1. Ijtimoiy menejment obyekti


Inson xulqi omillari tizimi


Download 30.43 Kb.
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi30.43 Kb.
#1800169
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ijtimoiy menejment Sardor

3. Inson xulqi omillari tizimi


Kishilar jamoasini boshqarish uchun inson xulqi nimaga bog'liqligi, o'z hayotida nimaga asosolanishini bilish zarurdir. Kishi xulqi, faoliyati, harakatlari anglangan, biror maqsadga qeratilgan bo'ladi. Biror harakatni rag'batlantiruvchi kuch — moddiy va manaviy ehtiyojlardir. Lekin, insonning barcha harakati ham o'z ehtiyojini qondirishga qaratilmagan. Masalan, inson ma'lum moddiy va ma'naviy boyliklarni faqat o'z iste'moli uchun yaratmaydi.
Inson ehtiyoji bilan uning harakati, xulqi o'rtasida qator bevosita ifodalanuvchi bo'g'inlar mavjud. Bular manfaat, xohish, qiziqishdir. Ma'lum sharoitlarda ular inson xulqini rag'batlantiruvchi kuchga aylanadi. Rag'bat harakat bo b yicha qaror qilishga olib ke]sa, qaror harakatga olib keladi.
Inson xulqiga ijtimoiy muhit, moddiy ishlab chiqarish ehtiyojlari ham ta'sir ko'rsatadi. Ishlab chiqarish iste'molchida ehtiyojni vujudga keltiradi va bu bilan insonning bu ehtiyojlarni qondirish vositalarini yaratishga qaratilgan mehnat va ma'naviv Íaolligini rag'batlantiradi. Inson xulqini belgilovchi omillar tizimini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
ijtimoiy va tabiiy muhit (ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar, tarbiya tizimi, madaniyat, tabiiy sharoit va h.k.);

  • ehtiyojlar (moddiy va ma'naviy);

  • ehtiyojlarni manfaat, istak, intilísh, maqsad va h.k. shaklida anglash;

  • harakatga rag'batlantirish;

  • yo'l-yo'riq (ichki mobilizatsiya, amaliy harakat qilishga tayyorgarlik):

  • maqsadga erishish va ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan harakat.

Omillarning bu tizimida ham ehtiyoilar shakllanishining asosiy manbasi, ham ularni qondirish sharti bo'lgan ijtimoiy muhit muhim o'rin egallaydi. Bu tizimning barcha bo'g'inlari o'zaro bog'liq va bir-biriga ta'sir qiladi. Muhitga qarati]gan harakat uni o'zgartiradi, lekin bu bilan birga shaxsning o'zi, uning ehtiyoj va manfaatlari ham o•zgaradi. Inson xulqining bu barcha omillarini hisobga olish jamoa ijtimoiy rivojlanishini samarali boshqarish garovidir. Belgilangan maqsadga erishish yo'lida kishilarni jipslashtirish uchun ular manfaat va ehtiyojlarini ustalik bilan muvofiqlashtirish, onglilikni shalkllantirish, ular faoliyatini moddiy va manaviy rag'batlantirish zarur. Kishilarda sog'lam va ongli ehtiyojlarni, avvalo, mehnatga bo'lgan, tadbirkorlikka, boshqa kishilar bilan munosabatda bo'lish, ishlab chiqarishda intizom va tartibni mustahkamlashga ehtiyojni tarbiyalash zarur.
Jamoani boshqarish jarayonida har bir xodim ehtiyojini qondirish me'yorini uning mehnat faolligi, sarf qilgan rnehnati sifati va miqdori, ijtimoiy boylikka qo'shayotgan xissasi bilan muvofiqlashtirish lozim. Ishchi yoki xizmatchining mehnat xissasi me'yori va mos holda ular ehtiyojlarini qondirish me'yori butun korxona jamoasi mehnat xissasiga bog'liqdir. Demak, shaxsiy moddiy manfaatdorlik jamoa moddiy manfaatdorligi biIan uzviy bog'liqdir.
Moddiy rag'bat — rnehnat faoliyatini rag'batlantiruvchi muhim ornil bo'lishi bilan birga u yagona kuch bo'lib ham qolmaydi. Ishlovchilar uchun faqat moddiy emas, ma'naviy rag'batlantirish ham muhim.
Davlat boshqaruvi tashkilotlari korxona bilan munosabatlarni shakllantirishda iqtisodiy vositalar — jamg'arma va ssudalar bo'yicha fondlar, qimmatli qog'ozlar bo'yicha daromadlar, narxlar va soliqlar, soliq imtiyozlari va iqtisodiy sanksiyalar, maqsadli dotatsiya va sanksiyalar, valyuta kursi, amortizatsiya ajratmalari me'yorlari ijtimoiy va ekologik me'yorlar kabilardan foydalanadi.
«Korxonalar to'g'risida»gi qonunda korxona shartnoma majburiyatlariga rioya qilmaslik, kredit-hisob, soliq intizomini buzganlik, mahsulot siíatiga, talabga va boshqa korxona xo'jalik faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya qilmaslik hamda javobgar bo'lishi ta'kidlangan. Bundan tashqari u qonunga muvofiq mułkiy javobgarlikka ham ega. Bitim shartlariga rioya qilinmaganligi sababli jarima to'langan hollarda korxona iste'molchining roziligisiz mahsulot yetkazib berish, xizmat ko'rsatish bo'yicha majburiyatlardan ozod qilinmaydi.
Korxona yer va boshqa tabiiy resurslardan noto'g'ri foydalanganlik natijasida keltirilgan zarar, atrof muhitni ifloslashtirish, ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalarining, sanitariya-gigiena me'yorlari va talablari buzilishi natijasida xodirnlar sog'lig'iga keltirilgan zarur uchun qonunda ko'rsatilgan miqdorda jarima to'laydi. Tabiatdan foydalanish qoidalarini buzuvchi korxona faoliyati qonuniy yo'l biłan shu buzilish hollari bartaraf qilingunga qadar to'xtatib qo'yilishi mumkin. Xo'jalik ichki faoliyat tartibini belgilash uchun korxonada boshqarishning ma'muriy-farrnoyish usullari ishlab chiqilib, qo'llanishi kerak.

Download 30.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling