1. Ijtimoiy-iqtisodiy xodisalar dinamikasini statitik o’rganish zarurligi. Dinamika qatorlari turlari


O’rtacha mutlaq qo’shimcha o’sish


Download 67.5 Kb.
bet3/3
Sana23.07.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1661919
1   2   3
Bog'liq
13 mavzu

O’rtacha mutlaq qo’shimcha o’sish zanjirsimon mutlaq o’sishlardan oddiy arifmetik o’rtacha aniqlash natijasida hosil bo’ladi:
O’rtacha mutlaq qo’shimcha o’sishni (9.6) formula yordamida hisoblayotganda shuni hisobga olish kerakki, bu formuladan darajalar kuchli tebranishga ega bo’lmagan taqdirda foydalanish mumkin. Agar ularda kuchli tebranish kuzatilsa, dastlab tebranishlardan umumiy tendentsiya (trend)ni ajratib olish kerak (hisoblash tartibi 9.4 bo’limda bayon etiladi.)

O’rtacha mutlaq tezlanish darajalari analitik yo’l bilan tekislangan qatorlar uchun hisoblanadi.
O’rtacha mutlaq tezlanish, o’rtacha mutlaq o’sishga o’xshab, ayrim davrlardagi mutlaq tezlanish miqdorlari yig’indisini davrlar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
qator darajalari bir marom va yo’nalishda o’zgarsa, o’rtacha dinamika sur’ati zanjirsimon o’sish sur’atlaridan geometrik o’rtacha hisoblash yo’li bilan aniqlanadi:
(9.7)
Bu yerda: Ki - zanjirsimon o’sish suratlari;
n - ularning soni.
Ma’lumki, zanjirsimon o’sish sur’atlari ko’paytmasi zaminiy (bazisli) o’sish sur’atiga, ya’ni qatorning oxirgi darajasini boshlang’ich darajasi nisbatiga teng.
Ammo ayrim hollarda o’rtacha o’sish sur’atini aniqlash sharti (mezoni) qilib boshqa funktsionalni olish masalasi tug’iladi. Jumladan mavjud sharoit bunday mezon sifatida biror darajaga Uk nisbatan qator darajalari yig’indisini SUi qarash zarurligini taqozo etishi mumkin. Bu holda ayrim davrlar uchun o’sha darajaga nisbatan hisoblangan o’sish sur’atlarini o’rtacha o’sish sur’ati bilan almashtirish natijasida o’rtacha shaklini belgilovchi funktsional konstanta, ya’ni o’zgarmas miqdor bo’lishi kerak: sharoitda funktsional konstanta
Bu yerda: Uk - taqqoslash asosi qilib olingan daraja.
Masalan, besh yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot bazis darajaga (o’tgan besh yillik uchun o’rtacha yillik ishlab chiqarish hajmiga) nisbatan 800% yoki bshqacha so’z bilan aytganda, o’rtacha yillik daraja bazis darajaga nisbatan 160% (800%:5) tashkil etishi uchun mahsulot ishlab chiqarishning o’rtacha yillik sur’ati qanday bo’lishi kerak? Ushbu shartni qanoatlantiradigan o’rtacha o’sish sur’ati m tartibli parabola tenglamasi orqali aniqlanadi. SHuning uchun uni parabologik o’rtacha o’sish surati deb yuritiladi. Maxsus statistikaga oid adabiyotda parabologik o’rtacha o’sish suratini aniqlash uchun quyidagi taqribiy formula taklif etilgan:
(9.9)Bu yerda: m - qo’shiladigan darajalar soni;
Uk - bazis (zaminiy) daraja.
Misolimizda, mq5 SUi /Uk q 800 % yoki 8.



Darajasi bo’yicha qatorlarning tenglashish muddatini o’rtacha o’sish sur’atlari asosida aniqlash mumkin.
Bu holda tenglikka ega bo’lamiz. Bu tenglikni logarifmlasak, quyidagi ifoda hosil bo’ladi:

Bundan:
(9.10)
Amalda (11.10) formuladan foydalanayotganda surati va maxrajidagi logarifmlarning katta qiymatidan kichigi ayiriladi. Masalan, birinchi qatorda , ikkinchi qatorda desak, u holda

Demak, darajasi bo’yicha qatorlar 9.4 yildan so’ng tenglashadi va bu daraja 1598,44 teng bo’ladi.
Adabiyotlar:

  1. N.M.Soatov, X.Nabiev, D.Nabiev, G.N.Tillaxo’jaeva. Statistika. Darslik. – T.: TDIU, 2009. – 568 bet.

  2. X.Nabiyev, D.X.Nabiyev. Iqtisodiy statistika. Darslik. – T.: Aloqachi, 2009. 512 bet.

  3. Statistika: Uchebnik. / N.Umarov A. Abdullaev. R. Zulinova T-2009.

  4. Qishloq va suv xo’jaligi statistikasi. S. Ochilov. SH. Ergasheva T-2008

  5. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi. A.X. Ayubjonov T-2004

  6. Makroiqtisodiy statistika YO. Abdullaev T-1998

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling