1. Ijtimoiy-iqtisodiy xodisalar dinamikasini statitik o’rganish zarurligi. Dinamika qatorlari turlari
Download 110.5 Kb.
|
Dinamikani statistik o’rganish usullari
Dinamikani statistik o’rganish usullari Reja:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy xodisalar dinamikasini statitik o’rganish zarurligi. 2. Dinamika qatorlari turlari. 3. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko’rsatkichlari. 4. Dinamika qatorlarida o’rtachalarni hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari. 5. Dinamika qatorlarida trend tenglamasini tuzish. 6. Dinamika qatorlarida mavsumiy tebranishlarni statistik o’rganish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Ma’lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb ataladi. Agar bir momentdan ikkinchisigacha bo’lgan vaqt oralig’ini qisqartirsak, u holda qator darajalari ham o’zgaradi. Ma’lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari - oqimlarni ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatori davriy dinamika qatorlari deb ataladi. Dinamika qatorlarini momentli yoki davriy ko’rinishda tuzish ixtiyoriy ish bo’lmasdan, balki o’rganilayotgan hodisaning mohiyatiga, uning miqdorini aniqlash usuliga bog’liqdir. O’rtacha mutlaq qo’shimcha o’sishni (9.6) formula yordamida hisoblayotganda shuni hisobga olish kerakki, bu formuladan darajalar kuchli tebranishga ega bo’lmagan taqdirda foydalanish mumkin. Agar ularda kuchli tebranish kuzatilsa, dastlab tebranishlardan umumiy tendentsiya (trend)ni ajratib olish kerak (hisoblash tartibi 9.4 bo’limda bayon etiladi.) Ingliz tilida tendentsiya the trend deb ataladi. Tendentsiya so’zi lotincha tandere so’zining nemischa tendenz talaffuzidan olingan bo’lib, harakat yoki fikrlar yo’nalishi, biror hodisa rivojlanishida kuzatiladigan yo’nalish, biror kimsa yoki narsaga xos mayl, intilish, moyillik degan lug’aviy ma’nolarga ega. Umuman tendentsiyalarni aniqlashning turli usullari mavjud. Ular orasida eng oddiysi ko’rsatkich davrini uzaytirishdan iborat. Bu usulning mohiyati shundaki, dinamika qatorining haqiqiy darajalari asosida sirg’anchiq o’rtacha darajalar hisoblab, ulardan tekislangan qator tuziladi va natijada trend yaqqollashadi. Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling