12. Qaysi javobda barcha so’zdagi nuqtalar
o’rniga tutuq belgisi qo’yilishi kerak?
A) ta…minot, be…odob, be…takalluf
B) ta…m, xil…qat, ma…dor
C) ta…qiq, tad…bir, tal…at
D) bema…ni, e…tiroz, me…yor
13. Qaysi javobdagi barcha so’zlar imloviy
jihatdan to’g’ri yozilgan?
A) zararkunanda, afv etmoq, yonoq
B) itifoq, tayorlamoq, muhayyo
C) tog’ara, nog’ora, ilhom
D) muxlis, kitop, axd qilmoq
14. Quyidagi baytlarda aks etmagan ma’lumotni aniqlang.
Orаzin yopg‘оch, ko‘zumdin sоchilur hаr lаhzа yosh,
Bo‘ylаkim pаydо bo‘lur yulduz, nihоn bo‘lg‘оch quyosh.
Alisher Navoiyning ushbu baytiga oid to’g’ri tahlilni aniqlang.
A) Yulduz paydo bo’lganda uning yorug’ligi sabab ko’zimdan har lahza yosh to’kiladi, buni ko’rib quyosh
yashirinib oladi.
B) Ko’zimdan yosh sochilib yig’laganimda yuzimni yopaman va yulduz chiqadi, bu esa quyosh botishiga
sabab bo’ladi.
C) Yulduz paydo bo’lganda quyosh yashirinadi, bundan men yuzimni yopib yig’layman, ya’ni har lahza yosh
sochiladi.
D) Yor yuzini yopgаch, ko‘zimdаn hаr lаhzа yosh sоchilаdi, bu go'yoki quyosh bоtgаnidаn so’ng yulduzlаr
pаydо bo‘lgаniga o’xshaydi.
15. M.Osimning “Zulmat ichra nur” qissasi
qahramonlari va ular haqida to’g’ri ma’lumot
berilgan qatorni belgilang.
1. Mirsayid Kobuliy - хushchаqchаq, gаpdоn
yigit bo‘lib, tоr vа tаnburni yaхshi chаladigan, o’z
suhbati bilan hatto majlisga jon kirgizardi.
2. G’iyosiddin Kichkina – mulohazali, bid’аt vа
хurоfоtdаn yirоq, sоg‘lоm fikrli kishi.
3. Mansur binni boyqaro - zаmоn pоdshоsi
Shоhruхgа qаrshi isyon qilgаni sаbаbli qаtl
ettirilgаn va keyinchalik uning farzandlari ham
davlat ishlariga aralashmay qo’ygan.
A) 1, 2, 3 B) 1
C) 2, 3 D) 2
Do'stlaringiz bilan baham: |