1. Gulli o’simliklar va o’simliklarni hayotiy shakllari. Ikki yillik o’simliklarlarga qaysi o’simliklar kiradi?


Diduragay irsiylanishi bo’yicha oraliq


Download 0.61 Mb.
bet34/48
Sana17.09.2020
Hajmi0.61 Mb.
#129973
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
Bog'liq
umumiy test @Biologiya

Diduragay irsiylanishi bo’yicha oraliq

irsiylanishga oid masalalar .
1-masala.

Nigohdagi ayolning ko’zi katta va qo’y ko’z.Erkakning ko’zi kichik va havorangli.Ularning ikki farzandidan birining ko’zi o’rtacha kattalikda bo’lib ,rangi qo’y ko’z ikkinchisining ko’zi kichik, havorang .Erkak va ayol,ularning farzandlarining genotipini aniqlang.

2-masala.

Og’izi o’rtacha kattalikda,ko’z oralig’i ham o’rtacha bo’lgan erkak va ayoldan tug’ulgan birinchi farzandning og’zi katta,ko’z oralig’i yaqin bo’ldi. Ikkinchi va boshqa farzandlarning ko’z oralig’i, og’iz kattaligi qanday bo’ladi ?

3-masala

Ko’zi katta,labi do’rdaygan ayoldan, ko’zi kichik, labi yupqa erkak nikohidan labi o’rtacha qalinlikda,ko’zi o’rtacha kattalikda bo’lgan farzand tug’uldi .Ota-ona va farzandlarining genotipi qanday bo’ladi ?

4-masala.

Normal kiprikli,qalin labli erkak va uzun kiprikli, yupqa labli ayoldan tug’ulgan birinchi farzand uzun kiprikli ,qalin labli bo’ldi,keyingi farzandlar orasida uzun kiprikli yupqa labli , normal kiprikli ,yupqa labli farzandlar tug’ulishi mumkunmi ?

5-masala.

Polidaktiliya, jingalak sochli yigit bilan, barmoqlar soni normal,sochi to’lqinsimon bo’lgan qiz nigohidan polidaktiliya jingalak sochli farzand tug’uldi . Keyingi farzandning normal barmoqli to’lqinsimon sochli bo’lib tug’ulishi mumkunmi?

6-masala.

To’lqinsimon sochli , qora ko’zli ayol , ko’k ko’zli ,to’lqinsimon sochli erkakka turmushga chiqdi .Birinchi farzandi ko’k ko’zli,jingalak sochli bo’lib tug’uldi. Bu oilada keyingi farzand qora ko’zli , tekis sochli bo’lib tug’ulishi mumkunmi ?

7-masala.

Odamlarda sochning jingalak bo’lishi sochning silliq bo’lishidan chala dominantlik qiladi.Geterozigota odamlarda soch shakli to’lqinsimon shaklda bo’ladi.O’ng qo’lni ishlatish va normal eshitish chapaqay va karlikdan to’liq dominantlik qiladi.Jingalak sochli,o’naqay va normal eshituvchi ayol,to’lqinsimon sochli,chapaqay va normal eshituvchi erkakka turmushga chiqdi.Bu nikohdan o’naqay,jingalak sochli,kar va o’naqay,to’lqinsimon sochli,kar farzandlarning tug’ilish ehtimolligi qanday?

A) 3/16 : 1/6 B) 3/16 : 3/16 C) 9/16 : 1/16

D) 1/16 : 1/16

8-masala.

Odamlarda sochning jingalak bo’lishi silliq sochli bo’lishdan chala dominantlik qiladi.O’ng qo’lni ishlatish,normal eshitish,chapaqaylik,karlik ustidan to’liq dominantlik qiladi.Jingalak sochli,o’naqay,normal eshituvchi ayol, to’lqinsimon sochli va chapaqay,normal eshituvchi erkakka turmushga chiqqan.Bu oilada jingalak sochli,o’naqay,normal eshituvchi va to’lqinsimon sochli,o’naqay,normal eshituvchi farzandlar soni qanday bo’ladi?

A) 3/16 : 1/16 B) 3/16 : 3/16 C) 9/16 : 1/16 D) 1/16 : 3/16
Poliduragay irsiylanishi bo’yicha oraliq

irsiylanishga oid masalalar .
1-masala.

Pomidorning gomozigota uzunpoyali, qizil va yumoloq mevali formasiga bilan kalta poyali, sariq va noksimon mevali formasi bilan chatishtirilgan F1 da duragaylarning ko’rinishi qanday bo’ladi

2-masala.

Tovuqlarning gomozigota , oyog’da pati bor , oddiy tojli va oq patli fo’rmasi gomozigota , oyog’ida pati yo’q gulsimon tojli va qora patli xo’rozlar bilan chatishtirilgan. F1 va F2 ning genotipi va fenotipini aniqlang?

3-masala.

Qora va jingalak sochli , ko’k ko’z ayol sariq , silliq sochli qo’y ko’z yigitga turmushga chiqib , sariq sochli ko’k ko’z farzand ko’rdi.

Ota-onaning genetipi qanqay bo’ladi?

4-masala

No’xat donining sariq rangi (A),yashil rangi (a),tekkisligi (B),burulganligi(b), gultojbarglarining qizilligi(C),oq rangi(c) ustidan dominantlik qiladi .Quyidagi genotipga ega fo’rmalar chatishtirish natijasida xosil bo’lgan no’xotlarning fenotipini aniqlang?

a) AaBbCc x aabbcc

b) AaBbCC x aaBBCc

c) AABBCc x AaBbCC

d) AAbbCC x aaBbCc

e) aabbCC x AabbCc

5-masala.

Agar AaBbCcDd genotipga ege duragay bilan aabbccdd fo’rma chatishtirilsa ,u holda:

a)duragayda necha xil gameta olish mumkun ?

b)ularning nechtasi 4 ta dominant

c)nechtasi 4ta retsessiv genga ega bo’ladi ?

6-masala.

Sulida poyaning palandligi , kechpishar va zangzamburug’larga chidamsizligi, poyaning normalligi, ertapisharlik,zangzamburug’larga chidamsizlik belgilariga nisbatan retsessivdir .Baland poyali ,kech pishar su’li navi bilan poyasining normal, ertapishar va zang kasalligiga chidamli navni chatishtirish natijasidaolingan urug’lardan 123 ta o’simlik rivojlangan F1 duragaylarning barcha belgilari dominant bo’lgan ota forma bilan chatishtirish natijasida 1472 ta o’simlik olingan :

a)F1 duragaylari necha xil gameta hosil qiladi ?

b)Fb necha xil genotipga ega bo’lishi mumkun ?

c) Fb necha xil fenotipga ega bo’lishi mumkun ?

d)Fb o’simliklar orasida genotipi F1 ga o’xshash o’simliklar qancha bo’lishi mumkun ?

7-masala

G’o’za o’simligida antotsian rang (Rp),yashil rang (rp),tolaning malla rangi (Br),oq rang (br), panjasimon qirqilgan barg (OL),oddiy barg(ol) ustidan qisman dominantlik qiladi .Quyidagi genotipli organizmlarning chatishtirilishidan qanday natija olinadi ?

a) RpRpBrbrOlol x rprpbrbrolol

b) RpRpBrbrolol x rprpBrbrolol

c) RpRpBrbrOlol x rprpBrbrolol

8-masala.

Cheklanmagan hosil shoxli,och antotsion rang poyali, novvotrang tolali g’o’za,cheklangan shoxli,yashil poyali,oq tolali g’o’za bilan chatishtirilganda F1 da hosil bo’lgan o’simliklarning genotip va fenotipini aniqlang ?

9-masala.

No’xot doning sariq rangi (A) yashil rang (a) ustidan, tekisligi (B) burishganligi (b) ustidan,gultojibargining qizil rangi (C) oq rangi (c) ustidan dominantlik qiladi. Сhatishtirish natijasida 4 ta sariq, tekis, qizil va yashil tekis, qizil formalarni olish mumkin.

10-masala

No’xot donining sariq rangi (A) yashilrangi (a) ustidan, tekisligi (B) burushganligi (b) ustidan, gultojibargining qizil(C) oq rangi (c) ustidan domimnantlik qiladi. Qanday chatishtirish natijasida faqat sariq,tekis-qizil hamda sariq ,burushgan,qizil duragaylar olish mumkin.
Genlarni o’zaro ( KOMPLEMENTAR)

ta’siriga oid masalalar
1-masala

Hushbo’y no’xot o’simligi gultojibarglarining qizil bo’lishi ikki noallel dominant gen ta’sirida ro’y beradi. Digetrozigota qizil gulli no’xot o’simligi ikkita noallel geni bo’yicha gomozigota bo’lgan oq gulli no’xotlar bilan chatishtirilgan. Catishtirishda ishtirok etgan F1, F2 da fenotipik va genotipik sinf va nisbatlarni aniqlang.

2-masala.

Genotipi ikki xil bo’lgan oq pillali tut ipak qurtlari chatishtirilgan. F1 da duragaylar sariq pilla hosil bo’lgan. Ularning erkak va urg’ochilari o’zaro chatishtirilganda F2 da ikki xil fenotipik sinf sariq va oq pillali tut ipak qurt kapalaklar hosil bo’lgan. (9:7) Catishtirishda ishtirok etgan F1, F2 da fenotipik va genotipik sinf va nisbatlarni aniqlang.

3-masala.

Qovoq mevasini disksimon shakli A va B dominant genlarga bog’liq. Agar genotipda bu dominant genlardan faqat bittasi bo’lsa, meva shakli sferik bo’ladi. Ikki noallel genlarning har ikkisi ham retsessiv gomozigota holatda bo’lsa qovoq mevasining shakli uzunchoq bo’lishni ta’min etadi. Quyda keltirilgan misollarning genotip va fenotipini aniqlang.

a) AAbb x AaBB b) AABb x aabb

c) AABb x aaBb d) AaBB x Aabb

4-masala

Tovuqning yong’oqsimon tojli formalari, oddiy tojli xo’roz bilan chatishtirilganda quyidagi natija olingan :

a)tovuq,xo’rozlarning 50% yongoqsimon, 50% gulsimon tojli ;

b) hamma tovuq va xo’rozlar yongoqsimon ;

c)tovuq va xo’rozlarning 50% yongoqsimon,50% no’xatsimon tojli;

d)tovuq va xo’rozlarning 25%gulsimon, 25%no’xatsimon,25%oddiy tojli, 25% yong’oqsimon bo’lgan.Chatishtirishda ishtirok etgan ota-ona genotiplarini aniqlang.

5-masala.

Odamlarda karlik xar-xil xromasomalarda joylashgan retsessiv d va e genlarga bog’liq. Normal eshitadigan odamlarda bu genlarning D va E tarzda uchraydi. ddEE genotipli kar erkak Ddee genotipli kar ayolga uylandi.

a) Mazkur oiladan tug’iladigan farzandlarni eshitish qobilyati qanday bo’ladi?

b) Agar nikohdan o’tgan erkak va ayolning karlikning bir xil turi bilan kasallangan bo’lsa farzandlarning eshitish qobilyati qanday bo’ladi?

6-masala.

Kartoshka tugunagida antotsian rang bo’lishi asosiy P va R genlarga bog’liq. Lekin ular o’z ta’sirini dominant D geni bo’lgandagina fenotipda namoyon qiladi. Shunga ko’ra, P-rr-D-genotipli kartoshka tugunigi ko’k binafsha rang P-R-D genotipli tugunagi qizil-binafsha rang ; pp-R-D genotipli tugunagi pushti rang bo’ladi .Boshqa hollarda tugunak oq rangda

Kartoshkaning geterozigota qizil binafsha tugunakli o’simligi gomozigota oq rangli tugunak hosil qiluvchi (pprrdd) genotipli o’simligining changi bilan changlatildi .Fb da 152 ta o’simlik hosil bo’ldi .

a) Qizil binafsha tugunakli o’simlik necha xil gameta hosil qiladi ?

b) Fb da nechta o’simlik qizil-binafsha rang tugunakli bo’lishi mumkun ?

c) Fb necha xil genotipga ega bo’ladi ?

d) Oq tugunakli o’simliklar qancha ?

e) Oq tugunakli o’simliklardan nechtasi keyinchalik ajralmaydi ?

7-masala.

Drozofila meva pashshasida ko’zining qizil rangi A-B genlarga bog’liq : A-bb genotipga ega drozofilaning ko’zi jigarrang : aaB – genotipliniki och qizil rang : aabb genotipliniki oq rangda bo’ladi .Qizil ko’zli F1 drozofilalarini oq ko’zli drozofilalar bilan chatishtirib,196 ta Fb nasil olingan:

a) Fb necha xil genotipli organizmlar uchraydi ?

b) ular necha xil fenotip xosil qiladi ?

c) ulardan nechtasi qizil ko’zli ?

d) nechtasi jigarrang ko’zli ?

e) nechtasi oq ko’zli bo’ladi ?

8-masala.

To’tiqushchalarda patlar rangi ikki juft birikmagan va allel bo’lmagan genlar tamonidan belgilanadi. Ikki xil dominant genlarning genotipda birga kelishi yashil rangni belgilaydi, Bir juft dominant geni ikkinchi juft retsessiv geni bilan birga uchraganda sariq yoki havorang namoyon bo’ladi, xar ikkali juft retsessiv genlari esa oq rangni belgilaydi.

  1. Patlari yashil rangli to’tiqushchalar, oq patli to’tiqushchalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan qushlarning 25% yashil, 25% havorang, 25% sariq, 25 % oq patli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan to’tiqushchalarning genotipini aniqlang. O’rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatini aniqlang.

  2. Yashil rangli to’tiqushchalarning o’zaro chatishtirish natijasida avlodda 55 ta yashil, 18ta sariq, 17ta havorang va 6ta oq rangli qushlar olingan. Ota-ona va duragaylarning genotipini aniqlang.

  3. Hayvonot bog’i oq to’tiqushlarga buyrtma bergan. Ammo fermada mavjud bo’lganyashil va sariq qushlar chatishtirilganda oq to’tiqushlar hosil bo’magan. Fermadagi to’tiqushlarning genotipini aniqlang.

9-masala.

Sichqonlarning jun rangining kulrang bo’lishi dominant A va B genlarning komplementar ta’siriga bog’liq. A geni mustaqil holda jun rangining qora bo’lishini ta’minlaydi. B geni esa, A geni ishtirokisiz junning rangli bo’lishini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun genotipda dominant B gen bo’lsa ham sichqonlar oq junli bo’ladi.Shu genning resessiv allellari yig,indisi ham jun ranging oq bo’lishiga sabab bo’ladi.

  1. Kulrang sichqonlar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan sichqonlarning 82 tasi kulrang, 27 tasi qora va 35 tasi oq junli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan sichqonlarning genotipini aniqlang.

  2. Kulrang sichqonlar chatishtirilganda F1 da olingan sichqonlarning 58 tasi kulrang va 19 tasi qora junli bo’lgan. Sichqonlarning genotipini aniqlang

  3. Digetrozigotali kulrang sichqonlar retsessiv oq sichqonlar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan sichqonlarning genotipi qanday bo’ladi?

  4. Kulrang sichqonlar, qora sichqonlar bilan chatishtirilganda F1da olingan sichqonlarning hammasi kulrang bo’lgan, F2 da esa ¾ kulrang, ¼ qora sichqonlar olingan. Chatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan sichqonlarning genotipini aniqlang.

10-masala.

Izoh. Odamlarda ikki noallel genlar jufti dominant holatda bo’lgandagina quloq normal eshitadi. Boshqa hollarda esa quloq kar bo’ladi

Tubandagi genotipli odamlar o’zaro nikohlanganda ular va farzandlarining eshtish qobilyati qanday bo’ladi?

1) AABB x aabb: 2) AaBb x aabb: 3) Aabb x aaBb:

4)AaBb x AaBb 5) Aabb x aaBB: 6) Aabb x AaBb:

11-masala.

Izoh. Odamlarda ikki noallel genlar jufti dominant holatda bo’lgandagina quloq normal eshitadi. Boshqa hollarda esa quloq kar bo’ladi

Normal eshitadigan erkak va kar ayolda birinchi farzand normal eshitadigan, qolganlari kar bo’lib tug’ildilar. Ota-ona va farzandlar genotipini aniqlang.

12-masala.

Izoh. Odamlarda ikki noallel genlar jufti dominant holatda bo’lgandagina quloq normal eshitadi. Boshqa hollarda esa quloq kar bo’ladi

Ikki kae er-xotindan normal eshitadigan va kar farzandlar tug’ilgdi. Ota-ona va farzandlar genotipi qanday bo’ladi?

13-masala.

Izoh. Odamlarda ikki noallel genlar jufti dominant holatda bo’lgandagina quloq normal eshitadi. Boshqa hollarda esa quloq kar bo’ladi

Ikki kar er-xotindan normal eshtadigan farzandlar tug’ilgdi. Ota-ona va farzandlar genotipi qanday bo’ladi?

14-masala.

Izoh. Tovuqlarda yong`oqsimon tojning rivojlanishi R—P genlarga bog`liq. R-pp genotipli parrandalarning toji gulsimon, rrP—genotiplariniki no’hotsimon, rrpp genotipli parandalar esa oddiy tojli bo’ladi.

Yong’oqsimon tojli getrozigotali tovuq va xo’rozlar chatishtirish natijasida olingan jo’jalarni genotip va fenotipiqanday bo’ladi.

15-masala.

Izoh. Drozafila meva pashshasida ko’zning qizil rangi A-B genlarga bog’liq. A-bb genotipli genotiplarni ko’zi jigarrang, aa-B genotiplilarining ko’zini rangi och qizg’il, aa-bb genotiplilarini esa ko’zi oq rangda bo’ladi.

Qizil ko’zli F1 drozafilalar oq ko’zli drozafilalarni chatishtirilib 196 ta Fb nasl olindi.

a) Fb da necha hil genotipli drozafilalar uchraydi?

  1. Ular necha hil fenotip hosil qiladi?

  2. Ulardan nechtasi qizil ko’zli?

  3. Nechtasi jigarrang ko’zli?

  4. Nechtasi oq ko’zli

16-masala.

Xidli no’xatning gultojibarglari oq va qizil rangda bo’ladi. Genotipi boshqa-boshqa bo’lga ikkita oq gultojibargli shakli chatishtirilgan. Natijada F1 da qizil gultojibargli shakillar, F2 da esa oq va qizil gultojibargli shakillar olingan. Dastlabki ota-ona va F1 duragayining genotipini toping.

17-masala.

Qovoq mevasining gardishsimon shakli ikkita dominat genlarga bog`liq. Agar genotipda bu ikki dominant genlardan biri bo’lsa, u xolda meva yumaloq bo’ladi. Ikki noallelning retsessiv genlari gmozigota xolatda qovoq mevasining uzunchoq bo’lishini taminlaydi. Qovoq o’simliklari chatishtirilganda, durag`aylarning 2/4 qismi sharsimon, 1/4 qismi gardishsimon, 1/4 qismi cho’ziq bo’ldi. Chatishtirilgan o’simliklarning genotipini belgilang.

17-masala.

Ikkita xar xil genotipga ega bo’lgan yumaloq shakilli oshqovoqlar o’zaro chatishtirilib, F1 da gardishsimon qovoqlar olindi. F1 bo’g`ida 450 ta o’simlik gardishsimon, 300 tasi yumaloq va 50 tasi uzunchoq mevali bo’lib chiqdi. F2 bo’g`inda olingan yumaloq mevali o’simliklarning nechtasi gomozigotali bo’ladi?

18-masala.

Sichqonlar jun rangining kulrang bo’lishi Ava Bgenlarining komplementar ta’siriga bog’liq. A gen mustaqil holda junning qora bo’lishini ta’minlaydi, B gen mustaqil holda jun rangiga ta’sir eta olmaydi, bu genlarning retsessiv allellari junning oq bo’lishini ta’minlaydi.

Kulrang sichqonlar o’zaro chatishtirilganda 58ta kulrang, 19ta qora junli sichqonlar olindi Ota-ona genotipini aniqlang.

a) AaBbxAaBb

b) AABbx AABb

c) AABBxAaBb

d) AaBbxAaBB

19-masala.

Sichqonlar jun rangining kulrang bo’lishi Ava Bgenlarining komplementar ta’siriga bog’liq. A gen mustaqil holda junning qora bo’lishini ta’minlaydi, B gen mustaqil holda jun rangiga ta’sir eta olmaydi, bu genlarning retsessiv allellari junning oq bo’lishini ta’minlaydi.

Digeterozigota kulrang sichqonlar va retsessiv oq sichqonlar o’zaro chatishtirilganda keyingi avlod qanday belgilanadi va ularning fenotipik guruhlarini qanday bo’ladi?

a) FB kulrang, qora, oq

b) F1 kulrang, qora, oq

c) F2 kulrang, qora, oq

d) Fb kulrang, qora

20-masala.

Sichqonlar jun rangining kulrang bo’lishi Ava Bgenlarining komplementar ta’siriga bog’liq. A gen mustaqil holda junning qora bo’lishini ta’minlaydi, B gen mustaqil holda jun rangiga ta’sir eta olmaydi, bu genlarning retsessiv allellari junning oq bo’lishini ta’minlaydi.

Kulrang sichqonlar qora sichqonlar bilan chatishtirilganda F1da olingan sichqonlarning hammasi kulrang bo’lgan.

Yuqoridagi natija beradigan chatishtiruvni aniqlang.

1. AABB x AAbb 2. AABb x Aabb 3. AaBB x AAbb 4. AaBB x AaBB 5. AABBx Aabb 6. AaBbx Aabb

a) 1,3,5

b) 2,4,6

c) 3,5,6

d) 2,5,6

21-masala.

Sichqonlar jun rangining kulrang bo’lishi Ava Bgenlarining komplementar ta’siriga bog’liq. A gen mustaqil holda junning qora bo’lishini ta’minlaydi, B gen mustaqil holda jun rangiga ta’sir eta olmaydi, bu genlarning retsessiv allellari junning oq bo’lishini ta’minlaydi.

Kulrang sichqonlar qora sichqonlar bilan chatishtirilganda F1da olingan sichqonlarning hammasi kulrang bo’lgan.

F2da esa ¾ kulrang, ¼ qora sichqonlar olindi. F1ning ota-oanasining genotipini aniqlang

a) AABBx AABb

b) AaBb xAAbb

c) AABB x AAbb

d) AaBb xAaBb

22-masala.

Sichqonlar jun rangining kulrang bo’lishi Ava Bgenlarining komplementar ta’siriga bog’liq. A gen mustaqil holda junning qora bo’lishini ta’minlaydi, B gen mustaqil holda jun rangiga ta’sir eta olmaydi, bu genlarning retsessiv allellari junning oq bo’lishini ta’minlaydi.

Kulrang sichqonlar qora sichqonlar bilan chatishtirilganda F1da olingan sichqonlarning hammasi kulrang bo’lgan.

F2da esa ¾ kulrang, ¼ qora sichqonlar olindi. F1ning genotipini aniqlang

a) AaBb xAaBb

b) AABb x AABb

c) AABB xAaBb

d) AaBb xAaBB

23-masala.

Sichqonlar jun rangining kulrang bo’lishi Ava Bgenlarining komplementar ta’siriga bog’liq. A gen mustaqil holda junning qora bo’lishini ta’minlaydi, B gen mustaqil holda jun rangiga ta’sir eta olmaydi, bu genlarning retsessiv allellari junning oq bo’lishini ta’minlaydi.

Kulrang sichqonlar qora sichqonlar bilan chatishtirilganda F1da olingan sichqonlarning hammasi kulrang bo’lgan.

F2da esa ¾ kulrang, ¼ qora sichqonlar olindi. F2 avlodlarning genotipini toping.

a) AaBb, Aabb,aabb

b) AABB, AAbb, aabb

c) AABb, AAbb, aabb

d) AABB, AABb, AAbb

24-masala.

Sichqonlar jun rangining kulrang bo’lishi Ava Bgenlarining komplementar ta’siriga bog’liq. A gen mustaqil holda junning qora bo’lishini ta’minlaydi, B gen mustaqil holda jun rangiga ta’sir eta olmaydi, bu genlarning retsessiv allellari junning oq bo’lishini ta’minlaydi.

Digeterozigota kulrang sichqonlar o’zaro chatishtirilganda F2da qanday nisbatlar kuzatiladi?

a) 9:7

b) 9:6:1

c) 9:3:3:1

d) 9:3:4

25-masala.

Sichqonlar jun rangining kulrang bo’lishi Ava Bgenlarining komplementar ta’siriga bog’liq. A gen mustaqil holda junning qora bo’lishini ta’minlaydi, B gen mustaqil holda jun rangiga ta’sir eta olmaydi, bu genlarning retsessiv allellari junning oq bo’lishini ta’minlaydi.

Digeterozigota kulrang sichqonlar o’zaro chatishtirilganda F2da fenotip bo’yicha qanday genotipik nisbat kuzatiladi?

a) 9:7

b) 4:2:3

c) 9:3:3:1

d) 9:3:4


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling