1. Har qanday jarayon muayyan natijaga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil xarakatlar majmuasidan iborat bo`ladi
Download 24.82 Kb.
|
1-seminar
1. Har qanday jarayon muayyan natijaga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil xarakatlar majmuasidan iborat bo`ladi. Tarbiya jarayoni natijasi har tomonlama va uyg‘un kamol topgan, yangi mustaqil o`zbekiston ravnaqini ta’minlaydigan komil insonni shakllantirishdan iborat. Bu jarayon ikki tomonlama bo`lib, uyushtirish, rahbarlik va tarbiyalanuvchining faolligini talab etadi. Bu jarayonda o`qituvchi yetakchi-chunki u tarbiya maksadlarini amalga oshirish faqturini ishlab chiqadi, tarbiya shakllari, metod va usullarini asosli tarzda tanlab oladi va tadbik etadi. Tarbiya mohiyati-muayyan voqea rivojlanishining asosiy belgilari va tendensiyalarini belgilovchi chuqur aloqalarni, ichki munosabatlarini aks ettiradi. 1. Shaxs tarbiyaning qonuniy natijasi sifatida yaxlit mavjudotdan iborat. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, yaxlit kompleks shaklida rivojlanadi. Bola o`qib rivojlanib borgan sari tarbiya fazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabakalashib boradi. 2. Tarbiya komponentlari o`zaro aloqada bo`lib, maksad, vazifa, tarbiya mazmuni, shakllari va metodlari mushtaraqligi bilan shakllantirilishi kerak. 3. Tarbiya jarayoni ob’yektiv ravishda aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiya birligini, o`quvchilarning ongi, xulq- atvori va faoliyati birligini, tarbiya jarayonini tashkil etishning individual, gruppali va ommaviy shakllari qo`shib olib borishini ta’minlaydigan pedagogik tizimni vujudga keltirishni va bu tizimning amal qilishini talab etadi. 4. Tarbiya jarayoni shaxsning sotsial qadrli vazifalarini shakllantirishga, uning dunyoga-jamiyat, odamlar va o`ziga nisbatan munosabati doirasini vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir. 5. Tarbiya ko`p faktorlik xarakter ega. Bola shaxsi qaror topishida maktab, oila, jamoatchilik, mahalla, sotsial muxit va turli vaziyatlar xilma-xil, bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatadi. /Bolani hamma narsa tarbiyalaydi/. 6. Tarbiya uzoq davom etadigan va uzluksiz jarayon bo`lib, kishining umri oxirigacha davom etadi. 7. Tarbiya jarayoni natijalari odatda bir xil bo`lmaydi. Bu narsa ko`pgina sabablarga, o`quvchilarning individual-tipalogik tafovutlariga, ularning ma’naviy tajribasiga, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘liq. 8. Tarbiya o`z-o`zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash bilan qo`shib olib boriladi. Tarbiya kuch, xosiyati haqidagi sharq buyuk olimlarining pedagogik qarashlari katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalarning g‘oyalri hamda pedagogik qarashlari ijtimoiy pedagogik fikr taraqqiyotining dunyoviy jarayoniga ko`p jihatdan ta’sir ko`rsatadi. 2. Tarbiya tamoyillari Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisiga aytiladi. Tarbiya tamoiyllari oʻqituvchi va tarbiyalanuvchilarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi qoidalar boʻlib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilgʻor ta’limotlar gʻoyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilgʻor tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat: · Tarbiyaning maqsadga yoʻnaltirilganligi va gʻoyaviyligi; · Tarbiyada demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustunligi; · Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi; · Tarbiyada izchillik va tizimlilik; · Tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan qoʻshib olib borish; · Tarbiyani mehnat bilan bogʻlash; · Tarbiyalanuvchi shaxsni xurmat qilish; · Tarbiyada oʻquvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish; · Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash; · Tarbiyada oʻquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yoʻqotish. Tarbiyaning maqsadga yoʻnaltirilganligi va gʻoyaviyligi – oʻqituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur. Yosh avlodni yuksak gʻoyaviylik ruhida tarbiyalash – ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat boʻlishi mumkin emasligini singdirish, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq ta’limi hodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ruyobga chiqarishga yoʻnaltirilishi zarur. Oʻqituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har bir oʻqituvchi – tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat boʻlishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil oʻz vazifasini bajargan boʻladi. Tarbiyada demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustunligi – tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish har bir bola, oʻsmir va oʻspirinning betakror va oʻziga xosligini xurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu – tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlaridan yuqori qoʻyish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini oʻzgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. Oʻqituvchi oʻquvchiga avvalgidek tarbiya obyekti emas, balki oʻzi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya’ni oʻquvchi teng huquqli hamkor, hamfikr deb qarash lozim. Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning diqqat markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya’ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllantirishdek faoliyat yotadi. Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi – xalqning koʻp asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy oʻzlikni anglash, milliy gʻurur tuygʻusini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari, urf odatlari, marosimlari, xalq ogʻzaki ijodi, milliy oʻyinlar va ularda ifodalangan gʻoyalarni oʻquvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu gʻoyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim. Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli boʻlgan, insoniyat oʻtmishi, buguni hamda kelajagi uchun dahldor qadr-qimmatga ega boʻlgan an’anlar, urf-odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuygʻusini uygʻotish, ularni qoʻllab-quvvatlash, ezgu gʻoyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim.
Yosh avlodni yuksak gʻoyaviylik ruhida tarbiyalash – ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat boʻlishi mumkin emasligini singdirish, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq ta’limi hodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ruyobga chiqarishga yoʻnaltirilishi zarur. Oʻqituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har bir oʻqituvchi – tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat boʻlishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil oʻz vazifasini bajargan boʻladi. Tarbiyada demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustunligi – tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish har bir bola, oʻsmir va oʻspirinning betakror va oʻziga xosligini xurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu – tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlaridan yuqori qoʻyish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini oʻzgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. Oʻqituvchi oʻquvchiga avvalgidek tarbiya obyekti emas, balki oʻzi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya’ni oʻquvchi teng huquqli hamkor, hamfikr deb qarash lozim. Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning diqqat markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya’ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllantirishdek faoliyat yotadi. Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi – xalqning koʻp asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy oʻzlikni anglash, milliy gʻurur tuygʻusini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari, urf odatlari, marosimlari, xalq ogʻzaki ijodi, milliy oʻyinlar va ularda ifodalangan gʻoyalarni oʻquvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu gʻoyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim. Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli boʻlgan, insoniyat oʻtmishi, buguni hamda kelajagi uchun dahldor qadr-qimmatga ega boʻlgan an’anlar, urf-odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuygʻusini uygʻotish, ularni qoʻllab-quvvatlash, ezgu gʻoyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim. Tarbiyada izchillik va tizimlilik – tarbiyaga yaxlit tizimli yondoshish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yoʻnaltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart. Tarbiyada izchillik juda muhimdir. Oʻquvchilarga birdaniga koʻp talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. Oʻqituvchilar oʻquvchilarga boʻlgan munosabat jarayonida oʻzaro bir-biriga zid harakatda boʻlmasliklari, yagona talab qoʻyishlari lozim. Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qoʻshib olib borish. Mehnatning tarbiyaviy ta’siri gʻoyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs oʻz qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir. Oʻquv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat oʻquvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini taminlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma’naviy tarbiya berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Maktabda oʻqishning oʻzi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam bogʻlangan. Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish – oʻquvchilarni ijtimoiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi. Oʻquvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat koʻrsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning koʻrsatishicha, qayerdaki oʻquvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch boʻlsa, shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali boʻladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qoʻshadi, oʻqituvchiga nisbatan hurmatni uygʻotadi. Tarbiyada oʻquvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish – tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yosh va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha boʻladi. Bolalar maktabda rivojlanishining turli davrlarini bolalik, oʻsmirlik va oʻspirinlik bosqichlarini bosib oʻtadilar. Shu davrlar ichida bolaning axloqiy turgʻunligi rivojlanadi, xulqi va ongi oʻrtasidagi uygʻunlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har bir oʻquvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy oʻsishida bir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil boʻladi. Bu farqlar ularning xulqida, oʻqishi va mehnatida aks etadi. Bir oʻquvchiga nisbatan foydali metodni boshqa oʻquvchiga nisbatan qoʻllaganda natijasiz boʻlib chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir oʻquvchi xususiyatini oʻrganish maqsadga muvaffiqdir. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya jarayoni oʻquvchilarning jamoa boʻlib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, oʻzaro yordam tuygʻusini oʻstirishga hizmat qilishi lozim. Tuygʻu tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va iste’dodini rivojlantirish uchun keng yoʻl ochadi. Jamoada bola har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega boʻladi. Oʻquvchilar ahil jamoa boʻlib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarini amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyatli boʻladi, har bir shaxsga ta’sir etadi. Oʻz manfaatini jamiyat manfaaati bilan qoʻshib olib borish, oʻzaro yordam kabi fazilatlar, avvalo, jamoada shakllanadi. Oʻqituvchi hamma vaqt oʻquvchilar jamoasiga tayanmogʻi, ularni jamoa boʻlib turli ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga oʻrgatib borish lozim. Tarbiyada oʻquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yoʻqotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar oʻz oʻquvchilaring shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish koʻradilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish uning salbiy sifatlarini yoʻqotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning toʻgʻri hal etilishiga koʻp jihatdan bogʻliq. Tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻqituvchi (tarbiyachi) tomonidan qoʻllaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir.
3. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovasion texnologiyalardan foydalanish. Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda oʻziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy gʻoyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilash mumkin: tarbiya jarayonining umumiy loyihasi; tarbiyani tashkil etishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyoj (ragʻbat); tarbiya maqsadi; tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar); tarbiyachi faoliyati; tarbiya samarasi (natija). 4. pedagogika fanining o’zi ham mustaqil fan sifatida, faqatgina, XVII asrdan boshlab shakllangan. Bu buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) nomi va uning «Buyuk didaktika» asari bilan bog’liq. Bu asarda pedagogikaning tadqiqot predmet iva printsiplari belgilab berilgan. Pedagogik jarayon qonuniyatlari ko’rsatib berilgan. Shu bilan birga pedagogika tarixining ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Ilgari ta’kidlab o’tganimizdek, pedagogika uzoq asrlardan buyon falsafa fani doirasida rivojlanib keldi. Shu nuqtai nazardan ijtimoiy pedagogika pedagogika fanidan yosh emas, doimo pedagogikaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida pedagogika fani doirasida, u bilan birga rivojlangan. Shu sababli, ijtimoiy pedagogika tarixi muammolari bilan shug’ullanuvchi olimlar o’z tadqiqot ishlarini pedagogika tarixi, falsafa va barcha davrlar va xalqlar o’tmish allomalarining pedagogik qarashlari bilan bog’lashlari tasodif emas. Agar ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish davrlariga shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, uni bir qator bosqichlarga bo’lish mumkin deb o’ylaymiz. Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan mavjud. U o‘rta asrlardagi g’arb va sharq mutafakkirlarining asarlarida ko‘rib chiqilgan. O‘sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qo‘shdilar. O‘tgan davrlarda mehnatkashlaring o‘z munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yish borasidagi tajribalarini nafaqat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshqaruvchi ob’yektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tarzini tushunish uchun ham o‘rganish lozim. Sharqining qomusiy mutafakkiri Abu Nasr al-Forobiy (873-950) insonni har tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxt-saodatga yetaklash yo‘llari va usullarini o‘zining ijtimoiysiyosiy ta’limoti markaziga qo‘yadi, bu esa uning dunyoqarashlarning umuminsoniy asosga egaligidan dalolat beradi. Aynan shunday maqsadlar Forobiyning shaxsni tarbiyalash va ta’lim berish, uni takomillashtirish hamda uning ijtimoiy muammolarni hal etishdagi faol roliga nisbatan dunyoqarashlarining bosh mazmunini tashkil etadi. Uning fikriga ko‘ra, ta’lim va tarbiya oilada, o‘qituvchi yordamida maktabda va yaxshilikka asoslangan jamiyatda uning rahbari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Forobiy fikriga ko‘ra – ta‘lim – bu nafaqat aqliy rivojlanish, balki umuman ma’naviy rivojlanish, shu jumladan axloqan rivojlanish poydevoridir. Ta’lim va tarbiya o‘zaro bir-biriga bog’liq bo‘lib, ular shaxsni ma’nan kamolotga yetkazuvchi turli yo‘llar hisoblanadi. Forobiy ijtimoiy tarbiyani tartibga solish, uni boshqarish masalalariga alohida e’tibor bergan. U mehnat faoliyati tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi, degan xulosaga keladi. Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 – sog’ – salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmasligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3– xotirasi mustahkam, 4– zehni o‘tkir, 5– o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6– bilim-ma’rifatga havasli, 7– taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o‘zini tiya oladiga bo‘lishi (qimor yoki boshqa o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi, 8– haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yelg’onchilarni yomon ko‘radigan, 9– o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi, 10– mol dunyo ketidan quvmaydigan,11 – adolatparvar, 12 – qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko‘rishni istaydi. Ibn Sino (980 – 1037) pedagogika masalalariga ijodiy yondashgan. U bola tabiatini nafaqat tabib, balki yetuk pedagog sifatida ham chuqur bilishini namoyon qilgan. Olimning bolalarga ta’lim va tarbiya berish haqidagi ko‘plab fikrlari o‘zining chuqurligi, insonparvarlik ruhi bilan yo‘g’rilganligi va tarbiyadek murakkab muammoni to‘g’ri talqin qilishi bilan kishini lol qoldiradi.Sharq mutafakkirlarining tarbiyalashga oid qarashlari Ibn Sino taklif qilgan tarbiya va ta’lim mazmuni aqliy tarbiya, jismoniy sog’lomlashtirish, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya va hunar o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ibn Sino bola tarbiyasining butun mashaqqati va murakkabliklarini juda chuqur tushungan. ’’Tib qonunlari ’’ning «Tarbiya haqida» nomli bo‘limida qo‘yilgan masalalar aniq hal etiladi, bola xarakterini tarbiyalash haqida qimmatli fikrlar bildiriladi. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik ijodida oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor qaratiladi va bunda bosh rol oila boshlig’i – ya’ni otaga beriladi. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tarbiyalashi lozimligini tushuntirib beradi. Uning fikrlariga qaraganda, bolaning onasi o‘z farzandi tarbiyasida ko‘proq hissiyotlarga beriladi va bola tarbiyasida to‘g’ri yo‘lni tanlay olmaydi. Ibn Sino tarbiyachi oldiga aniq vazifalarni qo‘yadi: u o‘z shogirdini qachon jazolashi yoki rag’batlantirishi mumkinligini yaxshi bilmog’i lozim. Ibn Sino bola shaxsini hurmat qilish, bolaning tabiiy yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda uning qiziqishlarini o‘rganishga chaqiradi. U yoshga qarab davrlarga bo‘lib chiqishga harakat qilgan. O‘smirlikkacha bo‘lgan davrni u beshta davrga bo‘lgan: chaqaloqlik (bola tug’ilganidan boshlab yo‘lga yurib ketgunicha bo‘lgan davr); bolalik davri (yo‘lga yurgandan so‘ng); organizm chiniqqani va qoziq tishlari chiqqanidan keyingi davr; o‘smirlik va jinsiy yetilish davri; o‘smirlik davri (o‘sish to‘xtatuguncha bo‘lgan davr).Sharq mutafakkirlarining tarbiyalashga oid qarashlari Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va qiyinchiliklarini tushungan. U jismoniy jazoning me’yoridan ortib ketishiga qarshi chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, risoladagidek tarbiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda bo‘lish darkor. Tarbiyachining o‘zi bola shaxsini hurmat qilishi, uni sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim. Ibn Sino tarbiya omilining ahamiyatini chuqur anglagan va ijobiy omil ahamiyatini juda qadrlagan, uni tarbiyaning asosiy vositalaridan biri deb bilgan. Ayniqsa,Alisher Navoiy asarlari besh yuz yildan buyon ko‘plab avlodlarni hayajonga solib keladi. Insonparvarlik, muhabbat g’oyalari, insonning oliy maqsadlarini kuylash Navoiy merosida asosiy o‘rin tutadi. Navoiyning pedagogik qarashlari o‘ta insoniyligi bilan ajralib turadi. U bola shaxsini shakllantirish va tarbiyalash masalalariga juda katta ahamiyat bergan, Navoiy farzandni oilaga quvonch va baxt keltiruvchi shamchiroq, deb bilgan. Navoiy bolaga uning yoshiga qarab eng kichik yoshdan to‘g’ri tarbiya berish zarur, fanlarni o‘rganishni iloji boricha barvaqt boshlash lozim, deya ta’kidlagan.Sharq mutafakkirlarining tarbiyalashga oid qarashlari Download 24.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling