1. Hammaxo`r zararkunadalar va ularning bioekalogik xususiyatlarini o`rganish Zararli chigirtkalar
Dala ekinlarining hammaxo‘r zararkunandalari
Download 152.5 Kb.
|
Hammaxo`r zararkunadalar va ularning bioekalogik xususiyatlarini o`rganish
Dala ekinlarining hammaxo‘r zararkunandalariHammaxo‘r zararkunandalar qishloq xo‘jalik ekinlarining judako‘plab botanik oilalariga mansub o‘simliklar turiga katta iqtisodiy zararyetkazadi. Katta guruhga tegishli bo‘lgan hammaxo‘r hasharotlarning qurti va katta yoshdagilarning og‘iz apparati kemiruvchi tiðdadir. Bu zararkunanda hasharotlar qishloq xo‘jalik ekinlarini deyarli butunlay yeb, juda katta zarar yetkazadi. Hammaxo‘r zararkunanda hasharotlarning, hatto bitta turining ham keng tarqalishi bir necha minglab gektar maydondagi o‘simliklarga zarar yetkazishi va ularni batamom yo‘q qilib yuborishi mumkin. Bu to‘g‘rida qadimgi Misr yozuvlaridan ham ma’lum. Bu guruh zararkunandalarga to‘g‘ri qanotlilar (Orthoptera) turkumiga mansub bo‘lgan chigirtkalar (Acrididae), ninachilar (Gryllidae), temirchaklar (Tittigoniidea), chirildoqlar (Oecanthidae), yarim qattiq qanotlilar (Hemiðtera)va qattiq qanotlilar (Coleoptera)kiradi. Òo‘g‘ri qanotlilar (Orthoptera) turkumi Hozirgi vaqtda yer yuzida to‘g‘ri qanotlilarning 20 mingdan ortiq turi bo‘lib, shulardan 524 dan ortig‘i Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Bu guruhga mansub hasharotlarning orqa oyog‘i juda yaxshi rivojlangan, sakrashga moslashgan. Hasharot o‘rtacha kattalikda, boshi cho‘ziq, uzun antennasi bor. Yaxshi rivojlangan murakkab ko‘zlari va oddiy ko‘zlari mavjud. Og‘iz apparati yaxshi rivojlangan, kemiruvchi tiðda. Yaxshi rivojlangan oldingi yelkasi o‘rta yelkani yopib turadi. Oldingi qanotlari qattiqroq, terisimon bo‘ladi. Orqa qanotlari enliroq va yumshoqroq bo‘lib, uzunasiga ketgan tomirlar bo‘ylab yelpig‘ich kabi yig‘iladi.Qorin qismi 10 bo‘g‘imdan iborat va uchida serkasi bo‘ladi. Urg‘o-chilarining tuxum qo‘ygichi bor, mo‘ylovlari ingichka, qilsimon cho‘zilgan, tanasidan uzunroq (uzun mo‘ylovlilarda) yoki kalta iðsi- mon, tanasining yarmigacha yetadi (kalta mo‘ylovlilarda). Òo‘g‘ri qanotlilarning ayrim guruhlari tovush chiqarish, eshitish xususiyatiga ega bo‘lib, ular ma’lum tur tovushlarni eshitishga moslashgan. Jinsiy voyaga yetgan davrda bu tovushlar bilan bir-birini chaqiradi. Chigirtkalar boldirining orqa tomoni bilan qanotining ustidagi tomir yo‘liga tegishi orqali tovush chiqaradi. Ninachi va chirildoqlar esa bir qanotini ikkinchisiga ishqalab tovush chiqaradi. Ninachilar, chirildoqlarning tovush eshitish organi oldingi oyog‘ining boldirida, chigirtkalarda esa yon tomonida joylashgan. Òo‘g‘ri qanotlilar, asosan, tuproqqa tuxum qo‘yadi, ayrim hollarda o‘simliklar poyasiga ham qo‘yishi mumkin. Bu zararkunandalar chala o‘zgaruvchan bo‘lib, 4 — 5 marta po‘st tashlab, katta yoshdagi fazaga o‘tadi. Ular lichinkalik va katta yoshdagi fazasida ham o‘simliklar bilan ko‘plab oziqlanadi. Mahalliy galalashib yashovchilarga marokash chigirtkasi (Dociostaurus maroccanus), osiyo chigirtkasi (Locusta migratotia) kiradi. Galalashib yashaydigan chigirtkalar g‘uj bo‘lib turadi. Voyaga yetgan chigirtkalar gala-gala bo‘lib uchadi. Ular, ayniqsa, quyoshli iliq kunlari doim harakatlanib turadi, lekin sovuq bulutli kunlari ham harakatda bo‘ladi. Lichinkasi kechalari o‘simliklarda tunaydi, kunduzi yer yuzasi qizishi bilan harakatlana boshlaydi. Chigirtkalar quyosh juda qiziganda kam harakatda bo‘lib, o‘simliklar soyasida harakatsiz turadi. Harorat normaga kelganda ular yana harakatlana boshlaydi. Beshinchi yoshda lichinkalar po‘st tashlagandan so‘ng qanot chiqarib, avval yaqin masofaga, keyinchalik uzoq-uzoqlarga uchib ketadi. Biroz vaqtdan keyin ular voyaga yetib juftlashadi, shundan so‘ng ular tuxum qo‘yadi. Òo‘da hosil qilmaydigan chigirtkalar «kobilka» (Calliðtamus) deb ham yuritiladi. Bu chigirtkalar gala bo‘lib to‘planmaydi, bir joyda hayot kechirib, qulay fursat tug‘ilishi bilan juda ko‘plab urchiydi. Bu chigirtkalarning lichinkasi ham, voyaga yetganlari ham muayyan tartibda ko‘chib yurmaydi. Chigirtkalar bir necha donadan yuztagacha va undan ham ko‘proq tuxum qo‘yishi mumkin. Ular tuxum qo‘yishdan avval tuxum qo‘ygichi va qorinchasining uchi bilan yerni kavlab chuqurcha yasaydi, tuxumini o‘sha chuqurchaga qo‘yadi. Kuzgacha tuxumi ustini jinsiy organlaridan, qo‘shimcha bezlaridan ajraladigan va havoda tez qurib qoladigan ko‘piksimon modda bilan suvab qo‘yadi va atrofiga tuproq yopishtirib ko‘zacha hosil qiladi. Har qaysi turga mansub chigirtkalarning ko‘zachasi o‘ziga xos shaklda va har xil kattalikda bo‘ladi. Ular tuxumini qulay joyga qo‘yadi. O‘zbekistonda deyarli barcha zararkunanda chigirtkalar tuxumlik bosqichida qishlaydi. Chigirtkalar (Acrididae) Chigirtkalarning jahonda 10000 ga yaqin turi bo‘lib, Markaziy Osiyoda 500 turi mavjud. O‘rta Osiyoda 66 ta oilasi va 262 turi bo‘lib, ular ichida Osiyo chigirtkasi hammaxo‘rdir. Ular o‘tsimon o‘sim- liklar, daraxt, buta o‘simliklari, ayrim hollarda mineral moddalar bilan oziqlanishi kuzatilgan. Lekin, ularning yaxshi ko‘rgan ozig‘i boshoqli o‘simliklar bo‘lib, ular bilan yaxshi oziqlanadi. Ularning oziqlanishi lichinkalarining yoshi va yashash sharoitiga bog‘liq. Quyosh yaxshi isitib, harorat qancha yuqori bo‘lsa, namlik kam, oziq ko‘p bo‘lsa, chigirt- kalar shuncha yaxshi oziqlanadi. Ob-havo past bo‘lib, bulutli kunlarda chigirtkalar oziqlanmasdan turadi. Ba’zan ularda kannibalizm hodisasi ham kuzatiladi. Ayniqsa, ular uchish paytida, oziq va namlik yetish- maganida o‘zidan kichik yoshdagi lichinkalarning po‘st tashlayotgan- larini, birorta kamchiligi bo‘lgan sheriklarini yeb qo‘yishi mumkin. Oziq va namlik yetarli bo‘lganda kannibalizm kam kuzatiladi. Chigirtka g‘alla ekinlariga hujum qilganda, avvalo, barglarini, keyin poyasini va boshoqlarini yeb bitiradi. Ko‘p hollarda boshoqlar yerga to‘kilib ketadi. Osiyo yoki to‘qay chigirtkasi (Locusta migratoria L.) Bu chigirtka ko‘pincha ko‘chmanchi to‘qay chigirtkasi deb ham ataladi. Ular juda keng tarqalgan bo‘lib, Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy Avstraliya, Janubiy Afrika, Hind va Òinch okeani orollarida ko‘p uchraydi. Chigirtkalarning asosiy joylanishi Amudaryoning o‘rta va quyi oqimlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, qamishzorli maydonlarning million gektariga yaqin joyda yashashi mumkin. Bundan tashqari, Orol-Cho‘y massivi Orol dengizining shimoli-g‘arb tomonidan — Irgiz va Òurgoy quyi oqimidan janubi-sharqqa qarab to Òyanshan tog‘oldi zonasigacha borib taqaladi. Bu joy juda katta chigirtkalar o‘chog‘i bo‘lib, Irgiz va Òurgoy deltalari va Sirdaryoning quyi oqimidagi Òalas hamda Chu daryolarining o‘rta va past qismlarini o‘z ichiga oladi. Bu yerda chigirtkalar ko‘payishi uchun qulay, taxminan 1700000 gektar maydon bo‘lib, 500000 gektar maydonda ommaviy ko‘payish xavfi bor. Bundan tashqari, Balxash vohasida salkam bir million, Astraxan va Volga daryosining quyi oqimida 1300000 ga, Kaspiy dengizi atrofida 600000 ga, Sassiqko‘l atrofida 200000 ga va Irtish daryosining oqimida 200000 ga maydon chigirtkalar ko‘payishi uchun qulay joy hisoblanadi. Shunday qilib, Osiyo to‘qay chigirtkasi doimiy ko‘payishi va yashashi uchun juda qulay bo‘lgan 6 mln gektardan ortiq maydon mavjud. Ularning 2 mln dan ortiq maydonda ommaviy ko‘payishi uchun sharoit mavjud. Chigirtkalar ommaviy ko‘paygan yillari ular galasi bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib, o‘zaro aloqa qilib turadi. Masalan, Balxash, Alako‘l, Zayson chigirtkalarining G‘arbiy Xitoy tomondan uchib kelishi yoki u tomonga uchib ketishi kuzatilgan. Òo‘qay chigirtkasi erkagi tanasining uzunligi o‘rtacha 65, urg‘o- chisiniki 70 — 75 mm bo‘lib, rangi kulrang, yashil, sariq-yashil, ko‘- pincha kulrang va qoraranglar aralashmasidan iborat bo‘ladi. Ko‘kragining pastki tomoni qalin kigizga o‘xshash tolalar bilan qoplangan. Yelkasining oldingi qismida o‘tkir o‘siqchasi bor, to‘g‘ri yoki bukilib turadigan bu Osiyo chigirtkasining rivojlanish fenologik jadvaliShartli belgilar: «+» — voyaga yetgan hasharot; «•» — tuxumi; «—» — lichinkasi(•) — qishlovchi tuxumi. o‘siqchasining yonidan 2 ta tuk yo‘l o‘tadi. Qanoti ustida mayda kulrang dog‘lar bor. Qanotlari yaltiroq, ko‘kish-sariq, sonining ikki tomoni ko‘kish, boldirlari och yashil, yuqorigi jag‘i ko‘k bo‘ladi. Yakka uchadigan chigirtkalar ko‘pincha och yashil yoki kulrang tusli, yelkasiningoldingi qismidagi ustiga bo‘rtib chiqqan bo‘rtiq yo‘li bilinar-bilinmasholda bo‘ladi.Òo‘qay chigirtkasi qishlash fazasidan keyin ko‘zachasidagi tuxumva o‘z uyasidan may oyining boshida, ayrim yillari aprel oyining o‘rtalaridachiqadi. Qulay sharoit bo‘lganda lichinkalari tuxumdan juda tez, 4 — 5 kunda chiqib bo‘ladi. Ba’zi hollarda, ko‘zachalar joylashgan maydonlarni suv bosganda lichinkalar chiqishi 2 — 2,5 oygacha cho‘ziladi, qolganlari pasayib, tuproq quriganda va yer isiganda chiqadi. Òuproq juda qurib ketsa ham lichinkalarning tuxumdan chiqishi 15 — 20 kunga kechikishi mumkin. Janubiy tomonga qaragan qirlardagi o‘t kamroq bo‘lgan joylarda, qumloq yengil tuproqli yerlarda lichinkalar 6 — 15 kun oldin chiqadi. Òuxumdan yangi chiqqan lichinka oqish rangda bo‘lib, bir-ikki soat o‘tgandan keyin to‘q kulrang yoki qora rangga aylanadi. Ular rangining bunday o‘zgarishi yorug‘lik va haroratga bog‘liq bo‘ladi. Janubiy tumanlarda lichinka 30 — 40 kunda rivojlanadi. Ularning rivojlanishi atrof-muhit haroratiga bog‘liq. Chigirtkalar 30 — 40°C da, 2 — 3 kunda tuxumdan chiqadi. Rivojlanishi bu haroratda 13 —15 kunda tugaydi. Ularning rivojlanish tezligiga oziq va namlikning ta’siri katta. Chigirtkalar lichinkasining bir yoshdan ikkinchi yoshga o‘tishi ularning po‘st tashlashi bilan birga boradi. Po‘st tashlashdan bir sutka avval ularning aktivligi pasayadi va ishtahasi kamayadi. Po‘st tashlashga 4 —6 soat qolganda, umuman oziqlanmaydi. Po‘st tashlab bo‘lgandan keyin 2 — 3 soat harakatlanmaydi. Po‘st tashlashdan avval lichinka o‘simliklarga chiqib, boshini pastga qilib, orqa oyog‘ining panjalari bilan osilib turadi. Po‘st tashlash 10 — 20 minut davom etadi. Odatda, to‘dadagi 0,5% lichinkalar po‘st tashlab turadi, 10% dan 20%gacha lichinkalar passiv oziqlanadigan yoki po‘st tashlashga tayyorgarlik ko‘rishga moslashib turadi. 5 yoshda po‘st tashlagandan so‘ng qanotli chigirtkalar paydo bo‘ladi. Po‘st tashlab bo‘lgan katta yoshdagi chigirtkalar darhol o‘simliklarga chiqib, boshini yuqoriga qilib joylashadi. Keyinchalik, qaddini chiqarib, asta-sekin to‘g‘rilaydi va 1,5 — 2 soatdan so‘ng qanotlari qotadi. Katta yoshdagi, qanot chiqargan chigirtkalar 2 — 3 kun qanotidan foydalana olmaydi, xuddi lichinkadek bo‘lib yuradi va 2 — 3 kundan keyin uchishni boshlaydi. Oldin bir necha marta uchadi, keyinchalik uchish mahorati ortib boradi. Oradan 10 kun o‘tgach, qanot chiqargan chigirtkalar gala bo‘lib ucha boshlaydi. Ular o‘z uyalaridan 500 km gacha uzoqqa uchib ketishi mumkin. Osiyo chigirtkasi eng uzoqqa— 1200 km gacha uchishi kuzatilgan. Keyin u Amudaryoning quyi oqimidan Kaspiy dengizining g‘arbiy qirg‘og‘igacha uchib borgani aniqlangan. Qanot chiqargandan 20 — 30 kun keyin ommaviy juftlashish boshlanadi. Ayrim erkaklari qanot chiqargandan 12 — 15 kundan keyin ham juftlashishi mumkin. Juftlashish ommaviy bo‘lishida chigirtkalarning rangi o‘zgarib turadi, tiniqlashib boradi, ayniqsa, sariq ranglar juda ajralib turadigan bo‘lib, ular bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib, harakatchan bo‘lib, chirillagan tovush chiqaradi. Juftlashish ko‘p marta bo‘ladi, lekin urg‘ochi chigirtka uchun bir- ikki marta juftlashish yetarli bo‘lib, uning qo‘ygan tuxumi urug‘langan bo‘ladi. Dala sharoitida juftlashish 2 — 3 oygacha cho‘zilishi mumkin, ayniqsa, kun issiq vaqtda juda faol kechib, uning davomi 10 soatga cho‘zilishi mumkin. Qanot chiqargandan bir yarim oydan va juft- lashgandan 15 — 20 kundan keyin tuxum qo‘ya boshlaydi. Chigirtkalar, asosan, tuproqqa, ayniqsa, yengil qumoq yerlar va qumloq tuproqlarga yaxshi tuxum qo‘yadi, ayrim hollarda og‘ir, sho‘r- langan tuproqlarga va poyasi singan qamishlar ichiga, eski tuproq solingan uy tomlariga ham qo‘yishi mumkin. Òuxum qo‘yishga yetilgan chigirtkalar yerda harakatlanib, mo‘ylovi va qornining oxiri bilan tuproqni tanlaydi. Joy tanlagandan keyin tezlik bilan qorin qismining uchi bilan chuqurcha hosil qilib, tuxum qo‘yishga kirishadi. Òuxum qo‘yishigacha chuqurcha qilish va tuxum qo‘yish uchun bir soat talab qilinadi. Òuxum qo‘yish kunning eng issiq vaqtiga to‘g‘ri keladi. Lekin ayrim hollarda kechki paytda ham tuxum qo‘yishini kuzatish mumkin. Òuxum qo‘yishning dastlabki vaqtida qalin o‘simliklar bilan qoplangan joylarga, keyinchalik qamishzorlar atrofiga, quyosh tushadigan, o‘simligi kamroq tuproqlarga qo‘yadi. Ko‘zachalarining soni, asosan, haroratga ko‘proq bog‘liq. Masalan, ancha sovuq bo‘lgan Zayson zonasidagi urg‘ochi chigirtka bitta ko‘zachaga tuxum qo‘yadi. Issiq sharoitda, masalan, Sirdaryoning irmoqlarida bitta urg‘ochi chigirtka 5 tagacha ko‘zachaga tuxum qo‘yishi mumkin.Laboratoriya sharoitida temperatura 30 — 35°C, oziq mo‘l bo‘lganda7 — 8 ta ko‘zachaga, alohidalari esa 14 — 15 ta ko‘zachaga tuxum qo‘yishi mumkin. Shunday sharoitda ayrim urg‘ochi chigirtkalar 22 tagacha ko‘zachaga tuxum qo‘ygan. Ko‘zachalarning uzunligi 50 — 75 mm gacha yetadi, eni 7 — 10 mm bo‘ladi. Ko‘ndalang kesimi ko‘pincha yumaloq yoki biroz elliðssimon bo‘ladi. Òuproq turiga qarab ham ko‘zachalar har xil bo‘ladi. Yengil, mexanik tarkibi har xil bo‘lganda, ko‘zachalar turli shaklda bo‘lishi mumkin. Rangi qizg‘ish-jigar rang yoki sariq-qizg‘ish bo‘lib, ular ko‘piksimon massadan iborat. Ko‘zachaning pastki qismiga, asosan, o‘zidan bir miqdorda 4 — 5 ta ko‘ndalang qator hosil qilib, devorga nisbatan 45 — 50° burchak ostida tuxum qo‘yadi. Ko‘zacha devorining qalinligi 0,5 dan 1,5 mm gacha bo‘ladi. Ko‘zachaning yuqori qismi elastik, qopqog‘i bor. Oziq ko‘p bo‘lganda, bu ko‘piksimon moddalar ko‘p bo‘ladi. Agar oziq kam bo‘lsa, tuproq yaxshi yopishadi va tuxumlarni yopishtirish uchun ko‘piksimon moddalar yopishmasligidan ko‘zachalar tezda buzilib ketadi. Xuddi shunday, bahorda ham ko‘zachalar osonlik bilan buzilib ketadi. Ko‘zachalarning qalinligi 1 m2 da 1 — 2 tadan 800 tagacha bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda 7 — 8 ta bo‘ladi. Har bir ko‘zachada o‘rtacha 60 tadan 80 tagacha, ayrim hollarda 120 tagacha tuxum bo‘ladi. Òuxumlar yirik, silindrsimon, biroz bukilgan yoki to‘g‘ri, ikki tomonga qarab qisqarib boradi. Rangi pushti, sarg‘ish yoki jigarrang bo‘ladi. Shakli bug‘doy doniga o‘xshab ketadi, uzunligi 6,5 dan 8,5 mm gacha, vazni 0,0058 yoki 0,023 grammgacha bo‘ladi. Ular namlik yetishmasligiga juda sezgir, lekin past haroratda, ya’ni — 40°C da 2 sutka saqlansa ham, ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir etmaydi. Òuxumning embrional rivojlanishi asosan uch davrga bo‘linadi: 1. Òuxum qo‘yilgan vaqtdan diapauzaga o‘tishigacha bo‘lgan davr. 2. Diapauza vaqti. 3. Keyingi rivojlanish davri bo‘lib, to lichinka tuxumdan chiqi- shigacha davom etadi. Birinchi davrda tuxumda embrion hosil bo‘lish jarayoni boradi, bunda tanasi aniq segmentlarga bo‘lingan bo‘lib, bosh va ko‘krak qismi yaxshi ko‘rinadi. Bunda tuxumning 2/5 qismini embrion egallaydi, uning bosh qismi pastga qaragan bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Laboratoriya sharoitida harorat 30° bo‘lganda bu davr 6 kunga, tabiatda esa 8 — 10 kunga cho‘ziladi. Ikkinchi davr ancha tinch davr bo‘lib, bahorda tugaydi. Diapauza davri 20 — 30°C haroratda tugab qolishi mumkin. Bu davrning tugashi uchun 2 — 3 oy talab qilinadi. Uchinchi davrda em- brion 180° burilib, uning bosh qismi yuqoriga qaragan bo‘ladi. Bunda embrion tez rivojlanib, tuxumdan lichinka chiqishi bilan bu davr yakunlanadi. Harorat 30 — 33°C bo‘lganda 7 — 8 kun, 20 — 30°C bo‘lganda 2 — 3 oy embrion to‘liq siklni o‘tishi, lekin tabiatda bu jarayon bahorda tamom bo‘lishi ham mumkin. Chigirtkalarning tuxum qo‘yishi shimoliy tumanlarda sentabr oxirlariga, janubiy rayonlarda esa oktabrning o‘rtasi va oxirlariga to‘g‘ri keladi. Kunlar soviganda, uzoq vaqt harorat past bo‘lganda (kechalari 5°C gacha pasayganda) chigirtkalar yoppasiga nobud bo‘ladi. Ular tuxum qo‘yib bo‘lganidan keyin nobud bo‘ladi. Adabiyotlar: Download 152.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling