92. 942-modda. Qarzni yangilab, qarz majburiyatiga aylantirishTaraflarning kelishuviga muvofiq, oldi-sotdi, mulkni ijaraga olish yoki boshqa asoslar tufayli paydo bo`lgan har qanday qarz qarz majburiyati bilan almashtirilishi mumkin.Qarzning qarz majburiyati bilan almashtirilishi ushbu Kodeksning 347-moddasida (Taraflar o‘z o‘rtalaridagi dastlabki majburiyatni boshqa narsani yoki boshqacha ijro etish usulini nazarda tutuvchi yangi majburiyat bilan almashtirish (majburiyatni yangilash) haqida kelishib olsalar, majburiyat bekor bo‘ladi.Hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash va alimentlarga nisbatan majburiyatlar xususida yangilashni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.Agar taraflarning kelishuviga muvofiq boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburyatni yangilash dastlabki majburiyat bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha majburiyatlarni bekor qiladi) nazarda tutilgan majburiyatni yangilash to`g`risidagi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi va qarz shartnomasi uchun belgilangan shaklda bajariladi.
93.Davlat zayomi shartnomasi tushunchasi?
93. 743-modda. Davlat zayomi shartnomasiDavlat zayomi shartnomasi bo`yicha davlat qarz oluvchi, fuqaro yoki yuridik shaxs еsa qarz beruvchi bo`ladi.Davlat zayomlari ixtiyoriydir.Davlat zayomi shartnomasi qarz beruvchining qarz oluvchidan unga qarzga berilgan pul mablag`larini yoki, zayom shartlariga bog`liq holda, boshqa mol-mulkni, belgilangan foizlarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni zayomni muomalaga chiqarish shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda olish huquqini tasdiqlaydigan davlat obligatsiyalari yoki boshqa davlat qimmatli qog`ozlarini qarz beruvchining sotib olishi yo`li bilan tuziladi.Muomalaga chiqarilgan zayomning shartlarini o`zgartirishga (zayomni konversiyalash), shu jumladan ushbu Kodeksning 383-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko`ra, o`zgartirishga yo`l qo`yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.Davlat zayomi shartnomasi bo`yicha davlat ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq javobgar bo`ladi.
|
93.Kredit shartnomasi tushunchasi?
744-modda. Kredit shartnomasi Kredit shartnomasi bo`yicha bir taraf - bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag`lari (kredit) berish, qarz oluvchi еsa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to`lash majburiyatini oladiQonun hujjatlariga muvofiq kredit tashkilotlari bo`lmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishiga yo`l qo`yilgan hollarda kredit shartnomasi to`g`risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qo`llanadi.
Agar ushbu paragrafning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa va u kredit shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, kredit shartnomasi munosabatlariga nisbatan ushbu bob 1-paragrafining qoidalari qo`llanadi
|
94.Iste’mol krediti mohiyatini tushuntiring?
. “Iste’mol krediti to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi Qonuni‘da
iste’mol kreditiga shunday ta’rif berilgan:“Iste’mol krediti - jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol
ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olishuchun beriladigan kreditdir. Moliyaviy iste’mol krediti va tovar iste’molkrediti iste’mol kreditining shakllaridir”.Moliyaviy iste’mol krediti - sotib olingan tovarlar (xizmatlar) haqinito'lash uchun pul mablag'lari tarzida iste’molchiga beriladigan kreditdir.
Banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy iste’mol krediti beruvchitashkilotlar sanaladiTovar iste’mol krediti - sotib olingan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar haqini bo'lib-bo'lib to'lash tarzida iste’molchiga
beriladigan kreditdir. Iste’mol tovarlarini (ishlar, xizmatlarni) ishlab
chiqaruvchi korxonalar yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tovar iste’mol
krediti beruvchi tashkilotlardir.Iste’mol kreditining obyekti - jismoniy shaxsning iste’mol ehtiyojlari
uchun mo'ljallangan tovarlar, (ishlar, xizmatlar) dir. Ko'chmas mulk,
shuningdek, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada
bo'lishi cheklangan boshqa mol-mulk iste’mol krediti obyekti bo'lishi
mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan
1999-yil 19-martdagi 678-sonli, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 1998-yil 24-yanvardagi 377-sonli
“O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan aholiga iste’mol
krediti berishni tashkil etish to 'g 'r is id a ” Nizom O'zbekiston
Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O'zbekiston Respublikasining
"O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g'risida"gi, "Banklar va
bank faoliyati to'g'risida"gi Qonunlari hamda boshqa qonunchilik
hujjatlariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan bo'lib, tijorat banklari
tomonidan aholiga iste’mol krediti berish va qaytarish jarayonlarini
tartibga soladi.Undagi ta’rifga ko'ra,
Iste’mol krediti - bu aholining iste’mol talablarini qondirishga yordam
beruvchi kreditdir va uy-ro'zg‘or buyumlari:
radio-elektron va boshqa maishiy asbob-uskunalar, mebellar,
interyer buyumlari, turar joyni ta’mirlash bilan bog'liq tovarlarni xarid
qilish uchun 3 yilgacha bo'lgan muddatga beriladi.
Iste’mol krediti faqat balog'at yoshiga yetgan va muomala layoqatiga
ega, doimiy yashash joyida ro'yxatdan o'tgan, shuningdek doimiy ish,
o'z faoliyatidan olinadigan daromadga ega bo'lgan yoki qarilik nafaqasi
oladigan fuqarolargagina beriladi.
Tijorat banklari tomonidan o'zining xodimlariga iste’mol krediti
berilishi taqiqlanadi.
Iste’mol krediti iste’mol krediti berish qoidalariga1 muvofiq iste’mol
krediti shartnomasi bo'yicha tijorat asosida qaytarilish, to'lovlilik,
muddatlilik, ta’minlanganlik va maqsadga muvofiq tarzda foydalanish
tamoyillariga rioya qilingan tarzda beriladi. Iste’mol krediti o'z faoliyati
natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga ega
jismoniy shaxslarga beriladi.
|
95.Tijorat krediti deganda nimani tushunasiz?
Tijorat krediti deganda nimani tushunasiz?96. Bajarilishi uchun pul summalarini yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarni ikkinchi tarafga mulk qilib topshirish talab qilinadigan shartnomalarda, agar qonun hujjatlarida boshqa hol belgilab qo`yilgan bo`lmasa, kredit berish, shu jumladan bo`nak, oldindan haq to`lash, tovarlarga, ishlar yoki xizmatlarga haq to`lashni kechiktirish va bo`lib-bo`lib to`lash shaklida kredit berish (tijorat krediti) nazarda tutilishi mumkin.Tegishli majburiyat bayon qilingan shartnoma to`g`risidagi qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa va u mazkur majburiyatning mohiyatiga zid kelmasa, tijorat kreditiga nisbatan tegishli suratda ushbu bobning qoidalari qo`llanadi.
|
96.Kredit shartnomasini rasmiylashtirish tartibi?
|
Do'stlaringiz bilan baham: |