiya” taraqqiyotining ilgarigi barcha yo`nalishlarida qo`lga kiritilgan ilmiy natijalar umumlashtirilishi bilan bir qatorda, mazkur fanning asosiy qonuni ham ishlab chiqilgan. X.Makkinder fikricha, eng qulay jo`g`rofiy makon bu o`rtalikdagi holat bo`lib, biror bir mintaqaning markazda joylashish davlat uchun har jihatdan foydalidir. “Markazda joylashganlik holati” nisbiy tushuncha bo`lib, vziyatga ko`ra o`zgarib turishi mumkin. Ammo sayyoraviy nuqtai nazardan dunyoning markazida evrosiyo mintaqasi, uning markazida esa “dunyoning yuragi”, ya`ni “heartland” joylashgan. U butun dunyoni nazorat qilish uchun eng qulay jo`g`rofiy plantsdarmdir. Heartland “dunyo oroli”ning (World Island) chegarasi ichida o`rin egallagan umummiqyosdagi asosiy hudud hisoblanadi. X.Makkinder “dunyo oroli”ni 3 mintaqa – Osiyo, Afrika va evropadan iborat deb bilgan. Shunday qilib X.Makkinder markazda to`planuvchi doiralar tizimini qo`llagan holda, umumsayyoraiy miqyosda hududlar ketma-ketligini belgilab uning markazida “tarixning jo`g`rofiy o`qi” yoki “o`q maydon”21 joylashganini asoslashga intildi. Ushbu geosiyosiy tushunchaga ko`ra erning geosiyosiy o`qi jo`g`rofiy nuqtai nazaridan Rossiya hududini anglatadi. Ana shu “o`q” ni tashkil etgan voqelik heartland ya`ni erning yuragi deb ataladi. Undan keyin esa “ichki yoki tashqi yarimoy” joylashgan22. Bu belbog` evrosiyo mintaqasining qirg`oq hududlariga to`g`ri keladiyu X.Makinder fikriga ko`ra, “ichki yarimoy” tsivilizatsiya rivojining ancha tezkor qismini tashkil etadi. Bu esa tsivilizatsiyalarning dengil va daryolar sohillarida paydo bo`lganligi to`g`risidagi “potamik nazariya”ga mos keladi. Ushbu nazariya barcha geosiyosiy yondashuvlarning o`zagi hisoblanadi. Suv va quruqlikning kesishishi nuqtasi davlat va xalqlar tarixida muhim omil hisoblanadi. Bunday qarashlar tizimi K.Shmitt va N.Spaykmen tomonidan ilgari surilgan bo`lsada, ushbu muammoni birinchilardan bo`lib tadqiq etgan olim aynan X.Makkinder hisoblanadi. U “Demokratik ideallar va voqelik” asaridada bundan keyin yanada kengroq doira “tashki yoki orliy yarim oy” boshlanishini ta`kidlaydi. Bu hudud Dunyo oroli (World Island)ning uruqlikdagi qismiga nisbatan (jo`g`rofiy va madaniy jihatdan) butunlay tashqarida joylashgan. X.Makkinder fikricha, tarixiy taraqqiyot jarayoni sabab-oqibat tamoyiliga asoslangan holda quyidagicha kechgan: Heartlandning markazidan uning qirg`oqlariga “quruqlik bosqinchi”lar muntazam ravishda hujum qilib turgan. Bu hol XIII asrda mo`g`ul bosqini davrida ayniqsa yaqqol ko`zga tashlangan. Biroq ulardan oldin skiflar, xunlar hamda alanlar tomonidan ham xuddi shunday xurujlar amalga oshirilgan. X.Makkinderning ta`kidlashicha “tarixning jo`g`rofiy o`qi” da joylashgan tamaddunlar heartlandning ichki hududlaridagi “avtoritar” siyosiy hokimiyatga ega bo`lgan “nodemokratik” hamda “savdoga asoslanmagan” jamiyatlardan iborat bo`lgan. Bunday tamaddunlar dastlab Qadimgi Rim yoki Spartasi singari jamiyatlar mujassamlashgan. Tashqaridan, “Orol yarim oyi” mintaqalaridagi “dengiz bosqinchilari” yoki “orolliklar” tomnidan “dunyo oroli”ga hujum bo`lib turgan. Ular evroosiyodan tashqaridagi markazlardan kelib chiqqan mustamlakachi bo`lib, mintaqaning ichki sarhadlaridan kelgan kuchlarni engib, dengiz va quruqlik kuchlari o`rtasida muvozanatni ta`minlashga intilgan “savdo-sotiq” va “demokratik” siyosiy tizim esa “tashqi yarim oy” tamaddunlar xos xususiyatdir. Qadimda Afina davlati yoki Karfagen ana shunday xususiyatlari bilan ajralib turgan. Ikki qutbni egallagan ushbu tamadduniy-jo`g`rofiy majmua oralig`ida “ichki yarim oy” hududi joylashgan. U ikki yoqlamali hamda doimiy ravishda bir-biriga zid bo`lgan madaniyatlar ta`sirida qolgani tufayli harakatchan bo`lgan va shu sababli tamaddunning eng taraqqiy topgan hududiga aylangan. Tarixning jo`g`rofiy o`qi maqolasida X.Makinder evrosiyoning marakaziy quruqlik qismi bilan qirg`oqdagi davlatlar o`rtasida joylashgan mamlakatlarni misol tariqasida keltirish mumkinligini yozadi. X.Makkinder fikricha, tarixiy jarayon jo`g`rofiy nuqtai nazardan mintaqaviy o`q atrofida kechadi. Bu jarayon “ichki yarim oy” hududlarida yaqqol namoyon bo`ladi heartlandda “harakatsiz” arxaizm, “tashqi yarim oy”da esa qandaydir tamadduniy tartibsizlik hukm suradi. X.Makkinder o`z manfaatlarini anglosakson orol dunyosi, ya`ni “tashqi yarim oy” hududining manfaatlari mushtarak deb hisoblagan. “Dunyo oroli” geosiyosiy jihatdan shundady yo`nalishga ega bo`ladiki, bundda heartlandning nihoyatda zaiflashgani holda “tashqi yarim oy”ning “ichki yarim oy”ga ko`rsatadigan ta`siri kengayib boradi. “X.Makinder “Tarixning jo`g`rofiy o`qi”ning butun dunyo siyosatidagi strategik ustuvorligini ta`kidlab, quyidagi muhim qonunni kashf etadi. U 1919 yilda N`yu Yorkda nashr etilgan”Demokratik ideallar va voqelik” asarida “Kimki Sharqiy evropani nazorat qilsa, heartlandga ustunlik qiladi; kim heartlandda ustunlik qilsa “dunyo oroli”ga ustunlik qiladi; kimki “dunyo oroli”ga ustunlik qilsa u dunyo miqyosidagi ustunlikka erishadi”, deb yozgan edi. Siyosiy nuqtai nazardan qaraganda bu hol Rossiyaning strategik etakchiligini tan olishni anglatar edi. X.Makkinder “Tarixning jo`g`rofiy o`qi” maqolasida bu haqda shunday deb yozadi: “Germaniyaning evropadagi o`rni qanday bo`lsa Rossiya butun dunyo miqyosida xuddi shunday markaziy strategik mavqeini egallaydi. U har tarafdan hamla qilishi va ayni vaqtda o`zi ham shimoldan tashqari barcha tarafdan hujumga duch kelishi mumkin. Ana shu fikrlarga tayangan holda X.Makkinder anglosakson geosiyosatining bosh vazifasi “tarixning jo`g`rofiy o`qi”, ya`ni Rossiya atrofida mintaqaviy strategik ittifoq tashkil topishiga yo`l qo`ymaslik deb hisoblagan. Demak, “tashqi yarim oy” kuchlarining strategiyasi heartland dan imkon qadar ko`p miqdorda sohilli hududlarni tortib olish va ularni “orol tsivilizatsiya”si ta`siri ostiga kiritishdan iborat. Uning nazarida “Kuchlar muvozanatining o`q davlat (Rossiya) tomon o`zgarishi, uning evrosiyo atrof hududlarini istilo qilishi bilan barobar ro`y berib, mintaqaning ulkan zahiralaridan foydalangan holda kudratli dengiz floti yaratish imkonini berdi bunday vaziyatda u dunyo saltanati darajasiga etishi mumkinligi ham extimoldan holi emas. Rossiya Germaniya bilan birlashgan taqdirda ana shunday vaziyat vujudga kelishi mumkin. E`tiborli jihati shundaki, X.Makkinder faqatgina nazariy taxminlarni ilgari surish bilan cheklanib qolmadi. Balki Antantani qo`llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan “oq harakat” ni tashkil etishda ham faol ishtirok etdi. Unnig fikriga ko`ra harakat nemislarga xayrixoh bo`lgan evrosiyochi-sho`rolar qudratini zaiflashtirishga yo`naltirilgan jarayon bo`lishi kerak edi. X.Makkinder Angliya hukumatidan imkon qadar ko`proq madad olishga harakat qilgani holda shaxsan o`zi “oq harakat” rahbarlariga yo`l-yo`riq va maslahat bergan. X.Makkinder faol ishtirok etgan Versal` shartnomasining asosiy mazmunida uning geosiyosiy qarashlari singdirilgan. Bu shartnoma g`arbiy evropa anglosakson dunyosi uchun qirg`oq bazasi bo`lib qolajagini mustahkamlash uchun tuzilgan edi. Shu bilan birga X.Makkinder nemislar va slavyanlarni bir-biridan ajratib turuvchi chegaraviy davlatlar tuzilishini ham nazarda tutadi. Bunday oraliq davlatlar nemislar va slavyanlar o`rtasida o`ziga xos chegara vazifasini o`taydi va demakki “demokratiya” uchun xatarli bo`lgan mintaqaviy strategik ittifoq tuzilishiga imkon bermaydi. Shuni ta`kidlash kerakki, X.Makkinder asarlarida heartland jo`g`rofiy chegaralarini tadrijiy taraqqyotini ham kuzatish mumkin. Agar 1904 va 1919 yillarda heartland ning tashqi ko`rinishi umumiy belgilarga ko`ra rossiya imperiyasi chegaralari, keyinchalik esa SSSR chegaralariga mos kelgan bo`lsa, 40 yillarda X.Makkinder o`zining oldingi qarashlari qayta ko`rib chiqadi va “Tarixning geografik o`qi” (1904) maqolasi hamda “Demokratik ideallar va voqelik” kitobida (1919) sho`rolarning enisey ortida joylashgan Sharqiy Sibir hududlarini heartlanddan chiqarib tashlaydi. 1943 yilda chop etilgan “Aylana sayyora va tinchlikni zabt etish” asarida u deyarli aholisiz bo`lgan sho`ro hududlarini Lena daryosi nomidan kelib chiqqan holda “Lenaland Rossiyasi” deb ataydi: Heartland da Rossiyaning 9 million aholisi bor, 5 millioni Irkutsdan Vladivostokgacha bo`lgan mintaqalararo temir yo`l hududida yashaydi, Qolgan hududlarda har 8 km kvadratga bir kishidan kam aholi to`g`ri keladi. Bu erning tabiiy boyliklari yog`och, minerallar bo`lib, ularga umuman qo`l urilmagan. Lenalandning Heartland chegaralaridan chiqarilishi uni ichki yarim oy” hududi sifatida qabul qilinishi imkoniyatini, ya`ni “orol davlatlari” tomonidan “tarixning jo`g`rofiy o`qi” ga qarshi jangda qo`llaniladigan qirg`oq hududi sifatida foydalanish mumkinligini anglatardi. “Oq harakat” va Antanta harakatini tashkil etishda faol ishtirok etgan. X.Makkinder aftidan Kolchakning evrosiyo markaziga qarshi chiqishini “tashqi yarim oy” hududlariga nisbatan bo`lajak hujum sifatida talqin qilgan. Shu tufayli uning nazorati ostida bo`lgan hududlarni ehtimoldagi “qirg`oq hududlari” sifatida qabul qilish uchun etarli asos deb hisoblagan. 1 Рацель Ф. Человечество как жизненное явление на земле. –М.: А.ГРАФ, 1951. –112 с.; Мэхен Л.Т. Влияние морский силы на историю. 1660-1783. –М.:А.ГРАФ, 1991. –223 с.; Гейден Г.Критика немецкой геополитики. –М.: Прогресс, 1960. –342с. ва бошқалар. 2 Хантингтон С. Столкновение Цивилизаций –М.: Полис.-1994. –235с. de la Bnanche V. La Geograhie Humaine. –-Paris: P.A.Collin. –1921. –89 p.; Schmidt H.Eini Strategie fur den Westen. –Bonn, 1985. –72 s; Гумилев Л.И. Древняя Русь и Великая степь. –М.: Прогресс. 1989. –213с. ва бошқалар. 3 .Аристотель. Политика. ВКН. –Мыслители Греции. От мифа к логике. –М.: Экмо-экспресс, 1999. –С.481. 4 .Ўша ерда –С.482. 5 Абу Наср Форобий. Маънавият юлдузлари. –Т.: А.Қодирий номидаги Халқ нашриёти 1999. –Б.400. 6Монтескье Ш.Л. Избранные произведения. –М.: АСТ, 1995. –С.352. 6 Тихонравов Ю.В. Геополитика. Учебное пособие. –М.: Бизнес школа интел-Синтез, 1998. –С.56. 7 Савицкий П.Н. Географические и геополитическое основы евразийства элементы. // Еврозийское образование. –М. –№3. –С.51. 8 Савицкий П.Н. Географические и геополитическое основы евразийства элементы. // Еврозийское образование. –М. –№3. –С.54. 9 Политическая и военная география. Учебное пособие для курсантов высших военно-политических училиў советской Армии Военно-Морского флото. –М.:Воениздат МОССС, 1974. –С.14. 10 Хантингтон С. Столкновение цивилизаций. –М.: Полис, 1994. –С.25. 11 Fukuyama F. Hafinde J`histoire et le derneyer hme. Flamarrion. –N.Y., 1992. –P.451. 17Нартов М.А. Геополитика. Учебник для Вузов. –М.: ЮНИТИ, 1999. –С.359. 18Хантингтон С. Столкновение цивилизаций. –М.: Полис, 1994. –С.35. 12 Хантингтон С. Столкновение Цивилизаций. –М.: Полис, 1994. –С.235. 13 Халқаро муносабатлар (геосиёсат, дипломатия, хавфсизлик). –Т.:Академия, –2006. –Б.18. 22 Ўша жойда. –Б.18. 14 Словарь иностранных слов. –М.: ОГИЗ. Гос. Изд-во иностранных и национальных словарей, 1941. –С.149. 15 Полтарак А.И.ва Савинский Л.И. Вооруженные конфликты и международное право. Основные проблемы. –М.: Наука, 1996. –С.16. 16 Дипломатический словарь в 3-хт. Т.1. –М.: Наука, 1985.–С.253. 17 Краткий политический словарь. –М.: Политической литературы, 1988. –С.83. 18 The World Book Encyclopedia. –Vol.8. – Chicago, 1994. –P.106-107. 19 Ratcel F. Politishe Geographiie. –Berlin.: Einleitung, 1887. –S.78. 20 Makinder H. Geographical Pivot of History. In Geographical jurnal. –1904. // Перевод с анг. Элементы. Евразийское обозрение. –1996. –№7. –С.26-31. 21 Макиндер асарида “pivot arca” деб аталган. 22 Макиндер асарида “inter of marginal crescent” деб аталган. Download 30.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling