1. Haqiqiy pullar
Download 19.51 Kb.
|
Ziyovuddin Bektemirov pul va banklar
2. Oltin standartlari
Oltin standart - mamlakatning pul va valyuta munosabatlarini oltindan pul tovari sifatida foydalanish asosida tashkil qilish shakli. Oltin standart oltin tanga, oltin yombi va oltin deviz (oltin valyuta) turlariga boʻlinadi (qarang Devizlar). Oltin tanga standart eng barqaror pul tizimi bo'lib, inflyasiyani istisno etadi, chunki ehtiyojdan ortiq oltin tangalar muomaladan olinib xazinaga aylanadi. Oltin standartni 1821-yilda Angliya banki boshlab berdi. Bu tizim huquqiy jihatdan 1867- yilda Parij konferensiyasida davlatlararo bitim bilan rasmiylashtirildi. Milliy valyuta kursi oltinga qat'iy bog'liq bo'lib, valyutaning oltin tarkibi orqali qat'iy valyuta kursi bo'yicha birbiri bilan o'zaro muvofiqlashtirilgan. Ularning oltin pariteti valyutalarda rasmiy belgilangan oltin miqdoridan kelib chiqqan holda aniklanib, valyutalar bevosita oltinga ayirboshlanar edi. Oltin tangalar cheklovlarsiz muomalada boʻlgan va zarb qilingan, qog'oz pul oltin tangalarga erkin almashtirilgan, narxlar oltinda hisoblangan. Birinchi jahon urushi davrida deyarli barcha mamlakatlarda qog'oz pullarga oltin almashtirish to'xtatildi, muomaladagi oltin tangalar muomaladan chikarildi. 20-asrning 20-yillaridan ayrim mamlakatlarda (xususan, AQSH va Buyuk Britaniyada) oltin yombi standart joriy etildi, bunda banknotlar 12,5 kg gacha bo'lgan oltin yombilarga almashtirilgan, buning uchun esa bank- ka katta pul miqdorini takdim etish lozim bo'lgan. Boshqa mamlakatlarda kredit pullarini dastlab oltin yombi standarti mamlakatlari valyutalaridagi devizlarga so'ngra oltinga almashtirish tartibi paydo bo'ldi va Oltin standartning bu shakli oltin deviz standart nomini oldi. Bu shaklda bir mamlakat va-lyutasi boshqa mamlakatlar vositasiga bog'liq qilib qo'yiladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Bretton - Vudsvalyuta tizimi shakllandi (k,. Bretton- Vuds bitimi) va oltin deviz standart fakat markaziy banklaruchun saqlab qolindi. Oltin jahon puli sifatida Yamayka shartnomasi (1976) imzolanishiga qadar muomalada bo'lgan. Download 19.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling