1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi


Download 59.88 Kb.
bet1/2
Sana12.10.2023
Hajmi59.88 Kb.
#1699695
  1   2
Bog'liq
490 29.09.1994




[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar;

2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va ta’lim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;

3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.81.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQ TA’LIMI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LASh ShARTLARINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining mehnatini rag‘batlantirishga oid tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 28-sentabrdagi Farmonini bajarish va xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.1994-yilning 1-oktabridan boshlab umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va rahbarlari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha hozir amalda bo‘lganga nisbatan bir razryadga oshirilgan lavozim maoshlarining yangi miqdorlari joriy qilinsin.
2. 1994-yilning 1-oktabridan boshlab xalq ta’limi xodimlari uchun hozir amalda bo‘lgan ustamalar va qo‘shimcha haqlarning ish haqiga nisbatan foiz ifodasida tabaqalashtirilgan yangi miqdorlari belgilansin. Shu maqsadda:
Oldingi tahrirga qarang.
ta’lim sohalari xodimlari lavozimlari, qo‘shimcha haqlar turlari va miqdorlarining ro‘yxati 1—3-ilovalarga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 50-51-son, 540-modda)
3. Tasarrufida o‘quv yurtlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar ish haqining oshirilgan miqdorlarining shu jumladan ustamalar va qo‘shimcha haqlarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatilgan maqsadlar uchun budjetdan zarur mablag‘lar ajratsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari S. S. Saidqosimov va B. S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 29-sentabr,
490-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-sentabrdagi
490-son qaroriga
1-ILOVA
Xalq ta’limi muassasalarining qo‘shimcha haq to‘lanadigan xodimlarining lavozimlari ro‘yxati, qo‘shimcha haqning
turlari va miqdorlari
Qo‘shimcha haq quyidagicha belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 401-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 401-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 401-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2004-y., 33-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga (hunar-texnika o‘quv yurtlarining umumta’lim predmetlari o‘qituvchilaridan tashqari) o‘quv kabinetlari va laboratoriyalariga mudirligi, sikl, predmet va uslubiy komissiyalarga rahbarligi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdorida;
o‘quv-kurs kabinetlari (o‘quv punktlari), kurslar o‘qituvchilariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdorida.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga kechki, sirtqi bo‘limlarga, mutaxassislik (bitta yoki bir necha turdosh) bo‘yicha bo‘limga mudirligi uchun bo‘limda:
100 dan 125 nafargacha o‘quvchi bo‘lganda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7,1 foizi;
126 dan 150 nafargacha o‘quvchi bo‘lganda — 8,8 foizi;
151 dan 200 gacha o‘quvchi bo‘lganda — 10,6 foizi miqdorida.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. San’at xodimlari tayyorlash bo‘yicha o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining hamda pedagogika bilim yurtlarining musiqa bo‘limlari o‘qituvchilariga — bo‘limga mudirligi uchun — bo‘limda:
50 dan 100 nafargacha o‘quvchi bo‘lganda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7,1 foizi;
100 nafardan ortiq o‘quvchi bo‘lganda — 10,6 foizi miqdorida.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9—11-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Yotoqxonalari bo‘lgan o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlarining direktorlariga hamda tarbiya (o‘quv-tarbiya) ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga qo‘shimcha haq ularda:
200 gacha o‘quvchi yashaganda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi;
200 dan — 400 gacha o‘quvchi yashaganda — 7,1 foizi;
400 dan ko‘p o‘quvchi yashaganda — 28,1 foizi miqdorida to‘lanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13—14-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Direktor lavozimi nazarda tutilmaydigan, 80 nafargacha shaharlarda va ishchi shaharchalarida 100 nafargacha) o‘quvchi bo‘lgan kechki (navbatli) o‘rta umumta’lim maktablarida, yetti yillik musiqa maktablarida hamda badiiy maktablarda, boshlang‘ich maktablarda maktabga (sinflarga) rahbarlik uchun, kunduzgi umumta’lim maktablari huzuridagi o‘qitishning kunduzgi-sirtqi shakllaridagi sinflarga rahbarlik uchun o‘qituvchilardan bittasiga qo‘shimcha haq:
boshlang‘ich maktablarda o‘quvchilar:
160 nafargacha bo‘lganda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdorida;
161 dan 240 nafargacha bo‘lganda — 7,1 foizi miqdorida;
kechki (navbatli) o‘rta umumta’lim maktablarida va kunduzgi umumiy ta’lim maktablari huzuridagi o‘qish kunduzgi-sirtqi shaklda bo‘lgan sinflarda o‘quvchilar soni:
60 nafargacha bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi;
61 dan 80 nafargacha (shaharlarda va ishchilar shaharchalarida 100 gacha) bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7,1 foizi;
o‘quvchilar soni 50 nafargacha bo‘lgan yetti yillik musiqa maktablarida va badiiy maktablarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdorida to‘lanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. O‘quvchilar soni 150 dan 200 nafargacha bo‘lgan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi belgilanmaydigan yetti yillik musiqa maktablari va badiiy maktablarda o‘quv ishlariga rahbarlik qiluvchi o‘qituvchiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdoricha qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Umumta’lim maktabi direktorining (direktor lavozimi nazarda tutilmagan boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining) lavozim maoshiga maktab huzuridagi internatga mudirlik qilganligi uchun tarbiyalanuvchilar soniga qarab:
tarbiyalanuvchilar 20 nafargacha bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining — 3,6 foizi miqdorida;
21 dan 40 nafargacha bo‘lsa — 5,3 foizi miqdorida;
41 dan 75 nafargacha bo‘lsa — 7,1 foizi miqdorida;
76 dan 120 nafargacha bo‘lsa — 8,8 foizi miqdorida qo‘shimcha haq belgilanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Maktablarning sirtqi bo‘limlarining, sirtqi maktablarning, o‘qitish kunduzgi-sirtqi shaklda olib boriladigan kechki (navbatli) o‘rta umumiy ta’lim maktablarining o‘quv-maslahat punktlariga mudirlik qilganlik uchun o‘quv-maslahat punktlarida sirtdan o‘quvchilar soni:
30 dan 60 nafargacha bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorda (qo‘shimcha haq faqat qishloq joylardagi punktlarda beriladi);
61 dan 100 nafargacha bo‘lsa — 5,3 foizi miqdorida;
101 dan 200 nafargacha bo‘lsa (faqat sirtqi bo‘limlar va sirtqi maktablar punktlarida) — 7,1 foizi miqdorida qo‘shimcha haq beriladi;
ko‘r va yaxshi ko‘rmaydigan, kar va yaxshi eshitmaydigan o‘quvchilar uchun — o‘quv — maslahat punktlarida sirtdan o‘quvchilar 15 dan 60 nafargacha bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida;
sirtdan o‘quvchilar 61 dan 100 nafargacha bo‘lsa — 5,3 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Bo‘limga rahbarlik qiluvchi (bo‘limning ixtiyorida bir ixtisoslikdagi kamida 10 ta to‘garak mavjud bo‘lsa) maktabdan tashqari muassasaning to‘garak rahbariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida haq to‘lanadi. Bo‘limda mudir lavozimi mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Kechki (navbatli) o‘rta umumta’lim maktablarida va maktablar huzuridagi internatlarda (ularda xo‘jalik mudiri lavozimi nazarda tutilmagan hollarda) xo‘jalik ishlari bo‘limi bo‘yicha direktorlarning yordamchilariga yoki xo‘jalik mudirlariga va (shtatda bu lavozimlar mavjud bo‘lmaganda) umumta’lim maktablarining boshqa xodimlariga xo‘jalikni yuritganliklari uchun kechki (navbatli) o‘rta umumta’lim maktablarida sinflar soni:
10 dan 20 tagacha bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7,1 foizi miqdorida;
20 dan ko‘p bo‘lsa — 10,6 foizi miqdorida;
umumta’lim maktablari huzuridagi maktablarda, o‘rta musiqa va badiiy maktablarda tarbiyalanuvchilar soni:
40 dan 120 nafargacha bo‘lsa — 5,3 foizi miqdorida;
120 nafardan ko‘p bo‘lganda — 7,1 foizi miqdorida qo‘shimcha beriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shug‘ullanganliklari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Keyingi har bir 1500 nusxa darsliklar uchun 5 foiz, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizidan miqdorda ko‘p bo‘lmagan qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
24. Yordamchi xo‘jalikka ega bo‘lgan barcha tur va nomdagi maktab-internatlar va bolalar uylari direktorlariga hamda direktorlarning yordamchilariga, (o‘rinbosarlariga) (xo‘jalik mudirlariga) shuningdek, o‘quv xo‘jaligiga ega bo‘lgan hunar-texnika o‘quv yurtlarining direktorlariga, o‘quv-ishlab chiqarish ishi bo‘yicha direktorlarning o‘rinbosarlariga, katta masterlarga yordamchi (o‘quv) xo‘jaligiga rahbarlik qilganliklari uchun yuqori tashkilotlarining qarori bilan yordamchi (o‘quv) xo‘jaliklari o‘z faoliyatlaridan oladigan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha haq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Kunduzgi o‘rta maktablarning ayni bir vaqtda kechki (navbatli) umumta’lim maktablarining fizika va kimyo kabinetlari laboranti vazifasini bajaruvchi laborantlariga, agar kechki (navbatli) o‘rta umumta’lim maktablarida 10 va undan ortiq sinf mavjud bo‘lishi hamda shtatda laborant lavozimi nazarda tutilgan bo‘lishi sharti bilan har bir kabinet uchun har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. “Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi” faxriy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7,1 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
27. Mazkur ilova bilan o‘rta umumiy ta’lim maktablarining o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan qo‘shimcha haq gimnaziyalar va litseylarning o‘qituvchilariga joriy etiladi, o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan qo‘shimcha haq esa kollejlar, hunar litseylari, oliy hunar va texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-sentabrdagi
490-son qaroriga
2-ILOVA
Maxsus ta’lim-tarbiya muassasalaridagi alohida mehnat sharoitlari uchun qo‘shimcha haq belgilangan pedagog xodimlar lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning
turlari va miqdorlari
I. Ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bevosita shug‘ullanuvchi rahbar xodimlar, pedagogik xodimlar, ruhshunoslar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, mehnat ta’limi instruktorlari va tarbiyachilarning yordamchilari stavkalari hamda lavozim maoshlariga quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi:
a) umumiy turdagi maktab-internatlarda — oyiga 15 foiz;
b) iqtidorli bolalar gimnaziyalari, kollejlari, maktab-internatlari (sinflari, guruhlari)da (bunday sinflar kamida 50 foizni tashkil qilsa, rahbar xodimlar uchun) — oyiga 20 foiz;
v) litseylar (sinflar, guruhlar)da — umumta’lim maktablari va hunar-texnika o‘quv yurtlaridagi xuddi shunday xodimlarga nisbatan 20 foiz, litsey-internatlar va yotoqxonasi bo‘lgan litseylarda shu toifadagi maktab-internatlar va hunar o‘rgatuvchi litseylar xodimlariga nisbatan (bunday sinflar, guruhlar kamida 50 foizni tashkil qilsa, rahbar xodimlar uchun) — 50 foiz;
LexUZ sharhi
“v” kichik bandining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga oid qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 21-avgustdagi 327-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
g) jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan, alohida tarbiya sharoitlariga yoki uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlar ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar (shu jumladan, bunday bolalarni yakka tartibda o‘qitganda) maktablari, maktab-internatlari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida; balog‘atga yetmaganlarni qabul qilish-taqsimlash joylari va mehnat-tarbiya koloniyalarida; axloq tuzatish-mehnat muassasalari huzuridagi maktablarda; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, bolalar uylari, uy-internatlar, musiqa ta’limi beruvchi maktablar (maktab-internatlar), yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar maktab-internatlarida; ichki ishlar organlari bolalar xonalari tomonidan yuboriladigan tarbiyasi qiyin bolalar uchun tashkil etiladigan maktabdan tashqari muassasalarda; bolalar uylarida; maxsus sog‘liqni saqlash muassasalaridagi pedagog xodimlarga; bolalar kasalxonalari (bo‘linmalari) sanatoriylari va shu kabilarda — oyiga 50 foiz.
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Izohlar:
Maxsus maqsadli (alohida rejimli) sinflari va guruhlari bo‘lgan Umumiy maqsaddagi muassasalarda ish haqi stavkasi (lavozim maoshi)ga qo‘shimcha to‘lov faqat ana shunday sinflar (guruhlar)da ishlangan vaqt uchungina, rahbar xodimlarga esa — ko‘rsatilgan sinflar yoki guruhlar muassasada kamida 50 — foizni tashkil qilgandagina to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yetim bolalar, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun alohida guruhlar (sinflar) tashkil etilgan umumiy turdagi yoki maxsus maqsadli maktablar va maktab-internatlar xodimlariga ko‘rsatilgan to‘lovlar to‘lanmaydi.
(1-band izohlarining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son)
d) jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan, uzoq muddatli davolanishga muhtoj bo‘lgan; ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar kontingent bo‘lgan bolalar uylarida, bolalar uy-internatlarida, yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar maktab-internatlarida, bolalar uylari (sinflari guruhlari) da — oyiga 60 foiz.
Oldingi tahrirga qarang.
e) inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumta’lim maktablarining maxsus pedagoglariga ularning bazaviy tarif stavkasiga har oyda 50 foiz ustama haq to‘lanadi.
(I-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
II. I-bandning “g” kichik bandida ko‘rsatilgan muassasalar (yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar muassasalaridan tashqari) o‘zlarining shu xususiyatlari bo‘yicha ushbu muassasalarning o‘quvchilari yoki tarbiyalanuvchilari bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan boshqa xodimlariga qo‘shimcha haqlar lavozim maoshining 35-50 foizi miqdorida belgilanadi.
Lavozim maoshining 35-50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin bo‘lgan xodimlarning aniq ro‘yxati va ushbu qo‘shimcha haqlarining miqdorlari, kasaba uyushmalari bilan kelishgan holda jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan, uzoq muddat davolanishga yoki alohida sharoitlarda tarbiyalanishga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) bilan munosabatda bo‘lish darajasi va davom etishiga qarab muassasalarning rahbarlari tomonidan belgilanadi.
III. I-bandda sanab o‘tilmagan yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uylari va maktab-internatlarning xodimlariga qo‘shimcha haq 50 foiz miqdorida belgilanadi, ota-onalar qarovisiz qolgan, jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalari bo‘lgan bolalar uylarida, yetim bolalar maktab-internatlarida esa — oyiga 60 foiz miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(IV band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Izohlar:
1. Jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan ta’lim-tarbiya muassasalariga:
Oldingi tahrirga qarang.
eshitish qobiliyati yomonlashgan (kar-soqov), zaif eshituvchi, ko‘r, (ko‘r-kar), zaif ko‘ruvchi, g‘ilay va ambliopiya, nutqi zaif; tayanch-harakat a’zosida nuqsoni bo‘lgan, paralich va boshqa kasalliklar bilan og‘rigan tarbiyalanuvchi o‘quvchilar uchun maktablar, maktab — internatlar, bolalar uylari, hunar-texnika o‘quv yurtlari (sinflar, guruhlar); Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun logopedik bo‘limlar, muassasalar kiradi.
(1-kichik bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim-tarbiya muassasalariga: aqlan zaif, ko‘r va aqlan zaif, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan, tafakkurida nuqsoni bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari, (sinflar, guruhlar); O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi shunday bolalar muassasalari kiradi.
(2-kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar o‘quv-tarbiya muassasalariga: ruhiy asab kasalliklariga (psixonevrotika), sil kasalligi va uning shakllariga, yurak-tomir tizimi kasalliklari, markaziy asab tizimining buzilishiga, ruhiy nuqsoni bo‘lgan; yuqumli gepatit bilan og‘rigan o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) uchun; skolioz kasalligiga chalingan bolalar uchun mo‘ljallangan hunar-texnika o‘quv yurtlari, maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari, (sinflar, guruhlar); sog‘liqni saqlash muassasalari; ixtisoslashtirilgan bolalar uylari, bolalar kasalxonalari (bo‘limlari), sanatoriylar va boshqalar kiradi.
(3-kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son)
4. Uyda quyidagi surunkali kasalliklarga chalingan bolalar yakka tartibda o‘qitiladi: suyak sili, poliomiyelit, tserebral spatik paralich, Littil kasalligi, psixopat, tutqanoq va boshqa kasalliklar kasal bo‘lgan bolalar, faqat tegishli tibbiyot xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda; bolalar kasalxonalari (klinikalari) da va kasalxonalarning bolalar bo‘limida uzoq muddat davolanishda bo‘lgan bolalar uchun yakka tartibdagi yoki guruhli o‘qitish.
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-sentabrdagi
490-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim muassasalarining qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning

Download 59.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling