1. Gohida miyamga shunday fikrlar keladiki, yaxshisi ular to„g„risida hech kimga gapirmagan ma‟qul
Download 82.91 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Gohida miyamga shunday fikrlar keladiki, yaxshisi ular to„g„risida hech kimga gapirmagan ma‟qul. 2. Ichimning buzilishi kam uchraydigan holat. 3. Vaqti – vaqti bilan menda nazorat qilib bo„lmaydigan kulgi va yig„i holati ro„y beradi. 4. Gohida so„kingim keladi. 5. Ko„pincha boshim og„rib turadi. 6. Ba‟zan yolg„on gapirishim shart. 7. Haftada bir marta yoki ko„proq sababsiz tanam qizib ketadi. 8. Gohida gazetadagi eng qiziq maqolani payqamasligim mumkin. 9. Ba‟zan jahlim tez chiqib ketadi. 10. Hozirgi hayotimda ba‟zi narsalarga erishish mumkinligiga ishonmayman. 11. Gohida bugun qilishim kerak bo„lgan ishni ertaga qoldirishim mumkin. 12. Barcha yig„ilish va jamoat tashkiliy ishlarda bajonudil qatnashaman. 13. O„zim bilan o„zim kurashishim menda qiyin kechadi. 14. Muskullarimning uvishib-tortishib qolish holatlari menda kam uchraydi. 15. O„zimni noxush sezganimda asabiylasha boshlayman. 16. Men bilan ertaga nima yuz berishi meni kam qiziqtiradi. 17. Mehmondorchilikda stol atrofida uydagiga qaraganda o„zimni yaxshi tutaman. 18. Agar jarima kerak bo„lmasa, yaqin o„rtada mashina ko„rinmasa, ko„chani ta‟qiqlangan yeridan o„taman. 19. Mening oilaviy hayotim ko„pchilik tanishlarimnikidan yaxshi deb hisoblayman. 20. Gohida o„zimga yoki kimgadir zarar yetkazgim kelgan paytlar bo„lgan. 21. Bolaligimdagi o„rtoqlarimning hammasi bir – biri uchun javobgarlikni sezishadi. 22. O„yinda doim yutish tarafdoriman. 23. Bir qancha ketma – ket asabbuzarliklardan so„ng o„zimni birmuncha yaxshi his qilayapman. 24. Og„irligim me‟yorida (ozib ham, semirib ham ketganim yo„q). 25. Tanishlarim orasida obro„li kishilarning borligidan g„ururlanaman. 26. Yaqinlarim orasida qonunni buzish natijasida noxushliklar bo„lmaganida men ancha xotirjam bo„lardim. 27. Ongimda qandaydir tushunib bo„lmaydigan salbiy holatlar yuz berayapti. 28. Meni qarshi jins vakillari bilan o„zaro munosabat muammolari qiynayapti. 29. Biror narsa to„g„risida gapirayotganimda qo„llarim qaltirayotganini sezaman. 30. Qo„llarim har doimgidan chaqqon va uddaburon. 31. Tanishlarim orasida menga yoqmaydiganlari ham bor. 32. Men o„zimni mahkum etilgan odam deb bilaman. 33. Kimdandir yoki qaerdandir biror narsani olib chiqib ketishdan o„zimni tiya olmagan holatlarim bo„lgan. 34. Gohida kim bilandir “gap sotgim” keladi. 35. Ba‟zan shunday tushlar ko„ramanki, ular to„g„risida hech kimga gapirmagan ma‟qul. 36. Ba‟zi bir muammolarni yechayotganda yaxshilab o„ylab ko„rmasdan boshqalarning fikriga qo„shilgan paytlarim bo„lgan. 37. Maktabda men boshqalarga nisbatan sustroq o„zlashtirar edim. 38. Umuman olganda, meni tashqi ko„rinishim o„zimni qoniqtiradi. 39. Men o„zimga ishonaman. 40. Haftada bir yoki o„ndan ko„proq asabiy va tashvishlangan holatda yuraman. 41. Menga kimdir mening o„y – xayollarimni boshqarayotgandek tuyuladi. 42. Menimcha, har kuni hayron qolarli darajada suv ichaman. 43. Gohida yoqimsiz va noo„rin voqealar menda kuchli kulgi tug„diradi. 44. Bir o„zim qolsam, mendan baxtli odam yo„qdek tuyuladi. 45. Kimdir mening ongimga ta‟sir etayotgandek tuyuladi. 46. Menga Anderson ertaklari juda yoqadi. 47. Ko„pchilik orasida ham o„zimni yolg„iz sezgan paytlarim bo„lgan. 48. Gohida miyamga shunday fikrlar keladiki, yaxshisi ular to„g„risida hech kim bilmagani ma‟qul. 49. Meni dovdiratib qo„yish oson. 50. Odamlarning ichida sabrim tez tugaydi. 51. Ko„pincha o„lgim keladi. 52. Gohida boshlagan ishimni eplolmayapman deb o„ylab, tashlab ketgan paytlarim bo„lgan. 53. Menimcha, har kuni meni tashvishlantiradigan biror voqea bo„ladi. 54. Diniy qarashlarga befarqman, ular meni qiziqtirmaydi. 55. Yomon kayfiyat menda kam uchraydigan holat. 56. Qilgan ishlarim uchun qattiq jazo chorasiga loyiqman. 57. Menda g„ayritabiiy kechinmalar bo„lib turadi. 58. Mening aqida va qarashlarim o„zgargan. 59. Tashvishlarim ko„pligidan uyqumni yo„qotgan paytlarim bo„lgan. 60.Men o„zimni tez qo„zg„aluvchan va asabiy deb hisoblayman. 61. Hid bilishim boshqalarnikidan kam emas. 62. Hamma narsa menda boshqalarnikiga nisbatan yomon bo„ladi. 63. Ko„pincha og„zim qurishini sezaman. 64. Ko„p vaqt o„zimni charchagan his qilaman. 65. Gohida kuchli asab toliqishiga yaqinligimni sezaman. 66. Qo„ygan narsalarimning joyini esimdan chiqarib qo„yishim asabimga tegadi. 67. Kiyinishimga katta e‟tibor qarataman. 68. Sevgi to„g„risidagi romandan ko„ra g„aroyib voqelarga to„la romanni o„qishni yoqtiraman. 69. Har qanaqa yashash sharoitining o„zgarishi, ish, o„qish joyining o„zgarishi, hayotdagi yangi burilishlarga ko„nikishim qiyin. 70. Menga nisbatan doim nohaq munosabatda bo„ladi, deb hisoblayman. 71. Ko„pincha o„zimni nohaq ayblangandek his qilaman. 72. Mening fikrim ko„pincha atrofdagilarning fikri bilan to„g„ri kelmaydi. 73. Ba‟zan hayotdan shunday to„yib ketamanki, bu dunyoda yashagim kelmaydi. 74. Boshqalarga nisbatan menga ko„p e‟tibor berishadi. 75. Azbaroyi siqilganimdan boshim ko„p og„riydi. 76. Ko„pincha hech kimni ko„rgim kelmaydigan holatlar menda uchrab turadi. 77. Belgilangan vaqtda uyg„onishim qiyin. 78. Mening omadsizliklarimga kimdir sababchi bo„lsa, uni jazosiz qoldirmayman. 79. Yoshligimda ham qaysar va tez qo„zg„aluvchan bo„lganman. 80. Ba‟zi qarindoshlarim nevropatolog va psixiatrda davolanishayotganini bilib qolganman. 81. Ba‟zan tinchlantiruvchi dori vaksinalarini iste‟mol qilaman. 82. Sudlangan qarindoshlaringiz bormi? 83. Militsiyaga tushganmisiz? 84.Maktabda ikkinchi yilga qoldirilganmisiz? Download 82.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling