UYUMLARNI RAZVEDKA QILINGANLIK
DARAJASI VA REJIMIGA KO’RA NEFT ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARINI TANLASH
Turli geologik sharoitlar neft va gaz zaxiralarini hisoblashda u yoki bu metodlarni yanada muvaffaqiyatli qo’llash imkonini oldindan belgilab beradi. Odatda platformalarda joylashgan uyumlardagi zaxiralar faqat hajmiy metod yordamida, geosinklinallarda joylashganlari esa hajmiy va statistik metodlar yordamida hisoblanadi.
Zaxiralarni rasmiy hisoblashlarda moddiy balans metodi deyarli qo’llanilmaydi.
MDHdagi konlarning ko’pchiligida qatlamga ta’sir etish metodi qo’llanilishi munosabati bilan hajm metodidan keng foydalaniladi, bu o’z navbatida statistik metodlardan foydalanishni cheklaydi.
Zaxiralarni hisoblash metodlarini tanlashda uyumni ishlatish rejimi va uning razvedka qilinganlik darajasi eng muhim omillarga kiradi. Uyumning ishlatish rejimiga ko’ra quyidagilarni inobatga olish zarur:
1) samarali suv bosimli rejimda faqat hajmiy metod qo’llanilishi mumkin;
2) nosamarali suv bosimli rejimda va uni erigan gaz rejimi bilan birgalikdagi ta’sirida (qatlam bosimi qiymati neftni gaz bilan to’yinish bosimi qiymatidan past bo’lganda) hajmiy metoddan tashqari moddiy balans va statistik metodlarni ham qo’llash mumkin;
3) gaz qalpog’i va erigan gaz rejimlarida barcha uchta metodlarni qo’llash mumkin;
4) gravitatsion rejimda faqat hajmiy metodni qo’llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |