1. Ijodiy fikrlashni rivojlantirish Ijodiy fikrlash usullari


Oʻzingizda ijodingizni topishga kuch toping


Download 26.86 Kb.
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi26.86 Kb.
#1535741
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ijodiy fikirlash va yechim

Oʻzingizda ijodingizni topishga kuch toping.
Koʻpincha, odamlardan qoʻshiq aytish, rasm chizish yoki hech boʻlmasa ovozni chiqarib roman o‘qishni soʻrashganida javoban: “Men rasm chiza olamanmi?”, “Men qoʻshiq ayta olamanmi?“ yoki “Men koʻpchilikni oldida gapira olamanmi?” degan oʻziga o‘zi bergan savollarni eshitishimiz mumkin. Bu savolga javob har doim ijobiy boʻlishi kerak, oʻzingizga ozgina ijodiy boʻlishga ruxsat bering. Fikrlaringizni birinchi mukammal boʻlmagan xatolarga to‘liq “urugʻ” holatida koʻrishda oʻzingizda kuch toping. Hech qaysi fikr birinchi holatida mukammal boʻlmagan. Binobarin, uni oʻzingiz rivojlantirishingiz kerak.
Ijodiy fikrlashni rivojlantirish bilan albatta siz birdaniga qoʻshiqchi, rassom yoki aktyor boʻlib qolmaysiz. Ijodiy fikrlash sizga matematika yoki fizika fanidan standart yo‘l bilan yecha olmayotgan misolingizni boshqa yoʻl izlab koʻrishga undaydi, adabiyot fanidan yod ololmayotgan asaringizni qandaydir kichik voqealar sanalar yordamida eslab qolishga yordam beradi. Inson ijodiy fikrlash orqali har qanday qiyin masalalarga yechim topa oladi.Hamkasblaridan, jamoasidan ajralib tura oladi va umuman olganda juda qiziq suhbatdosh bo‘la oladi. Chunki sodda narsalarni gapirish bilan cheklanib qolmaydi.
Ijodiy fikrlashni rivojlantirish nimalardan tashkil topadi?
Albatta, bu isteʼdodga bolalikdan ega odamlar bor. Odatda, bunday odamlar ochiqlik, tashabbuskorlik bilan ajralib turishadi. Eng kamida bunday insonlar – taniqli shaxs va ijodiy fel-atvorli kishilar boʻlishadi.
Ingliz tilida koʻpchilikka tanish “thinking outside the box“ (soʻzma-so‘z “korobkadan tashqarida fikrlash“) degan ibora mavjud boʻlib, u nostandart xatti-harakatlarni aniqlash uchun ishlatiladi. Buni oʻzbek tiliga quyidagicha tarjima qilish mumkin: doiradan tashqarida oʻylash qobiliyati. Barcha bolalar juda ijodiy boʻlishadi – buni koʻplab testlar tasdiqlangan. Lekin vaqt oʻtishi bilan, odatiy fikrlash stereotipi ishlab chiqiladi,va bu nostandart xatti-harakatlarga “yoʻq“ deyilishiga olib keladi. Shu sababli, ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy vazifasi odatiy xatti-harakatlardan qochishdir.
Korobkaning ramkalari, inson fikrlari psixikaning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanish oʻrniga kundan kun odat tusiga kirgan tor, oʻzi yaxshi biladigan yoʻl boʻylab yurganda kelib chiqadi.
Misol uchun, agar biz ham uyga har kuni bitta yoʻldan yurib borishga odatlangan boʻlsak, bir kun boshqa yoʻlni topishimiz va har kuni yangi variantlarni oʻzimiz uchun ixtiro qilishimiz orqali “korobka”dan chiqishimiz mumkin. Yangi joylarda boʻlish, bilmagan narsalarni oʻrganish, yoki bilgan narsamizmi tubdan farq qiluvchi biror boshqa yo‘l orqali bajarishni oʻrganish foydalidir.
Ijodiy fikrlashni rivojlantirishning yana bir yoʻli – sanʼatga boʻlgan ehtiros. Misol uchun, musiqa asboblarini oʻynash barmoqlarning mayda motorika koʻnikmalarini rivojlantiradi. Ulardan impulslar miyaga keladi. Shu sababli musiqachilar koʻpincha juda aqlli boʻlishadi. Sport bilan shugʻullanish, raqsga tushish, koʻproq toza havoda yurish ijodiy fikrlashni rivojlantirishga hissa qoʻshadi.
Istalgan tasvirlarni chizing, jamoaviy oʻyinlarni oʻynang, orzularingizni tasavvur qiling – bu faqat lazzat emas, balki orzularingiz ijrosini taʼminlashi va ijodiy fikrlashni rivojlantirish shaklidagi foydali narsalarni keltirib chiqaradi!
Download 26.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling