1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Download 36.95 Kb.
|
2665-1 23.06.2017 (3)
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining Qarori “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2665-1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/8-son “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2665, 2015-yil 14-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 15-son, 185-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV Toshkent sh., 2017-yil 31-may, 239/8-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-son qaroriga ILOVA “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “Doktorlik dissertatsiyasi” degan so‘zlar “Dissertatsiya” degan so‘z bilan almashtirilsin. 2. Qoidalarda: a) nomidagi, 2-bobning ikkinchi paragrafi nomidagi, 3-bobning nomidagi, 3-bobning birinchi paragrafi nomidagi hamda 3-bobning ikkinchi paragrafi nomidagi “Doktorlik dissertatsiyasi” degan so‘zlar “Dissertatsiya” degan so‘z bilan almashtirilsin. b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF–4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy) hamda fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi (bundan buyon matnda dissertatsiya deb yuritiladi) va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini belgilaydi.”; v) 1-bandda: birinchi xatboshidagi “Doktorlik dissertatsiyani” degan so‘zlar “Dissertatsiyani” degan so‘z bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshidan “va dissertatsiyaga kiritilishi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; g) 2-bandda: “Doktorlik dissertatsiyasi” degan so‘zlar “Dissertatsiyani” degan so‘z bilan almashtirilsin; “natijalari” degan so‘z chiqarib tashlansin; d) 2-bobning nomida “Doktorlik dissertatsiyasini” degan so‘zlar “Dissertatsiyani” degan so‘z bilan almashtirilsin; e) 2-bobning birinchi paragrafi nomidagi “Doktorlik dissertatsiyasiga” degan so‘zlar “Dissertatsiyaga” degan so‘z bilan almashtirilsin; j) 3-banddagi “Dissertatsiyani rasmiylashtirish katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchining tanlovi bo‘yicha” degan so‘zlar “Dissertatsiyani rasmiylashtirish doktorant yoki mustaqil izlanuvchining xohishiga ko‘ra” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; z) 4-banddagi “1-ilovasiga” degan so‘zlar “1 va 1a-ilovalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; i) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi hamda 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doktorlik dissertatsiyasi” degan so‘zlar “dissertatsiya” degan so‘z bilan almashtirilsin; k) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak: dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati; tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi; dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi uchun); muammoning o‘rganilganlik darajasi; dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi; tadqiqotning maqsadi; tadqiqotning vazifalari; tadqiqotning obyekti; tadqiqotning predmeti; tadqiqotning usullari; tadqiqotning ilmiy yangiligi; tadqiqotning amaliy natijalari; tadqiqot natijalarining ishonchliligi; tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati; tadqiqot natijalarining joriy qilinishi; tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi; tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi; dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.”; l) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uchta bobdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining asosiy qismi esa, kamida to‘rtta bobdan iborat bo‘lishi lozim.”; m) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining hajmi 60 varaqdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining hajmi esa, 100 varaqdan oshmasligi kerak (matn varaqning old va orqa tomoniga yoziladi). Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Mundarija, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, shartli belgilar va atamalar ro‘yxati hamda ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kiritilmaydi.”; n) 18-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Dissertatsiya matni A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida, 1,5 qator oralig‘ida (“polutorniy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo‘lishi lozim.”; o) 23-banddagi “havola qilinganda,” degan so‘zlar “havola satr osti eslatmalarda keltiriladi yoki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; p) 26-banddagi “mumkin” degan so‘z “lozim” degan so‘z bilan almashtirilsin; r) 32-banddagi “2-ilovasiga” degan so‘zlar “2 va 2a-ilovalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; s) 34-banddagi “3-ilovasiga” degan so‘zlar “3 va 3a-ilovalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; t) 40-banddagi “doktorlik dissertatsiyalarining” degan so‘zlar “dissertatsiyalarning” degan so‘z bilan almashtirilsin; u) 42 va 43-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “42. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati o‘zbek va rus yoki ingliz tillarida 2 bosma taboq, har bir tilda 1 bosma taboq hajmda tayyorlanib, uning uchinchi tildagi (rus yoki ingliz) qisqacha mazmuni ham beriladi. Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati o‘zbek va rus yoki ingliz tillarida 3 bosma taboq (har bir tilda 1,5 bosma taboq) hajmda tayyorlanib, uning uchinchi tildagi (rus yoki ingliz) qisqacha mazmuni ham beriladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. 43. Dissertatsiya avtoreferati quyidagi texnik talablarga muvofiq tayyorlanadi va risola shaklida chop etiladi: matn A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining bir tomonida joylashtiriladi; matn 1 qator oralig‘ida (“odinarniy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1 sm ga teng va bir xilda bo‘ladi; risolaning o‘lchami 21 x 14,5 sm bo‘ladi.”; f) 1-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; x) mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda 1a-ilova bilan to‘ldirilsin; ch) 2-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; sh) mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 4-ilovasiga muvofiq tahrirda 2a-ilova bilan to‘ldirilsin; e) 3-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 5-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin; yu) mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 6-ilovasiga muvofiq tahrirda 3a-ilova bilan to‘ldirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda Fan va texnologiyalar agentligi bilan kelishilgan. Kelishildi: Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. MIRZAYEV 2017-yil 29-may Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. KASIMOV 2017-yil 29-may Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV 2017-yil 29-may Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV 2017-yil 29-may Sog‘liqni saqlash vaziri A. ShADMANOV 2017-yil 29-may Madaniyat vaziri M. MURATOV 2017-yil 30-may Fanlar akademiyasi prezidenti v.v.b B. IBRAGIMOV 2017-yil 30-may Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R. KURBANOV 2017-yil 30-may Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M. BOLTABAYEV 2017-yil 30-may “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 1-ILOVA “Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga 1-ILOVA Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi titul varag‘ining ShAKLI “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 2-ILOVA “Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga 1a-ILOVA Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi titul varag‘ining ShAKLI “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 3-ILOVA “Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga 2-ILOVA Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasining ShAKLI “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 4-ILOVA “Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga 2a-ILOVA Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasining ShAKLI “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 5-ILOVA “Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga 3-ILOVA Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasi orqa tomonining ShAKLI Izoh: mazkur Shakl “Times New Roman” matn redaktorining 11 o‘lchamli shriftda rasmiylashtiriladi.”. “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 6-ILOVA “Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga 3a-ILOVA Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasi orqa tomonining ShAKLI Izoh: mazkur Shakl “Times New Roman” matn redaktorining 11 o‘lchamli shriftda rasmiylashtiriladi.”. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 573-modda) Download 36.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling