1. Hisoblash tizimlari dasturiy ta’minoti ot rivojlanish bosqichlari


Download 74.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi74.05 Kb.
#1609652
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-document

2. OT rivojlanish bosqichlari 
Birinchi davr (1945-1955 yillar). Hammaga ma’lumki, kompyuter ingliz 
matematigi Charlz Bebich tomonidan 18-asr oxirida kashf etildi. Uning “analitik 
mashina”si haqiqatda ishlay olmadi, chunki u vaqtdagi texnologiyalar hisoblash 
texnikasi uchun zarur bo’lgan aniq mexanika detallarini tayyorlash bo’yicha zarur 
talablarni qondiradigan texnologiyalar mavjud bo’lmagan. Yana eng asosiy narsa, u 
vaqtda kompyuter operasion tizimga ega bo’lmagan. 
Raqamli hisoblash mashinalarini yaratishda, ikkinchi jahon urushidan keyin 
ma’lum progress-rivojlanish yuz berdi. 40 yillar o’rtalarida 1-chi lampali mashinalar 
yaratildi. U vaqtda ayni bir guruh mutahassislar hisoblash mashinalarini ham 
loyihalashda, ham ekspluatasiya qilishda va dasturlashda ham shu gurux 
mutahassislari ishtirok etganlar. Bu jarayon ko’proq, kompyuterdan instrument-
uskuna sifatida turli amaliy sohalar masalalarini yechishda foydalanish emas, balki 
hisoblash texnikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishiga yaqinroq edi. 
Dasturlash faqat mashina tilida amalga oshirilar edi. OT to’g’risida gap ham 
yo’q edi, chunki hisoblash jarayoni tashkil qilish masalalari, har dasturchi 
tomonidan boshqaruv pulti orqali “qo’lda” yechilar edi. 
Pult oldida faqat bitta foydalanuvchi o’tirish mumkin edi. Dastur mashina 
xotirasiga eng yaxshi xolatda perfokarta kolodasidan kiritilar edi, odatda esa 
o’tkazish paneli (panel pereklyuchateley) yordamida yuklanar edi. 
Hisoblash tizimi bir vaqtning o’zida faqat bitta operasiyani (kiritish-chiqarish 
yoki hisoblashlar) bajarar edi. Dasturni sozlash boshqarish panelidan xotira va 
mashina registri xolatini o’rganish yordamida olib borilar edi. Bu davr oxirida 
birinchi tizimli dasturiy ta’minot yuzaga keldi; 1951-1952 yillar simvolli tillar 
(Fortran va boshq) dan birinchi kompilyatorlar versiyalari yuzaga keldi, 1954y esa 
IBM-701 uchun Assembler ishlab chiqildi. 
Vaqtning eng ko’p qismi dasturni ishga tushirishga ketib qoldi, dasturlarning 
o’zi esa qat’iy ravishda ketma-ket ishlov berish rejimi deb ataldi. 
Xulosa qilib aytganda, birinchi davr, hisoblash tizimlarining yuqori narhi, 
ularning soni kamligi va foydalanishning past samarali bilan belgilandi. 

Download 74.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling