1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]


o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironlar (yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironlar)


Download 439.55 Kb.
bet2/25
Sana12.11.2023
Hajmi439.55 Kb.
#1767925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
237-sonli qaror 10.08.2015

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironlar (yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironlar) — yolg‘iz yashaydigan yoki keksalar va nogironlar, voyaga yetmagan bolalar yoxud qamoqda va jazoni o‘tash muassasalarida, uzoq muddat davolanishda bo‘lgan shaxslar bilan birga yashaydigan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan pensiya yoshidagi shaxslar (60 yoshga yetgan erkaklar, 55 yoshga yetgan ayollar) hamda I va II guruh nogironlari;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar (yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar) — farzandlari (shu jumladan asrab olgan farzandlari); voyaga yetmagan yoki nogiron bolalar bundan mustasno, eri (xotini) va ota-onasi, keksalar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar bundan mustasno; shuningdek vasiylari, homiylari va sud tomonidan keksani yoki nogironni parvarish qilish majburiyati zimmasiga yuklangan shaxslari bo‘lmagan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan pensiya yoshidagi (60 yoshga yetgan erkaklar, 55 yoshga yetgan ayollar) shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy ro‘yxati (Shaxsiy ro‘yxat) — yolg‘iz yashaydigan yoki yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar deb hisoblash to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining tegishli qarori qabul qilingan shaxslar ro‘yxati;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy yordam — keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqalar va boshqa to‘lovlar, imtiyozlar, natura tarzidagi yordam (oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj gigiyena tovarlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari va boshqalar);
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)

Download 439.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling