1. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining mohiyati
Download 54.34 Kb.
|
Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot
Demografik muammo.Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko‘payishiga sabab bo‘layotgan aholining nazoratsiz o‘sishi qayd etiladi. Ayrim mutaxassislarning baholashlariga ko‘ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar Erda faqat bir milliardga yaqin kishi («oltin milliard») munosib hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar ko‘paydi va bugungi kunda 6 milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o‘sish sur’atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko‘payish 700 yil ichida, ikkinchisi – 150 yil ichida, uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki,, XX asrning birinchi o‘n yilligida Er yuzida jami bir milliard, 1956 yil Erda 2,8 milliard , 1985 yilda 5 milliard aholi yashagan bo‘lsa XXI asrning 2015 yilida er yuzida yashovchi aholiningumumiy soni 7,5 millarddan oshib ketdi. Futurologlarnnig fikricha 2050 yilda er da 15 millarddan ortiq aholining yashashi bashorat qilinmoqda.
XX asrda er kurrasi aholisining «demografik portlash» deb nomlangan mislsiz darajada o‘sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bo‘ldi. Bu avvalo rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo‘lib, ularga jahon aholisi o‘sishining o‘ndan to‘qqiz qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bu erdagi vaziyat rivojlangan mamlakatlarga XX asr boshidayoq xos bo‘lgan o‘lim darajasining yuqoriligi va butun insoniyatga XVIII asrga xos bo‘lgan tug‘ilish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda mehnat unumdorligi darajasi va aholi jon boshiga olinadigan daromad miqdoriga, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorlik darajasi va qishloq xo‘jaligining samaradorligiga, aholining savodxonlik darajasi va umumiy madaniy saviyasiga ko‘ra bu mamlakatlar xalqlarining aksariyati hali XIX asrda yashamoqda. Download 54.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling