1. G'oyalar xilma-xilligi Demoktratiya va milliy g'oya
Download 27.44 Kb.
|
milliy g'oya 3
2-savolga
Milliy g‘oya va yoshlar. Har qanday millatning taraqqiyoti jamiyatdagi yoshlar qatlamining milily g‘oya va qadriyatlarga munosabati, uning yoshlar ongiga qanday tasir etayotganligiga hamda amaliy faoliyatlariga qanday tarzda tayanishlariga bog‘liq. Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan-avlodlarga o‘tib, asrlar davomida ezozlanib kelayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’aviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, tabir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid – maqsadlarini o‘imizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunda keng ma oli tushunchaning mazmu-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lardi. Yoshlar respublikamiz aholisining yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Shuningdek, yoshlarning milliy g‘oyani anglashi ishonch va etiqodiga aylanishi, qanday yangi qadriyatlar shakllantirilganligi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Chunki milliy g‘oyabir tomondan, yoshlarni o‘zining obyekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar milliy g‘oyaning ilg‘or rivojlantiruvchilari va kelajak avlodga yetkazuvchilari hisoblanadilar. Uchinchidan, yoshlar qanchalik milliy g‘oya bilan qurollangan va uni anglab olgan bo‘lsa, jamiyat shunchalik taraqqiyotga erishadi. Bu holat milliy g‘oya va yoshlarning o‘zaro bog‘liqligini belgilaydi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, milliy g‘oya qanchalik mazmunli, har bir kishining uzoqda mo‘ljallangan maqsad va manfaatlari, pirovardida esa, millatning istiqbolini belgilashga xizmat qiladigan bo‘lsa, uni yoshlar shunchalik tez qabul qiladi va unga nisbatan o‘zining ijobiy munosabati shakllanadi. Demak, jamiyat milliy mafkura orqali yoshlarga qanday g‘oya va fikrlarni taklif etsa, shunga mos ravishda g‘oyaviy chiniqqan, vatanparvar, zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarga ega bo‘ladi. Eng muhimi shundaki, har bir jamiyatda qanday maqsadda bo‘lmasin yangi g‘oya va konsepsiyalarga nisbatan yoshlar o‘z munosabatini bildiradi va aholining boshqa qatlamiga nisbatan tezroq qabul qiladi. Chunki yoshlar faziologik va psixologik jihatdan hali shakllanish bosqichida bo‘lgani uchun ularda yangiliklarga nisbatan qiziqish kuchli bo‘ladi va uni e iqodiga aylantirish ehtiyoji katta bo‘ladi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarining ijtimoiy-ruhiy va boshqa jihatlariga ko‘ra salbiy hodisalarga tez beriluvchanlik, jamiyatdagi o‘zgaruvchan sharoitga moslashish qobiliyatining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Ular jamiyatning shunday ijtimoiy guruhiga mansubki, ular o‘tkir hissiy bilish qobiliyatiga ega bo‘lib, so‘z bilan amaliyotning nomutanosibligi holatlarini kuchliroq sezadilar. Kattalar uchun odatiy bo‘lgan ayrim «adolatsizlik»lar yoshlarning hali to‘liq shakllanmagan ongiga, dunyoqarashiga kuchli yetkazishi mumkin. Shuning uchun hozirgi kunda yoshlar orasida milily g‘oya, milliy g‘urur va or-nomus bilan bog‘liq ma’aviy-ruhiy xolatlar muhim ahamiyatga ega. Yoshlarning oldida haqiqatni aytishdan cho‘chimaslik, soxtakorlikdan qochish, mavjud qiyinchiliklar, muammolarni ochiq-oydin bayon etish lozim. Ayni paytda, davlatimiz rahbariyati olib borayotgan ijobiy ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish uchun olib borilayotgan say harakatlari va erishilayotgan amaliy natijalar xususida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishga alohida e ibor berish yoshlarning jamiyatimiz, davlatimiz, mustaqilligimizga bo‘lgan ishonch-e iqodini mustahkamlash olimlarimiz, peshqadam ziyolilarimiz, ma uchilarimiz, mafkuraviy ishlar bilan shug‘ullanuvchi barcha targ‘ibot-tashviqotchilarning birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Milliy g‘oyaning yoshlarni safarbar etish, ilhomlantirish, buyuk kelajak sari chorlash uchun ahamiyati, talim va tarbiyada tutgan o‘rni va roli uning hayot haqiqatlariga, real borliqqa, xalq turmushiga qanchalik mos va muvofiqligiga qarab belgilanadi. Hayot haqiqatlariga mos kelmaydigan, real voqelikdan, borliqdan, xalq hayotidan, kundalik turmushdan ajralib qolgan suhbatlar, ma uzalar, muloqotlar, uchrashuvlar qanchalik jozibador, obro‘li bo‘lmasin, baribir, uning amaliy samarasi bo‘lmaydi. Yoshlarning ko‘z o‘ngida, qalbida turgan muammolarni o‘zida aks ettirmagan, uni qiziqtirib kelayotgan savollarga yetarli darajada javob bermaydigan, odamlarning yuragiga jiz etib tasir ko‘rsatmaydigan muloqotlar, mafkuraviy ishlar naf emas, uning obrusini tushiradi, bunday uchrashuvlarga yoshlar ishonmaydi, ixlos ko‘ymadi. Yoshlarda haqiqatga moyillik yuqori bo‘la olmaslik, ko‘z bo‘yamachilik, so‘z bilan amaliyoti boshqa bo‘lmaganlardan jirkanadi, nafratlanuvchi ruhiyati kuchli bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 fevralda «Yoshlar yili» Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarori elon qilindi. Qarorda «Yoshlar yili»da 9 ta yo‘nalishda amalga oshirildi. 1991 yilning 20 noyabrida «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun bosh islohotchi bo‘lgan davlatning yoshlar masalasiga doir asosiy strategik yo‘nalishlardagi faoliyatini izchil va tizimli ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirishga imkoniyat yaratib berdi. Yoshlarning bilim darajasi, kasbiy malakasi, ma’aviy va ruhiy barkamollik kabi fazilatlari va ijtimoi sifatlari butun jamiyatning rivojlanish darajasiga salmoqli tasir ko‘rsatmoqda. Bunday tamoyillar yoshlarning alohida ijtimoiy demografik qatlam sifatida siyosatning faol subyektiga aylanib borayotganini bildiradi. Yosh avlodga bo‘lgan munosabatdagi tub o‘zgarishlarni Prezidentimiz quyidagicha baholaydi: yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e iborlarni talab qiladi. Bugun yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va mavqeini yanada yuksaltirish o‘ta muhim masaladir. Shu boisdan ham hozirgi davrda ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning muammolarini o‘rganish va shu asosda ularning yechimini topishiga bo‘lgan ehtiyojlar tobora ortib bormoqda. Yoshlarga oid davlat siyosati haqidagi qonunda yoshlar siyosatini amalga oshirish har bir insonning burchi ekaniga, bu borada millati, irqi, tili, dini, jinsi, malumoti, ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar, davlat tomonidan yoshlarning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e ibor qaratildi. Mazkur qonunning yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, unda yoshlarimizning puxta bilim olishi bilan bir qatorida xalqaro maydondagi faolligi va ishtirokini taminlash, shuningdek, voyaga yetmagan, boquvchisini yo‘qotgan, yosh hamda ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muhofaza qilish, istedodli yoshlar orasidan alohida yorqin iqtidor egasi bo‘lganlarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar aniq belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Konstitusiyamizning 17 yilligiga bag‘ishlangan ma uzasida shunday degan edi, «Bugun hech kimga sir emaski, biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o‘z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa – bunday davlat jahon taraqqiyoti yo‘lidan chetda qolib ketishi muqarrar» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 mayda «Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Bu farmonda yosh oilalarga davlat tomonidan moddiy va ma’naviy yordam berish, ularga ayrim yengillliklar yaratish ko‘zda tutildi. Ushbu farmonda quyidagi holatlar takidlab o‘tildi: yosh oila toifasiga 30 yoshdan oshmagan (14-30 yoshdagi fuqarolarga taaluqli) yoshlar kiradi. 1. Yosh oila azolarini ishga joylashtirish. 2. Uy sotib olishda ularni qo‘llab-quvvatlash, ularga mikrokreditlar ajratish. 3. Ularga imtiyozli ravishda qoramollar sotish asosida mehnat bilan bandligini taminlash. 4. Yosh oilalarni ma’naviy, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash. 5. Nikohdan o‘tish va to‘y marosimlarida yoshlarga davlat tomonidan moddiy yordam berish. 6. Ish haqi va boshqa daromatlarga solinadigan soliq va to‘lovlar bo‘yicha ularga yetgilliklar berish. 7. 2007 yil 1 sentabridan boshlab davlat tasarrufidagi vaqtincha foydalanilayotgan yotoqxonalarni yosh oilalarga ajratish uchun uy-joylar, ko‘p xonadonli uylardagi bo‘sh turgan xonalar negizida oilaviy yotoqxonalar va yosh oilalar uchun imtiyozli narxlarda ijraga beriladigan kvartiralar tashkil etish kabi masalalarga alohida urg‘u berildi»[3]2008 yil mamlakatimizda «Yoshlar yili» deb elon qilinib, yoshlarning manfaatlarini yanada to‘liq taminlash, ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy baza takomillashtirildi. O‘tgan davr mobaynida bu yo‘nalish bo‘yicha Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan 13 ta qaror, 1 ta farmoyish qabul qilindi va 2 ta qonun loyihasi ko‘rildi va qabul qilindi. Hududlardagi yosh oilalar uchun uy-joy qurish ishlariga 46 millard so‘mlik kredit ajratilib, 15 ta ko‘pqavatli uy foydalanishga topshirildi va 530 ta yosh oola alohida kvartiraga ega bo‘ldi[4]A) Barkamollik – kamolot, bolag‘atga erishgan, bekamu ko‘st, mukammal, komil ma ifatli kishilarga nisbatan qo‘llanadigan tushuncha. U insonning aqliy, ma’naviy, axloqiy jihatdan yetukligi, o‘zi tanlagan kasb-hunarning ustasi bo‘lishi, shaxs sifatida shakllanib, Vaktan taraqqiyoti, el-urt farovonlgi uchun jon kuydirishi, ezgu g‘oya va niyatlar bilan bunyodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lishni ham anglatadi. Barkamol inson boshqalarga o‘rnak bo‘ladi, ularni o‘z ortidan ergashtiradi. Bunday insonlar qancha ko‘p bo‘lsa, jamiyat shuncha barkamol bo‘ladi, ilm-fan, madaniyat rivoj topadi. Barkamollik, vatanparvarlik, jasorat, himmat, qatiyat, iroda mustahkamligi kabi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan tushunchadir[5]Barkamol avlod deganda biz avvalo shuni aytishimiz kerakki, bu tushunchaning o‘zi keng qamrovli serqirra tushuncha hisoblanadi. Barkamol inson tushunchasi – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsada, mohiyatan ularning hammasi inson axloq va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo‘lgan munosabatlaridan tortib toki oilaga, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Yuqorida aytganimizdiyek ular mohiyatan birdek tushunchalar. Insonni to‘g‘rilikka, halollikka, poklikka, Vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va quyingki yuksak axloqlikka yo‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Buyuk kelajak barkamol avlodga tayangandagina yaratiladi, qad ko‘taradi. Boshqacha aytganda barkamol avlodgina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun barkamol avlodni, sog‘lom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada Yurtboshimizning quyidagi sabog‘i ibratlidir. «Biz sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlik bashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz. Barkamol avlod xalq taqdiri va farovonligi, Vatan taqdirini o‘ylaydilar. Sog‘lom deganda biz faqatgina jismonan baquvvat farzandlarimizni emas balki ma’naviy boy avlodni aqliy rivojlangan, axloqiy pok, ma ifatli farzandlarni avlodni tushunishimiz kerak. Barkamol avlod tarbiyasi tushunchasi. Barkamol avlod tarbiya tushunchasi falsayi, siyosiy mano va mazmunga ega bo‘lib, u siyosatning asosiy elementlari, avvalo, siyosiy, ijtimoiy institutlararo munosabatlar va jarayonlardagi tub islohotlarni o‘z ichiga oladi.
Download 27.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling