1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini vazifalari, maqsadi. Hayot faоliyati хavfsizligi nazariyasining asоsiy tushuncha va ta’riflari


Download 170.18 Kb.
bet5/21
Sana30.04.2023
Hajmi170.18 Kb.
#1411354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-MARUZA. KIRISH. HAYOT FAОLIYATI ХAVFSIZLIGINI TA’MINLASH ASОSLARI.

Xavf-xatar nima?
Xavf-xatar hayotiy faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, odam sog’lig’iga bevosita yoki bo’shqa yo’llar bilan zarar yetkazadigan; ya’ni ko’ngilsiz xodisalar, oqibat yaratuvchilar tushuniladi. Xavfni ifodalaydigan beigilar soni tajribaning maqsadiga qarab ko’p yoki kam bo’lishi mumkin.
Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalarni (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari) o’z ichiga oladi, chunki hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) da faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi. Hayotiy faoliyatga to’g’ri kelmaydigan elementlar sistemasi kimyoviy va biologik aktiv moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi
Taksonomiya - bu murakkab xodisalarning tushunchalarini, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni turkumlash (klassifikatsiya) va sistemalash to’g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o’rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo’lib, hali to’la ishlab chiqilmagan. Shuning uchun bu to’g’rida taksonomiyaning ishlangan qismi to’g’risida so’z olib boramiz:
1. Kelib chiqishi bo’yicha xavflar tabiiy, texnik, ekologik va aralash bo’ladi.
2. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo’yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy turlarga bo’linadi.
3. Salbiy oqibatlarning ro’y berish vaqti bo’yicha xavflar impulsiv (beixtiyor harakat) va kumulyativ (to’satdan keluvchi) larga bo’linadi.
4. Xavflarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha (lokalizatsiya) - litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo’ladi.
5. Xavflar kelib chiqadigan oqibatlari bo’yicha - charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar va o’limga olib boradigan sabablar.
6. Xavflar keltiradigan zarari bo’yicha - ijtimoiy, texnik, ekologik va h.k.
7. Xavfni namoyon bo’ladigan muhiti bo’yicha – maishiy, sport, yo’l transport, ishlab chiqarish va harbiy.
8. Odamga ta’siri bo’yicha xavf - aktiv va passiv, o’ta ta’sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, aroq, sigareta) bo’ladi. Passiv deganda odamning o’zi sababchi bo’ladi.



Download 170.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling