Ayrim mamlakatlarda tug‘ilish koeffitsentlarining o‘zgarishi
(1000 nafar aholi soniga nisbatan tirik tug‘ilgan bolalar soni)
№
|
Mamlakatlar nomi
|
1989 yil ko‘rsatkichi
|
2002 yil ko‘rsatkichi
|
1
|
Rossiya
|
14,7
|
9,7
|
2
|
Qozog‘iston
|
23,4
|
15,3
|
3
|
Qirg‘iziston
|
30,5
|
20,3
|
4
|
Tojikiston
|
38,8
|
27,2
|
5
|
Turkmaniston
|
34,8
|
22,0
|
6
|
O‘zbekiston
|
33,3
|
21,11
|
Rossiyada ko‘p farzandli oilalar ulushi 1%ni ham tashkil etmagani holda, o‘rtacha miqdorda bolalarga ega oilalar soni 5% gachani tashkil etadi. Shuni ta’kidlash joizki, bizda ham ko‘p farzandli oilalar soni yil sayin kamayib bormoqda.
Tarbiya va nazorat funksiyasi – ota-onalarni zurriyodlarini qobil va aqlli, imon-e’tiqodli, sog‘-salomat voyaga yetishini ta’minlashlariga bog‘liq. Chunki, oila – nafaqat er va xotinni, ularning maqomlaridan kelib chiqib tarbiyalaydi, balki yosh avlodni ham oilasi, ota-onasiga munosib insonlar bo‘lib yetishishlari, jamiyatga foydasi tegishi uchun qayg‘uradi. O‘zbek oilasida avlodlardan meros bo‘lib qolgan tarbiya mezonlari va an’analari mavjudki, ularning hayotiyligi va bardavomligi bois jamiyatda qadr topgan barchasida yosh avlod tarbiyasi masalasi yetakchi hisoblangan udumlar va urf-odatlar hamon saqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |