Rubidiy, asosan, kunduzgi lampalar ishlab chiqarishda, vakuum texnikasida (gazyutgich) va boshqa soxalarda ishlatiladi, ionli raketalar uchun seziy kabi kelajagi porloq "yonilgʻi" hisoblanadi. - Rubidiy, asosan, kunduzgi lampalar ishlab chiqarishda, vakuum texnikasida (gazyutgich) va boshqa soxalarda ishlatiladi, ionli raketalar uchun seziy kabi kelajagi porloq "yonilgʻi" hisoblanadi.
- Rubidiy suyultirilgan rubidiy xloridni elektroliz qilib olinadi. Rubidiy ishqoriy metallar jumlasiga kiradi. Rubidiy juda yumshoq, kumush rang — oq metall. Suyuqlanish temperaturasi 39,5°, qaynash temperaturasi 685°, zichligi 1,248 g/sm³. Rubidiy sanoatda karnallit va lepidolitdan ajratib olinadi. Kimyoviy jihatdan juda faol; suv va kislotalar bilan reaksiyaga kirishganida portlash yuz beradi. Birikmalarida +1 valentli. Kislorod bilan rubidiy peroksid Rb2O2 va rubidiy giperoksid RbO2 hosil qiladi. Rubidiyning gidroksidi RbOH kuchli ishkorlar jumlasiga kiradi. Rubidiy juda koʻp elementlar bilan bevosita birikadi. Rubidiy gidrid RbH beqaror birikma. Uning nitridi Rb3N bilvosita yoʻl bilan hosil qilinadi. Rubidiyning Rb2C2 tarkibli karbidi, Rb2S tarkibli sulfidi bor. Rubidiy baʼzi metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kizdirilsa yoki yoritilsa, oʻzidan elektronlar chiqaradi. Metall holatdagi Rubidiy havosiz muhitda berk idishlarda saqlanadi. Qattiq holatdagi Rubidiy gidroksidga ozon taʼsir ettirilsa, juda kuchli oksidlovchi Rubidiy ozonid RbO3 hosil boʻladi. Rubidiy 300°da grafit bilan qizdirilganida RbCg va RbC]6 tarkibli Rubidiy grafitidlar kelib chiqadi.
- Rubidiy, asosan, kunduzgi lampalar ishlab chiqarishda, vakuum texnikasida (gazyutgich) va boshqa soxalarda ishlatiladi, ionli raketalar uchun seziy kabi kelajagi porloq "yonilgʻi" hisoblanadi.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |