1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]


Download 439.55 Kb.
bet4/25
Sana12.11.2023
Hajmi439.55 Kb.
#1767925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
237-sonli qaror 10.08.2015

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

Davlat boshqaruv organlari

Quyidagilarni:
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakllari va turlari to‘g‘risidagi axborotni Davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining yagona reyestriga kiritadilar;
ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladigan va ijtimoiy yordam oladigan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi axborotni Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladigan va ijtimoiy yordam oladigan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona registrga kiritadilar.

Doimiy ravishda

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlar bilan birgalikda aholini ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning shakllari, turlari, hajmlari to‘g‘risida xabardor qiladilar.

Doimiy ravishda



Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlaydilar, natijalari bo‘yicha Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.

Doimiy ravishda, chorakdan keyingi oyning 10-kunigacha



Jismoniy yoki yuridik shaxslar, shu jumladan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va ijtimoiy yordam berishning zarurligi to‘g‘risida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limiga murojaat qiladi.

Zaruriyatga ko‘ra



Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari

Shoshilinch ravishda xizmatlar ko‘rsatish va yordam berish zarur bo‘lgan taqdirda keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarning uyiga borishni tashkil qiladi, uyda parvarish qilish hamda sog‘lomlashtirish tadbirlari bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamni shoshilinch ravishda amalga oshiradi.

Keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxs aniqlangan vaqtdan boshlab sutka mobaynida



Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari

Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs aniqlangan taqdirda uning uyiga borishni, uni ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish shartlari to‘g‘risida xabardor qilishni tashkil etadi.

Tushishiga ko‘ra, ko‘pi bilan 5 ish kunida



Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar

Yolg‘iz yashaydiganlar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida ariza beradilar.

Muhtojligiga ko‘ra



Fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyalari

Yashash holatini baholashni amalga oshiradilar, baholash natijalari bo‘yicha xulosani va tasdiqlaydigan hujjatlarni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlariga taqdim etadilar.

Tushishiga ko‘ra, ko‘pi bilan 10 ish kunida



Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari

Tuman (shahar) hokimligiga iltimosnomani, baholash natijalari bo‘yicha xulosani hamda keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni yolg‘iz yashaydiganlar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning Shaxsiy ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

Baholash tugallangandan keyin uch ish kuni mobaynida



Tuman (shahar) hokimliklari

Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni yolg‘iz yashaydiganlar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Besh ish kuni mobaynida



Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari

Tuman (shahar) hokimining qaror qabul qilingandan keyin tegishli axborotni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga hamda Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladigan va ijtimoiy yordam oladigan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona registrga kiritadilar.

Hokimning qarori qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida



Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari

Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va uyda parvarish qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qiladi.

Hokimning qarori qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida



Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari va Fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyalari

Yolg‘iz yashaydiganlar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy ro‘yxatiga kiritilgan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning ehtiyojlari asosida ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqadi.

Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs shaxsiy ro‘yxatga kiritilgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida



Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari va Fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyalari

Ijtimoiy xizmatlarni yakka tartibdagi da?turi amalga oshirilishi monitoringini va uni baholashni, zaruriyat bo‘lganda, qayta ko‘rib chiqishni amalga oshiradi.

Monitoring — doimiy ravishda.
baholash — har chorakda kamida bir marta



Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari va Fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyalari

Ijtimoiy xizmatlarni yakka tartibdagi dasturini tugallaydilar, tuman (shahar) hokimligiga xat hamda Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni yolg‘iz yashaydiganlar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni kiritadi.

Shaxsiy ro‘yxatidan chiqarish uchun asos aniqlangandan keyin uch kun mobaynida



Tumanlar (shaharlar) hokimliklari

Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni Yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni yolg‘iz yashaydiganlar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy ro‘yxatidan chiqarish yoxud chiqarmaslik to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladi.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan hujjatlar taqdim etilgandan keyin besh ish kuni mobaynida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, shuningdek yakka tartibdagi ijtimoiy xizmatlar dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz yashayotgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
DALOLATNOMA


Fuqarolar yig‘ini (posyolkalar, qishloqlar, ovullar) hududlarini aylanib chiqish natijasida _______________________________________________________________________________________

(fuqarolar yig‘inining nomi)

fuqarolar yig‘inidagi uy xo‘jaliklari soni _______________ta ekanligi aniqlandi.
Biz, fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komissiyasi a’zolari ___________________________________________________________________________________________________

(F.I.O. va lavozimi)

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O. va lavozimi)

______________________________ Tibbiyot birlashmasining xodimlari ______________________________________________________________________________________________________

(tuman / shahar)

__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ tomonidan

(F.I.O. va lavozimi)

aylanib chiqishimiz natijalariga ko‘ra yolg‘iz yashayotgan va yolg‘iz keksalar toifasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan quyidagi fuqarolar aniqlandi/aniqlanmadi (keragining ostiga chiziladi):


Download 439.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling