1. Hujayra nafas olish bosqichlari Krebs sikli mahsulotlari


Download 2.6 Mb.
bet1/6
Sana11.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1767266
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sodiqova Laylo


Mavzu: Krebs sikli va uning energetikasi

Tayyorladi: Sodiqova Laylo
Tekshirdi: Soliyeva Dilafruz


Reja:
1. Hujayra nafas olish bosqichlari
2. Krebs sikli mahsulotlari
3. Krebs sikli bosqichlari
4. Krebs siklining biokimyoviy vazifalari
5. Krebs siklining ahamiyati.
6. Patofiziologiya
Krebs sikli mitoxondriyal matritsada sodir bo'ladi

Krebs sikli tarixi


Ushbu jarayonni birinchi bor ingliz biokimyogari G. Krebs (1937) hayvonlar organizmi misolida ko‘rsatganligi uchun, ko'pchilik hollarda Krebs sikli deb ham yuritiladi. 0‘simliklarda ham ushbu jarayonning mavjudligini ingliz tadqiqotchisi A.Shibnell (1939) aniqlagan. Shuni aytib utish lozimki, o‘simliklarda ushbu jarayonda qatnashuvchi barcha kislotalar va ularning metabolik o‘zgarishida qatnashuvchi fermentlar aniqlangan. Krebs siklining ketma-ketligi, Organik kislotalarning nafas olish jarayonida qatnashishi haqidagi fikr avvaldan bir qancha olimlarningdiqqatini o'ziga tortib kelgan. Masalan, shved kimyogari T.Tunberg (1910) hayvon to'qimalarida ayrim organik kislotalardan (qahrabo, olma, limon) vodorodni tortib oluvchi fermentlar mavjudligini aniqlagan. Kcyinchalik venger olimi A.Sent-Derde muskul to'qimalarining gomogcnatiga oz miqdorda qahrabo, olma va shavelsirka kislotasining qo'shilishi to'qimalar tomonidan kislorod yutilishini keskin ko'paytirishini kuzatgan.
Hujayra nafas olish bosqichlari
Hujayra nafas olish - bu hujayralarda sodir bo'ladigan katabolik reaktsiya. Bu biokimyoviy jarayon bo'lib, unda ozuqa moddalari energiyani chiqarish uchun parchalanadi, u ATP shaklida saqlanadi va chiqindi mahsulotlar chiqariladi. Aerob nafas olishda kislorod talab qilinadi.
Hujayra nafasi to'rt bosqichli jarayondir. Bu jarayonda glyukoza karbonat angidridga oksidlanadi, kislorod esa suvga aylanadi. Jarayonda chiqarilgan energiya ATP shaklida saqlanadi. Har bir glyukoza molekulasidan 36 dan 38 gacha ATP hosil bo'ladi.


Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling