1. Hozirgi kunda axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib boryapti
Download 404.34 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqKompyuter lingvistikasi
«Informatsion jamiyat qurish - yangi
mingyillikning global chaqirig'idir». Sammitda ikki muhim hujjat qabul qilindi: Informatsion jamiyat qurish prinsiplari to‘glrisidagi Deklaratsiya1 hamda information jamiyat qurish bo‘yicha ish reja. Mazkur hujjatlarda belgilanishicha, endilikda jamiyatning taraqqiyoti kompyuter texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoladi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter lingvistikasi informatsion texnologiyalarning istiqbolini belgilovchi eng muhim yo‘nalish sanaladi hamda u informatsion jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Olimlar kompyuterlarni intellektual jarayonlar avtomatizatsiyasini yuzaga chiqaruvchi muhim vosita sifatida baholadilar. Kompyuterlardan teoremalani isbotlashda, rasm chizishda, shaxmat o`yinida foydalanilishi sun’iy intellekt bo‘yicha izlanishlaming ilk samarasidir. Insonning aqliy faoliyatini modellashtiruvchi dasturlarning yaratilishi muayyan sohalardagi murakkab masalalarni yechuvchi ekspert tizimlarining yuzaga kelishiga olib keldi. Kompyuter Iingvistikasi ijtimoiy-iqtisodiy, fan taraqqiyoti asosidagi soha hisoblanadi. Kompyuter Iingvistikasi fanidan kutilayotgan natijalar quyidagicha: 1) kompyuterda sun’iy intellektni yaratish ehtiyoji yuzaga keldi (sun’iy intellekt vaziyatdan kelib chiqib, manfaatli va ijobiy samaraga ega bo`lgan funksiyalarni bajaradi); 2) hozirga qadar kompyuter lingvistikasi shakl va belgilar orqali muloqotni ta’minlagan bo`lsa, endilikda ovozli buyruqlarni qabul qilishga ixtisoslashgan dasturlar ustida ish olib borish lozim bo`ladi 3) mashina tarjimasini rivojlantirish, avtomatik tarjima mukammalligiga erishishni asosiy maqsadlardan biridir; 4) kompyuter lingvistikasida buyruqlarni belgi va simvollarsiz mashinaga yetkazib berish usullarini ishlab chiqish va tajribalar o‘tkazish talab etiladi. 5) kompyuter lingvistikasining ijtimoiy sohalar taraqqiyotini ta’minlovchi vosita sifatidagi ahamiyatini yoritish lozim bo‘ladi. Kompyuter Iingvistikasi fanining bosh maqsadi - odam va mashina o‘rtasidagi muloqotni ta’minlashdan iboratdir. Sohada erishilgan yutuqlar sirasiga sun’iy til va mashina taijimasi borasidagi yutuqlami keltirish mumkin. Endilikda “sun’iy ong” shakllantirish asosiy vazifa bo‘lib,u mashina-.kompyuterning vaziyatdan kelib chiqib harakatlanishini ta’minlaydi. o‘zbek kompyuter lingvistikasini to‘laqonli, chinakam fan sifatida shakllantirish uchun bosqichli va uzviy reja asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish lozim. Keyingi yillarda amaliy lingvistika sohasiga ijtimoiy taraqqiyotni belgilovchi omillardan biri sifatida e’tibor qaratiimoqda. Amaliy lingvistika birinchi navbatda o‘qitish metodikasini takomillashtirishga asoslangani, grammatik xususiyatlami umumlashtirgan holda chet tillarini, milliy tilni ona tili va chet tili sifatida o‘qitish bilan shug‘ullangani uchun ham unga bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoj ortib bormoqda.Amaliy lingvistika til birliklaridan kundalik faoliyatda foydalanish darajasini aniqlovchi, til sohibining amaliy faoliyati bilan bog‘liq bo`lgan soha hisoblanadi. o‘zbek tilshunosligida shu kunga qadar amaliy lingvistika borasida tadqiqot olib borilmagan yoki ilmiy izlanishlar yaratilmagan, degan fikrdan yiroqmiz. Negaki,mavjud adabiyotlardagi fikr- mulohazalarda amaliy lingvistika masalalari qisman bo`lsa-da, aks etgan. Faqat bu masalalar shunchaki axborot tarzida berib o‘tilgan.Hozirgi davr amaliy lingvistikaning alohida soha sifatida rivojlanishini taqozo qilmoqda. Axborotni tez sur’atda yetkazish, ketma-ketlikda o'zlashtirish, ma'lumotlar oqimini boshqarish amaliy lingvistikaning dolzarbligini belgilaydi. Amaliy lingvistika til imkoniyatlaridan foydalanish darajasini, til birliklarining nutqiy jarayondagi semantik xususiyatlarini o‘zlashtirish masalalarini ham ifoda etmoqda. Shu jihatdan,amaliy lingvistika tamoyillari bugungi kunda ijtimoiy sohalarda, ishlab chiqarish birlashmalarida til birliklarining pragmatik, psixolingvistik xususiyatlari bilan bog`liq muammoli vaziyatlarda, lingvistik ekspertiza jarayonlarida hal qiluvchi ahamiyatga egadir . Foydalanilgan adabiyotlar:Internet ma`lumotlari,Nukus davlat pedagogika instituti talabalarining kompyuter lingvistikasiga oid bo`lgan kurs ishalaridan,Alisher Navoiy Nomidagi Toshkent Davlat O`zbek tili va Adabiyoti Unversiteti Xolmonova Zulxumor Turdiyevna ustozning ‘’Kompyuter lingvistikasi’’ nomli o`quv qo`llanmasi hamda shaxsiy fikr va qarashlardan foydalanildi. 15.04.2023 Download 404.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling