1.2. Guruh reagentining ta'siri - 1.2. Guruh reagentining ta'siri
- Birinchi guruh kationlarini boshqa guruhlar kationlaridan ajratishda ularning guruh reagenti - xlorid kislota yoki eruvchan xloridlar bilan bo'ladigan reaksiyalaridan foydalaniladi. Bunda tegishli kationlarning xloridlari hosil bo'lib cho'kadi.
Tajriba qismi - Tajriba qismi
- 1.3. Kumush kationining reaksiyalari
- Kumush ioni suvli eritmalarda rangsiz, uning nitrati, ftoridi, perxlorati suvda yaxshi eriydi.
- 1. O'yuvchi ishqorlar - NaOH va KOH eritmalaridan bir necha tomchisi 2-3 tomchi AgNO3 eritmasiga tomizilsa, qo'ng'ir rangli Ag2O cho'kmasi hosil bo'ladi:
- 2AgNO3 + 2KOH=Ag2O↓+ H2O+2KNO3
- 2Ag++2OH-=Ag2O↓+ H2O
- Cho'kma HNO3 va ortiqcha NH4OH da ham eriydi:
- Ag2O + 4NH4OH=2[Ag(NH3)2]+ + 2OH- +3H2O
- Cho'kmani ammiakda eritish vaqtida eritmaga albatta ammoniy tuzlaridan biri qo'shilishi kerak, aks holda oson portlaydigan kumush azid Ag3N hosil bo'lishi mumkin.
- 2. Ammiak eritmasi kam miqdorda qo'shilganda kumush ioni bilan oldin qo'ng'ir rangli Ag2O cho'kma hosil qiladi. Keyin bu cho'kma mo'l ammiakda kompleks hosil qilib erib ketadi: .
- 2Ag+ + 2NH4OH=Ag2O↓+ 2NH4+ + H2O
- Ag2O+4NH3+HOH=2[Ag(NH3)+ + 2OH-
- 5. Vodorod sulfidning 3-5 tomchi eritmasi 2-3 tomchi AgNO3 eritmasiga aralashtirilganda, qora rangli Ag2S cho'kma tushadi:
- 2AgNO3+H2S=Ag2S↓+2HNO3
- Cho'kma HCI va H2SO4 da erimaydi, 2 N HNO3 da esa eriydi.
- 6. Kaliy xromat 2-3 tomchi AgNO3 eritmasiga shuncha miqdorda tomizilsa, qizil rangli Ag2CrO4 cho'kma hosil bo'ladi:
- 2AgNO3+ K2CrO4= Ag2Cr04↓+ 2KNO3
- Cho'kma CH3COOH da erimaydi, NH4OH va HNO3 da eriydi.
- 7. Kaliy yodidning 3-4 tomchi eritmasi 2-3 tomchi AgNO3 eritmasiga qo'shilca, sarg'ish cho'kma hosil bo'ladi:
- AgNO3 + KJ= AgJ↓ + KN03
- Ag++J-=AgJ↓
- Cho'kma NH4OH da erimaydi, Na2S2O3da yaxshi eriydi. Huddi shunday reaksiya bromidlar ta'sirida ham kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |