1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat
Download 401.81 Kb.
|
PF-6186 11.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2017 g. 2018 g. 2019 g.
* Okonchatelnaya potrebnost podlejit utochneniyu po rezultatam razrabotki proyektno-smetnoy dokumentatsii jilix domov”. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2660-son qarorining 1-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qaroriga 1-ILOVA 2017 — 2020-yillarga mo‘ljallangan arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish dasturining ASOSIY PARAMETRLARI*
* Ko‘p qavatli uylarning parametrlariga tegishli shaharlarning bosh rejalarini kelishishda aniqlik kiritiladi”. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3022-son qarorining 7-bandi to‘rtinchi xatboshisidan “imtiyozli” so‘zi chiqarib tashlansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarorining 6-bandida “imtiyozli ipoteka kreditini 25 yil” so‘zlari “ipoteka kreditini 20 yil” so‘zlari bilan almashtirilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3178-son qarorining 6-bandidan “imtiyozli” so‘zi chiqarib tashlansin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3218-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini tashkil etish, uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, o‘quv va ilmiy-pedagogik ta’minlash chora-tadbirlari dasturining 13-pozitsiyasining “Tadbirlar mazmuni” ustunidan “imtiyozli” so‘zi chiqarib tashlansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3350-son qarorining 1-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qaroriga 1-ILOVA 2018 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturining ASOSIY PARAMETRLARI
* Ko‘p kvartirali arzon uylarning soni tegishli shaharlar (qurilayotgan massivlar)ning bosh rejalarini kelishish jarayonida aniqlanadi. ** Kvartiralar soni uylarning qavatini belgilash va namunaviy loyihalarni hududga biriktirish natijalariga asosan aniqlanadi”. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi “2018-yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3863-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: a) ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalari bo‘yicha turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun arzon uylar qurish uchun 20 yil muddatga: 2018-2019-yillar dasturlarini amalga oshirish doirasida 2 yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil mobaynida yillik 4 foizli stavka bo‘yicha va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining yillik 3 foiz miqdoridagi marjasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida; 2020-yildan boshlab dasturlarni amalga oshirish doirasida — bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil mobaynida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 4 foizdan tijorat banklarining 3 foiz miqdoridagi marjasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan foiz stavkasida va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining yillik 3 foiz miqdoridagi marjasi hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida, kredit liniyasi mablag‘larini Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida uy-joylar qurishga maqsadli yo‘naltirgan holda milliy valyutada kredit liniyalari ochsin; b) ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, qishloq joylarda uy-joylar qurishni moliyalashtirish uchun 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirsin.”. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4028-son qarorining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: a) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ichimlik suvi, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti inshootlari va tarmoqlari hamda avtomobil yo‘llari qurish uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan zarur mablag‘lar ajratsin; b) ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalari bo‘yicha: 2018-2019-yillar dasturlarini amalga oshirish doirasida 2 yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil mobaynida yillik 4 foizli stavka bo‘yicha va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining marjasi yiliga 3 foiz miqdorida bo‘lishini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida; 2020-yildan boshlab dasturlarni amalga oshirish doirasida — bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil mobaynida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 4 foizdan tijorat banklarining marjasi yiliga 3 foiz miqdorida bo‘lishini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan foiz stavkasi miqdorida va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining marjasi yiliga 3 foiz miqdorida bo‘lishini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida qishloq joylarda yashovchi shaxslar uchun — 20 yil, fuqarolarning alohida toifalari uchun — 15 yil muddatlarga milliy valyutada kredit liniyalarini ochsin, ushbu mablag‘lar arzon uy-joylar qurilishiga maqsadli yo‘naltirilsin.”. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4185-son qarorining 9-bandi birinchi xatboshisidan va 10-bandidan “imtiyozli” so‘zi chiqarib tashlansin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomda: a) 11-bandi “z” kichik bandida: ikkinchi xatboshisidagi “shaharlarni” so‘zi “respublika hududlarida uy-joy qurilish bozori va shaharlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi tahrirdagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilishini muvofiqlashtirish;”; b) 12-band 8-kichik bandining o‘n uchinchi xatboshidagi “shaharlarni” so‘zi “respublika hududlarida uy-joy qurilish bozori, shaharlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4701-son qarorida: a) 6-bandida: ikkinchi xatboshisidagi “2 — 4-bandlarida” va “2022-yil 1-yanvarga” so‘zlari tegishincha “3, 31 va 4-bandlarida” va “2021-yil 11-martga” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshisidagi “2020 va 2021-yil uchun” so‘zlari “2021-yil 11-martga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 7-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin; v) 10-bandida: birinchi xatboshisi “1-maydan” so‘zlaridan keyin “2021-yil” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; to‘rtinchi xatboshisidan “1 va 2 xonali, 3 va undan ko‘p xonali” so‘zlari chiqarib tashlansin. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 06.08.2021-y., 06/21/6274/0766-son, 23.11.2021-y., 06/21/24/1085-son, 10.12.2021-y., 06/21/33/1147-son) Download 401.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling