Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)
O‘z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga (AD = AS) erishiladi. Aksincha, haqiqiy ishlab chiqarish (Y2) uning muvozanat darajasidan (Y0) kam bo‘lgan vaziyatda esa, firmalar iste’molchilar talabiga nisbatan kam ishlab chiqarayotganligini (AD>AS) ko‘ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zaxirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaIM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o‘sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.
Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste’mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o‘zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o‘sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig‘ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |