1. Guruh haqida tushuncha. Katta va kichik guruhlar Shaxslararo munosabatlar va o‘zaro ta’sir


Download 55.9 Kb.
bet19/24
Sana30.04.2023
Hajmi55.9 Kb.
#1404399
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
6-Maruza SBT

Xususiy mulkka ega bo‘lish va avlodga meros qilib qoldirish vazifasi ham muhim bo‘lib, u har bir oilaning o‘z jamg‘armasi bo‘lishini taqazo etadi, shuning uchun ham “Er-xotin – qo‘sh ho‘kiz” bo‘lib, tinmay mehnat qiladi, orttirganiga to‘y va oilaviy tadbirlar o‘tkazadi, uy-joy, tomorqalarni farzandlariga meros sifatida qoldiradi. Bu ham oila mustahkamligiga, ota-onalarning obro‘-martabasiga xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi hamda hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan oilaviy biznes, xotin-qizlar kichik va o‘rta biznesini rivojlantirish, ayollar tadbirkorligi uchun banklardan imtiyozli kreditlar berish siyosati izchil amalga oshirilishi tufayli ayollarning oila budjetiga qo‘shayotgan hissasi ham ortib bormoqda. Buning natijasida farzandlarda ham tadbirkorlik xislatlari o‘sishiga real imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, onasi tadbirkor bo‘lgan qizlarda ilk yoshlikdanoq boshqaruv va liderlik sifatlari, tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllanib borar ekan (V.M.Karimova, 2003).Yuqorida ta’kidlangan vazifalar ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning xarakteriga ko‘ra o‘zgarishi, biri dolzarb, biri esa kamroq ahamiyatli bo‘lib qolishi mumkin. Lekin har bir oila a’zosining shu vazifalarga psixologik jihatdan tayyorligi – ularning inson sifatida o‘zini baxtli his qilishini, oilasining mustahkam bo‘lishi, farzandlarining komil bo‘lib yetishishlarini ta’minlaydi.
Oilaning hayotiy tarzi va ziddiyatlari Oilaning hayotiy tarzi uning hayotiy sikli, tutimi bilan bog‘liq. Ayrim olimlar, masalan, V.Satir zamonaviy oilaning bola tarbiyasi va uning manfaatlariga bog‘liq ekanligidan kelib chiqib, bu maskandagi hayot maromi va tutimini bola rivojlanishining bosqichlari bilan bog‘laydi. Shunga ko‘ra, quyidagi bosqichlar farqlanadi:

  • 1-bosqich. Aksariyat olimlar oiladagi hayot sikli ikki yoshning uzoq muddatga ahdu-paymon qilib nikohga kirishga qaror qilgan onlaridanoq boshlanishini ta’kidlaydilar. Boshqa mualliflarning fikricha, oilaning boshlang‘ich nuqtasi ikki shaxs rasman nikohga kirgan vaqt, ko‘pchilikning guvohligida o‘tkazilgan tantanalar bilan izohlanadi.


  • Download 55.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling