1. Har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada (keyingi o‘rinlarda mahalla) yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilsin
Download 0.62 Mb.
|
PQ-92 19.01.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nogironligi bo‘lgan yoshlarga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qaroriga 2-ILOVA Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi TARKIBI
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qaroriga 3-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni 7-bandida: “Naimenovaniye meropriyatiya” ustunidagi “pervichnimi organizatsiyami Soyuza molodeji Uzbekistana” so‘zlari “territorialnimi podrazdeleniyami Agentstva po delam molodeji” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Soyuz molodeji Uzbekistana (K. Kuranbayev)” so‘zlari “Agentstvo po delam molodeji (A. Sa’dullayev)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3402-son qarorida: 5-banddagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1-ilova 3-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi” va “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari raislari” so‘zlari tegishincha “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi” va “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarori 8-bandining birinchi xatboshisidagi “, 2018-yil 27-iyundagi ““Yoshlar — Kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmonlari” so‘zlari “Farmoni” so‘zi bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarori 7-bandining “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarori 7-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor (filial direktorining birinchi o‘rinbosari) lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;”. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisidan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi,” so‘zlari chiqarib tashlansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisidan “, “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4768-son qarorida: a) 1-bandda: to‘rtinchi xatboshidagi “75” raqami “71” raqami bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “766” raqami “10 652” raqami bilan almashtirilsin; b) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori (filial direktorining birinchi o‘rinbosari) lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;”; v) 2 — 4-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga 2-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 71 shtat birligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga 3-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 shtat birligi, jami — 210 shtat birligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga 4-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limlarining TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 4,5 — 7 shtat birligi, jami — 10 442 shtat birligi. * Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni hududdagi mahallalar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. ** Hududdagi mahallalar sonidan kelib chiqqan holda mos ravishda belgilanadi. Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari yuridik shaxs hisoblanadi.”. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son) Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling