1. хх-асрнинг 60-80 йилларда Ғарбда замонавий менежментнинг ривожланиш босқичларини тахлил қилинг


Download 15.74 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi15.74 Kb.
#230388
Bog'liq
2-ТОПШИРИК


1.ХХ-асрнинг 60-80 йилларда Ғарбда замонавий менежментнинг ривожланиш босқичларини тахлил қилинг.

2.Ўрта Осиёда менежментнинг назарий асослари ва унинг асосий принципларини айтинг ва уларни таърифланг.

1. XX asrning 60-80-yillarida g’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlandi. 
g’arb  nazariyotchilari  boshqaruvning  ijtimoiy  tizimlar  maktabini  tashkil  qilish 
maqsadida: 
 tizimli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishdi; 
  yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishdi; 
 bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta'sirini o’rganishdi. 
Bu  maktab  namoyandalari  (amerikalik  Ch.  Barnard,  G.  Saymon)  zamonaviy 
menejmentda quyidagi to’rt yondoshuvni asoslab beradi: 

1. Tizimli yondoshuv - Tizim-bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan qismlar majmuidir. har bir qism yaxlit tizimning o’zgarishiga o’z hissasini qo’shadi. Tashkilot-bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga bog’liq. Tashkilotni boshqarishga tizimli yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e'tibor beriladi. 2. Vaziyatli yondoshuv - Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topolsak-da, bu o’rinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol ko’ndalang turmaydi. - Yaxlitning qaysi bir qismi o’ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashqi muhitning ta'siri bilan bog’lab o’rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi. 3. Funktsional yondoshuv - Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo’llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi: - rejalashtirish; - tashkillishtirish; - rahbarlik qilish; - muvofiqlashtirish; - nazorat qilish va hk. 4. Miqdorli yondoshuv - Bunday yondoshuvda asosan: -menejmentning operatsion printsipiga; -qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga; -matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e'tibor qaratiladi. Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi. Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qo’llagan holda tadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta'minlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.


 

2.O’rta  Osiyoda  menejmentning  nazariy  asoslari  va  uning  asosiy  printsiplari 
qadim  zamonlarda  ham  u  yoki  bu  ko’rinishda  mavjud  bo’lgan.  Ammo  ular  Amir 
Temur hukmronligi davriga kelib ma'lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning 
"Temur tuzuklari" asari yorqin misol bo’la oladi. 
"Temur  tuzuklari"  jahonga  mashhur  asardir.  Uning  qo’lyozma  nusxalari 
dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Frantsiya, 
Rossiya,  Frantsiya,  Germaniya,  Armaniston,  O’zbekiston  va  b.)  kutubxonalarida 
mavjud. Asar ikki qismdan iborat. 
Birinchi  qism  Amir  Temurning  o’z  davlatini  barpo  etish  uni  har  jihatdan 
mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo’shin tuzish borasida tadbiq etgan 
"tuzuklari"  va  rejalaridan  iborat  bo’lib,  unda  hatto  qo’shinning  jangovor  saflanish 
tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko’rsatib berilgan. 
Asarning  o’n  uch  qism  (kengash)dan  iborat  ikkinchi  bobida  esa 
Sohibqironning  kuchli  feodal  davlatni  barpo  etish,  qo’shin  tuzish  va  dushman 
lashkarini  sindirish  yuzasidan  tuzgan  kengashlari  va  amalga  oshirgan  ishlar  o’z 
ifodasini topgan. 
"Tuzuklar"  muallifning  fikricha,  har  bir  sohibi  toj davlat va  jamiyatni  ma'lum 
ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim.  
Davlatni  idora  qilishda  vazirlar,  amirlari  va  viloyatlarda  o’tirgan  noiblarning 
roli  benihoya  katta  bo’lgan.  Shuning  uchun  ham  Amir  Temur  ularni  tanlash  va 
vazifalarga  tayinlash  ishiga  alohida  ahamiyat  bergan.  Ular  Sohibqironning  fikricha 
sadoqatli,  axloqiy  pok,  adolatpesha,  tinchliksevar  va  tashabbuskor  odamlar  bo’lishi 
kerak.  "Tuzuklar"  muallifining  fikriga  ko’ra,  masalan,  vazirlar  to’rt  sifatga  ega 
bo’lishlari shart: 
1. Asillik, toza nasllik va ulug’vorlik. 
2. Aqlu farosatlik. 
3.  Sipoh  bilan  raiyat  ahvolidan  boxabarlik  va  ularga  g’amxo’rlik  ko’rsatish, 
ular bilan yaxshi muomalada bo’lish. 
4. Sabru bardoshlilik, muloyimlik. 
"Tuzuklar"da  keltirilgan  ma'lumotlarga  ko’ra  Amir  Temur  o’z  davlatini,  bir 
uchi  Chinu  Mochin  va  ikkinchi  uchi  Shom  hududida  bo’lgan  ulkan  malakatni  bor-
yo’g’i etti nafar vazir yordamida boshqargan.
Download 15.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling