1. hajmiy metod. Uyumlarni razvedka qilinganlik darajasi va rejimiga ko’ra neft zaxiralarini hisoblash metodlarini tanlash


Download 112.65 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi112.65 Kb.
#1488361
  1   2
Bog'liq
12 SANOAT AHAMIYATIGA MOLIK NEFT ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARI


SANOAT AHAMIYATIGA MOLIK NEFT ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARI
Reja:
1. HAJMIY METOD.
2. UYUMLARNI RAZVEDKA QILINGANLIK
DARAJASI VA REJIMIGA KO’RA NEFT ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARINI TANLASH.
Neft zaxiralarini hisoblashning hajmiy metodi keng tarqalgan bo’lib, undan neft qatlamining ishlatishning turli rejimlarida va uni razvedka qilishning har qanday bosqichida foydalanish mumkin.
Asosiy hajmiy metoddan tashqari, hozirgi vaqtda uning amalda kam qo’llaniladigan turli variantlari mavjud bo’lib, ularga hajmiy- statistik, hajmiy-og’irlik, maydoniy va izochiziqli variantlardir.
Hajmiy-statistik variant kam miqdorda neft berayotgan (nefti tugayotgan) qatlam bo’yicha neft beraolish koeffitsientini neftga to’yinganlik koeffitsientiga ko’paytirilganidan foydalanishga asoslangan. Bu ko’paytma g’ovak hajmidan foydalanish koeffitsienti deb ataladi va u neftga to’yinganlik koeffitsienti va neft beraolish koeffitsientlarini alohida aniqlash qiyin bo’lgan, geologik tuzilishi bo’yicha shunga o’xshash yangi konlarda neft zaxiralarini hajmiy metodda hisoblash uchun qabul qilinishi mumkin.
Hajmiy-og’irlik varianti neft shaxta usuli bilan qazib olinayotgan, gravitatsiya rejimida bo’lgan qatlamlar hamda ochiq usul bilan ishlanayotgan neftli qatlamlar uchun qo’llaniladi. Bunday hollarda nefti bor bo’lgan qatlam hajmini va qatlam hajmi birligida neft miqdorini bilaturib neft zaxirasini aniqlash mumkin.
Maydoniy variant mazmuni nefti kamayib borayotgan mahsuldor maydonning birlik ulushidan va neftga to’yingan 1 m qalinlikdan olingan zaxiralarni aniqlash va olingan qiymatlarni geologik tuzilishi bir xil bo’lgan maydonga ekstrapolyatsiya qilishdan iborat. Bu variant neft zaxiralarini bashorat qilish (ya’ni, neft zaxiralari toifasiga kirmaydiganlarini hisoblash) uchun qo’llaniladi.
Izochiziqli variant hajmiy metod formulasining asosiy ko’rsatkichlaridan foydalanishdan iborat. Bunday ko’rsatkichlar yoki alohida, yoki ularning ayrimlarini ko’paytmasidan foydalaniladi va burg’ quduqlar joylashgan planda grafik usulda foydali qazilma miqdorini tavsiflovchi izochiziqlar bilan tasvirlanadi.
Masalan, hajmiy metod formulasidan quyidagi ko’rsatkichlar guruhi olinadi: ushbu burg’ quduq uchun qiymatlar ko’paytmasi hm va q (belgilarni pastroqdan ko’ring), shu bilan birga q mahsuldor qatlam uchun doimiy qiymat hisoblanadi. Keyin hm qiymatning izochiziqlari chiziladi va izochiziqlar orasidagi o’rtacha qiymatni () tegishli maydon f va q qiymatga ko’paytiriladi. Natijada zaxiralar kelib chiqadi
Q=qf
Izochiziqlar varianti neft zaxiralarini hisoblash ishlarida keng qo’llanilmadi.
Hajmiy metoddan foydalanishda neft qatlam g’ovaklarida joylashganligi asos qilib olinadi. Qatlam g’ovaklarining hajmini neftli qatlamning geometrik o’lchamlari va ularni tashkil qiluvchi jinslarning g’ovakliligi orqali aniqlash mumkin.
Neft zaxiralarini hisoblash uchun quyidagi formula qo’llaniladi:
Q=Fhm
bunda Q  olinadigan neft zaxirasi, t; F  neftli maydon yuzasi, m2; h  neftga to’yingan qatlamning qalinligi, m; m  neftli jinslarning ochiq g’ovaklilik koeffitsienti;   neft bera olish koeffitsienti;   yer yuzasiga chiqarilgan neftning zichligi, t/m3;   neft kirishishini qayta hisoblash koeffitsienti: =1/b (b  qatlam neftining hajmiy koeffitsienti).
Neft zaxirasini hajmiy metod bilan hisoblashda quyidagi ma’lumotlar zarur:
a) belgilangan zaxiralar toifalarini asoslash, ya’ni gorizontning ustki qismi bo’yicha hisoblash planida  struktura xaritasida zaxiralar chegarasini belgilash, quduqni sinash yoki quduqni sinov ishlatish natijalarini shartli belgilarda planda tasvirlash;
b) gorizontning yoki qatlamning foydali qalinligi va uning g’ovakliligi hamda hisoblash uchun qabul qilingan dastlabki va o’rtacha qiymatlar olinishi va asoslanishi metodikasi haqida burg’ quduqlar bo’yicha daliliy ma’lumotlar;
v) neft tahlili va uni yer yuzasiga olib chiqilganda neftning kirishishi hamda gaz omili haqidagi ma’lumotlar;
g) qatlam bosimi, to’yinish bosimi va kondagi gorizont temperaturasi haqidagi daliliy ma’lumotlar:
d) gorizont rejimi, kollektor tipi va uning xossalari haqidagi ma’lumotlar.
Neftli maydon yuzasi (F) qazilgan burg’ quduqlar va ularni sinash ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
Neftga to’yingan qatlam qalinligi (h)  odatda qatlamning og’ish burchagiga tuzatish kiritmasdan, qatlamning vertikal qalinligi aniqlanadi (chunki qatlam hajmini hisoblaganda odatda maydonning gorizontal tekislikka proektsiyasining vertikal qalinlikka ko’paytmasi olinadi).
Qatlamning mahsuldor qismining hajmi (Fh) eng muhim parametr hisoblanadi. Uyumning hajmini to’g’ri aniqlash uchun neft va gazi bor bo’lgan kollektorlarning tarqalish chegaralarining ishonchli aniqlanishi zarur; bu vazifa ayniqsa har xil litologik tarkibli qatlamlar bilan bog’liq uyumlar uchun murakkabdir.
Mahsuldor qatlam hajmini aniqlash arifmetik usulda, izopaxit xaritalar va litologik xaritalardan foydalanib hamda umum-statistik kesim tuzish yo’li bilan bajariladi.
Neftga to’yinish koeffitsienti   bu koeffitsientni aniqlash 7-bob, 7.2. mavzuda mufassal ko’rilgan.
Neft bera olish koeffitsienti   kollektorning litologik-fizik xususiyatlariga, qatlamni to’yintiruvchi neft xususiyatlariga, konni ishlatish sur’ati va tizimlariga, konni ishlatish metodlari va h.k.larga bog’liq. Uning qiymati ma’lum darajada qatlam rejimi va neftni siqib chiqaruvchi omil xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Qatlam fazali o’tkazuvchanligiga ko’ra, uning hajmiga nisbatan 20% natijasida qatlamdagi g’ovak hajmidan neftni yer yuzasiga chiqarib bo’lmaydi, hatto neft olishni jadallashtirish metodlari va konni ishlatishning ikkilamchi metodlari qo’llaganda ham neftni deyarli ajratish imkoni bo’lmaydi. Laboratoriyada bajarilgan tajriba ishlari shuni tasdiqlaydi.
Neft bera olish koeffitsienti qiymati odatda qatlam rejimiga bog’liq holda o’zgaradi:
samarador suvbosimli rejim uchun ......................................... 0,65-0,8
tarang  suvbosimli rejim uchun ............................................. 0,5-0,7
gaz qalpog’ining samarador rejimi uchun .............................. 0,4-0,6
gaz qalpog’ining samarador bo’lmagan rejimi uchun ........... 0,4 gacha
erigan gaz rejimi uchun .............................................................. 0,2-0,4
gravitatsion rejim uchun ............................................................. 0,1-0,2
AQShning bir qator formatsiyalarida joylashgan va bir xil tuzilishga ega bo’lgan kollektorlarning neft bera olish koeffitsientining qiymatlari quyidagicha o’zgaradi: erigan gaz rejimi uchun  0,14-0,32; gaz bosimli rejim uchun  0,18-0,40 va suv bosimli rejim uchun  0,30-0,66.
O’zbekiston Respublikasidagi Farg’ona, Surxondaryo va Buxoro-Xiva neft-gazli oblastlarda neft bera olish koeffitsienti suv bosimli rejimda 0,1-0,3 (Tergachi koni), 0,25-0,32 (Voriq), 0,32-0,35 (Mirshodi koni) o’zgarishi aniqlangan. Neft bera olish koeffitsienti qiymati, odatda, yoriqli va litologik tarkibi har xil bo’lgan kollektorlarga nisbatan tarkibi bir xil qumli kollektorlar uchun yuqori bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi va AQSh konlarida qatlamga ikkilamchi ta’sir etish natijasida yakuniy neft bera olishlik qatlamga suv haydalganda uning boshlang’ich balans zaxirasidan o’rtacha 20%ga, gaz haydalganda esa  10%ga ko’paygan.
Kubandagi konlarning sharqiy guruhi bo’yicha erigan gaz rejimida (suv bosimli rejim nosamarador bo’lganda) neft bera olishning o’rtacha koeffitsienti 0,41 ni tashkil qilgan. Qatlamga havo haydab ta’sir etilganda neft bera olish koeffitsientini 0,5 gacha oshirishga, ya’ni deyarli 22%ga ko’paytirishga erishildi.
Demak, neft bera olish koeffitsienti qiymati strukturada quduqlarning joylashish to’ridagi zichligiga bog’liq. Odatda, quduqlar to’ridagi zichlik kamayganda (ayniqsa har xil tarkibli kollektorlar uchun) uning qiymati ham kamayadi. Qatlamga ikkilamchi ta’sir etilganda neft bera olishlik koeffitsienti qiymati uyum tabiiy sharoitlardagi rejimda ishlayotganiga qaraganda bir muncha yuqori bo’ladi..
Shunday qilib, neft bera olish koeffitsienti qiymatini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak: o’xshash zaxirasi tugayboshlagan neft uyumlarini ishlatish tajribalari; qatlamning ish rejimi, qatlamga ta’sir etish metodi (agar u qo’llanilsa), quduqlarning joylashish zichligi, qatlamning litologik-fizik tavsiflari va qatlam sharoitlaridagi neft va gazning xususiyatlari. Qatlamni ishlatilib bo’linganligini va aniqlangan neft bera olish koeffitsienti qiymatini nazorat qilish uchun qatlamni so’ngan qismidan kernlar olish va ularni tahlil qilish zarur.
Neft zichligi  - neft zaxiralarini hisoblashda odatda laboratoriyada standart sharoitlarda (20S da) aniqlangan neft zichligi qabul qilinadi. Hisoblash uchun bir qator quduqlar bo’yicha neft namunalari olinadi va ular tahlil qilinadi, so’ngra qatlam bo’yicha o’rtacha qiymat olinadi. Agar katta chuqurlikdan olingan neft namunalaridan aniqlangan ma’lumotlar bo’lsa, yer yuzasiga chiqarilgan sharoitlardagi neft zichligi () o’rniga, qatlam sharoitlaridagi zichlik (qa) olinishi mumkin. Bu holda neft zaxiralarini hajmiy metod bilan hisoblaganda, qayta hisoblash koeffitsienti ()ni formulaga kiritilmaslik kerak.
 o’rniga qa/1+r ifoda yoziladi:
bundan
bunda rr - gaz omili, t/t; r - ushbu qatlam bosimida neftdagi erigan gaz miqdori, m3/t; h - havo zichligi, 1,293 kg/m3 ga teng; г - gaz zichligi, kg/m3.
Qayta hisoblash koeffitsienti ()  qatlam neftining hajmiy koeffitsientiga teskari qiymat (b) bo’lib zamindagi neft zaxiralarining hisoblangan miqdorini yer yuzasidagi standart sharoitlarga keltirish uchun kiritiladi. Qatlam neftining hajmiy koeffitsienti qatlam neftidan olingan namunalarni laboratoriya tahlili natijalari yoki maxsus grafiklar bo’yicha aniqlanadi.

Download 112.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling